UIF-2022: 8.2
SCIENCE
AND INNOVATION
ISSN: 2181-3337
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
2022
№4
236
QOVUN NAV NAMUNALARINI SUVNI TEJASH ORQALI YETISHTIRISH
AGROTEXNOLOGIYASI
Sharipova Maftuna Yunusbek qizi
Urganch davlat
universiteti talabasi
Matmurotova Iqlima To‘lqin qizi
Urganch davlat universiteti talabasi
Xajiyev Ma‘murjon Murodbek òģli
Urganch davlat universiteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.6982961
Annotatsiya. Ushbu maqolada Xorazm viloyatida qovun yetishtirish agrotexnologiyasi
boʻyicha tavsiyalar haqida soʻz yuritilgan.
Kalit so’zlar: biologiya, ekologiya, agrotsenoz, agrotexnologiya, tuproq.
АГРОТЕХНИКА ВЫРАЩИВАНИЯ СОРТОВ ДЫНИ МЕТОДОМ ЭКОНОМИИ
ВОДЫ
Аннотация: В данной статье рассказывается о рекомендациях по агротехнике
возделывания бахчевых культур в Хорезмской области.
Ключевые слова: биология, экология, агроценоз, агротехника, почва.
AGRICULTURAL TECHNOLOGY FOR GROWING MELON VARIETIES BY
SAVING WATER
Abstract. This article describes the recommendations on agricultural practices for the
cultivation of gourds in the Khorezm region.
Keywords: biology, ecology, agrocenosis, agricultural technology, soil.
KIRISH
Respublikamizda poliz ekinlarini yetishtirish bilan shug’ullanuvchi mutaxassislarning
asosiy maqsadlari har gektar sug’oriladigan yerdan olinadigan, poliz mahsulotlari miqdorini
yuqori va sifatli hosil yetishtirish hisobiga keskin oshirishdan iborat. Yuqori sifatli hosil olish
uchun avvalo har bir ekinning biologiyasi, uning oʻsuv davrida ozuqaga boʻlgan talabi, ekish
muddatlarini aniq bilish va yetishtirish jarayonidagi har bir tadbir oʻz vaqtida, sifatli
oʻtkazilishini ta’minlash zarur. Inson hayotida oziq-ovqat mahsulotlarini, shu jumladan, poliz,
mahsulotlarini yetarli ravishda ishlab chiqarish muhim ahamiyatga egadir. Aholini, poliz,
mahsulotlari bilan ta’minlashni keskin yaxshilash hamda uzluksizligini yaratish hozirgi davrning
dolzarb masalalaridan hisoblanadi.