21-rasm. Dioganal usulda quruq o’simlik namunasini olish.
Boshlang’ich o’rtacha namuna meva va sabzavotlardan ekin turiga qarab olinadi. Misol uchun: ildizmeva, pomidor, bodring, qalampir, olma, nok, uzum, danakli mevalarning ustki po’sti tozalanmasdan tahlil uchun olinadi. Poliz ekinlarining po’sti tozalanib tashlanadi. Karam boshining 1/4 qismi kesib tahlil qilinadi. Qovun, tarvuzni yerga tegib turgan tomoni hisobga olinib, teng ikkiga uzunasiga bo’linadi, bir qismi tahlilga olinadi. Olingan o’rtacha suvli namuna kosachada ezilib usti doka bilan yopiladi. 10 minutdan so’ng shamollatgichli termostatda namligi aniqlash uchun quritiladi.
Olinishi va ishlatish maqsadlariga ko’ra namunalar quyidagi turlarga bo’linadi:
1.Individual
2.O’rtacha
3.Laboratoriya
4.Analitik
Eritmalar
Eritmalar ikki va undan ortiq komponentdan iborat bir jinsli gomogen sistemalardir. Eritmani tashkil etuvchi komponentga bog’liq ravishda gazsimon, qattiq va suyuq turlarga bo’linadi. Agrokimyoviy tahlillarda asosan suyuq eritmalardan foydalaniladi.
Suvli eritmalar undagi moddaning miqdoriga ko’ra to’yingan va to’yinmagan, tayyorlanish aniqligiga ko’ra esa aniq va chamali guruhlarga bo’linadi.
Chamalangan, ya’ni aniqlashtirilgan eritmalar tarkibidagi moddalarning konsentrasiyasi foiz, molyar, molyal, normal konsentrasiyalar va titrlarda o’lchanadi.
Foizli eritmalar – eritma 100 hissasida ma’lum miqdor (massa yoki hajm o’lchovi) da modda saqlaydi.
Molyar konsentrasiyali eritma – 1 l da moddaning erigan gramm-mol miqdoriga teng bo’lgan eritmadir.
Molyal konsentrasiyali eritma – hajmi 1 l emas balki 1kg qilib olinadi va hisob kitoblar xuddi molyar konsentrasiya kabi o’tkaziladi.
Normal eritmalar – 1 l hajmda moddaning 1 g/ekv miqdorini saqlovchi eritmalardir.
Titrlangan eritmalar - o’ta aniq molyar va normal eritmalar bo’lib, tahlillar uchun asosiy eritmalar hisoblanadi.
Достарыңызбен бөлісу: |