Тиллабаева Зилола Рахматиллаевна


Tadqiqotning amaliy natijasi



бет6/30
Дата07.08.2024
өлшемі179.46 Kb.
#503126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Tillabayeva avtoreferat lotincha

Tadqiqotning amaliy natijasi quyidagilardan iborat:
Shevaning leksik xususiyatlarini tadqiq etish natijasida Samarqand muhitida o‘zaro muloqot jarayonida vujudga keladigan muammolarga, so‘zlashuv nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etishga yechimlar taklif etilgan;
Samarqand shahri qarluq lahjasini diaxron va sinxron aspektda oʻrganish asnosida yuzaga kelgan tadqiqot natijalari nafaqat oʻzbek tili tarixi, balki turkologiya fani uchun ham muhim ilmiy-nazariy ma’lumotlar berishi asoslangan;
Samarqand shahri qarluq lahjasi boʻyicha toʻplangan dialektologik dala materiallari tahliliy natijalari ushbu hudud shevalari lugʻati tarkibidagi soʻzlar oʻzbek adabiy tilini boyitish uchun xizmat qilishi izohlangan;
tadqiqot natijalari oʻzbek shevashunosligi, til tarixi fanlari uchun ilmiy-nazariy ma’lumotlar berishi, lingvokulturologiya, etnolingvistika kabi sohalar boʻyicha darslik, lugʻat, oʻquv qoʻllanmalarining mukammallashuviga qoʻl kelishi dalillangan;
Samarqand shahri qarluq lahjasi yuzasidan tuzilgan dialektologik lugʻat hudud shevasining boshqa oʻzbek shevalar bilan munosabatini aniqlash, qiyoslash, til tarixiy taraqqiyotining ayrim masalalarini hal qilishi isbotlangan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi nazariy ma’lumotlarni ilgari surishda aniq ilmiy manbalarga tayanilganligi, yigʻilgan materiallar oʻzbek xalq shevalari tabiatidan kelib chiqqan holda xulosalar qilish imkonini berganligi, qiyosiy, tavsifiy usullar asosida oʻrganilganligi, ularning asosliligi, qoʻyilgan muammoning aniqligi, metodologik mukammalligi, olingan natijalarning tegishli muassasalar tomonidan tasdiqlanganligi bilan baholanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot ishining ilmiy ahamiyati shundaki, Samarqand shahri qarluq lahjasining leksik xususiyatlarini tadqiq etish natijasida chiqarilgan xulosalardan oʻzbek tili tarixi va dialektologiyasi fanlarini yangi nazariy fikrlar bilan boyitishda qoʻllash mumkin. Tadqiq etilayotgan mazkur shevalarning leksik xususiyatlarini oʻrganish, uni yondosh hudud shevalari, til tarixi bilan qiyoslash nafaqat oʻzbek dialektologiyasi, balki umumturkiy tillar masalalarini hal etishda katta ahamiyatga ega.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, toʻplangan materiallar oliy oʻquv yurtlari, oʻrta maktablar uchun yozilajak darslik va oʻquv qoʻllanmalarini yaratish va toʻldirishda asqotadi. Oʻzbek tilining izohli, imlo, shevalar lugʻatini yangi ma’lumotlar bilan toʻldirishda foydalanish mumkin. Shuningdek, olingan natija va xulosalar oʻzbek tilining tayanch dialekti boʻlmish qarluq lahjasining ildizi, xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarga ega boʻlishlari uchun imkoniyat yaratadi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет