264
o‘tgan yig‘ilishda ta‘lim tizimini rivojlantirishning ko‘plab yo‘nalishlari belgilab
berildi.
Xususan, maktabgacha ta‘lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish,
mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar
qo‘yilgan edi.
Fiziologiya, gigiena, psihologiya, pedagogika sohasida olib borilgan
ilmiy - tadqiqotlar natijasida MTMlarida kichkintoylar hayotini tashkil etishning
quyidagi tamoyillari ishlab chiqildi:
1. Har bir yosh guruhida bolalarni jamoachilik ruhida tarbiyalash va ularning har
tomonlama rivojlanishini ta‘minlaydigan bir xil shart - sharoitlar yaratish.
2. Bolalarni yosh guruhlariga taqsimlashda har bir guruhga faqat bir xil yoshdagi
bolalarni tanlash va shunga qarab ta‘lim - tarbiya jarayonini tashkil etish.
3. Bolalarning har xil faoliyat bilan shug‗ullanishlari va bir-birlari bilan
muloqotga kirisha olishlari uchun zarur bo‗lgan moddiy muhitni yaratish. Buning uchun
gurux, xonasi va maydonchani gigienik, pedagogik, estetik talablar derajasida kerakli
asbob-anjomlar bnlan ta‘minlash.
4. Bolalarning yoshiga mos kun tartibiga rioya qilish va uning barqarorligini
ta‘minlash.
5. Bolalar shaxsini shakllantiradigan faoliyat turlarini
tashkil etish va bu
faoliyatlar uchun
kun tartibidan ma‘lum vaqt ajratish.
Bolalarning har xil faoliyatlarini ilmiy asoslangan prinsiplar asosida almashtirib
borish bolalar bog‗chasining har xil yosh guruhlarida bolalar hayotini to‗g‗ri tashkil
etishni ta‘minlaydi.
Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta‘minlashga qaratilgan pedagogik
jarayon murakkab va rang – barangdir.
Tarbiya masalalari ta‘lim - tarbiya ishining tashkiliy shakllari, bolalar
faoliyatining har xil turlari: mashgulotlarda ta‘lim berish orqali, ijodiy va qoidali
o‗yinlar, bolalarning mustaqil faoliyati, ularning o‗z mehnati va kattalar mehnati bilan
tanishtirish, o‗z-o‗ziga xizmat qilish, sayrlar, gigienik tadbirlar orqali amalga
oshiriladi.
Ta‘lim tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish bolalar MTM dagi
pedagogik jarayonning har bir faoliyat turini to‗g‗ri tashkil etishga bog‗liqdir.
MTMsining pedagogik jarayonida ta‘lim muhim ahamiyat kasb etadi va kundalik
hayot, uyin, mehnat, mashg‗ulotlar orqali amalga oshiriladi. Mashg‗ulotda ta‘lim va
tarbiya vazifalari hal etiladi. Bolalar tevarak - atrofdagi
hayot va tabiat bilan
tanishish, nutq o‗stirish va savod o‗rgatish, matematika, jismoniy madaniyat,
tasviriy faoliyat, musiqa bo‗yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka va
ko‗nikmalar sistemasini egallab oladilar. Bolalar egallab olishlari kerak bo‗lgan
bilim, malaka va ko‗nikmalar bolalar bog‗chasi dasturida belgilab berilgan bo‗lib, u
bolalarning umumiy rivojlanishi va ularni maktab ta‘limiga tayyorlashda muhim
ahamiyatga ega. Mashg‗ulotlarda ta‘lim berish didaktika prinsiplari asosida
bolalarning yosh va o‗ziga xos xususiyatlarini e‘tiborga olib, ma‘lum izchillikda olib
boriladi, mazmuni sekin - asta murakkablashtirib boriladi. Natijada u
rivojlantiriuvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo‗ladi.
265
Dasturda har bir yosh guruhida hafta davomida o‗tkaziladigan mashg‗ulotlar
soni va har bir mashg‗ulot qancha davom etishi belgilab qo‗yilgan. Tarbiyachi
mana shunga asoslanib, o‗zining haftalik mashg‗ulotlar jadvalini tuzadi, bu ta‘limning
hamma bo‗limlari bo‗yicha belgilangan ta‘lim – tarbiya ishlarini to‗g‗ri taqsimlash
va bir xilda amalga oshirishga imkoi yaratadi. Mashg‗ulotlar jadvalini tuzishda
quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
Dasturning hamma bo‗limlari buyicha mashg‗ulotlarni haftaga teng taqsimlash.
1. Xaftaning birinchi va oxirgi kuniga osonroq mashg‗ulotlar qo‗yiladi.
2. Xaftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlarida bolalardagi aqliy
faoliyat
tezlashadi, shuning uchun bu kunlarda murakkabroq ishlar rejalashtiriladi.
3. Kun davomida birinchi bo‗lib bolalardan aqliy zo‗r berishni ko‗proq talab
etadigan, kam harakatli mashg‗ulotlar rejalashtiriladi (tevarak atrofdagi xayot va tabiat
bilan tanishtirish, ona tili, matematika). Tasviriy faoliyat, jismoniy tarbiya, musiqa
va shunga o‗xshash mashg‗ulotlar keyinroqqa rejalashtiriladi.
4. Kun davomida mashg‗ulotlar quyidagicha tartibda almashtirib boriladi:
matematika va jismoniy tarbiya, ona tili va tasviriy faoliyat va h.k.
5. Mashg‗ulotlarni bunday taqsimlash bolalarning dastur materialini engilrok
o‗zlashtirib olishiga imkon yaratadi. Kun davomida bir necha marta: ertalabki qabul
vaqtida, ertalabki va kechki sayrda bolalarning mustaqil faoliyatlari taxlil etiladi.
Bolalar o‗zlariga tanish bo‗lgan didaktik va harakatli o‗yinlarni o‗ynaydilar,
xohlagan rasmlarini chizadilar, xohlagan narsalarini yasaydilar, kitoblar, rasmlarni
tomosha qiladilar, xoxlagan badiiy asarlarini tinglaydilar.
Bolalarning mustaqil faoliyati ular uchun dam olish soati hisoblanadi, ammo ish
bilan bir vaktda bolalarning o‗z - o‗zini tashkil eta bilish qobiliyati o‗sishiga, xulq
madaniyati irodaviy sifatlarning tarbiyalanishiga, jamoa munosabatlarining
shakllanishiga yordam beradi. U har xil faoliyatlarda bolalardagi o‗ziga xos
ijodkorlikning rivojlanishiga keng imkoniyat yaratadi.
SHuning uchun bolalarning
mustaqil faoliyatiga ham tarbiyachining rahbarlik qilishi talab etiladi: chunki
xohlagan ishi bilan shug‗ullanishiga imkon yaratish, kerakli material va asbob-
uskunalar bilan ta‘minlashda, tarbiyachining maslahati lozim bo‗ladi.
Kun davomida sistemali ravishda mehnat faoliyati tashkil etilib, bolalar
kattalarning mehnati bilan tanishtirib boriladi. Bu ish mashg‗ulotlarda,
ekskursiyalarda, maqsadli sayrlarda, bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnati
davomida amalga oshiriladi. Bunda bolalarning asosiy e‘tibori mehnatning insonlar
uchun foydasiga, uning xilma - xilligiga, ishlayotganlarning axloqiy munosabatlariga
qaratiladi.
Bolalarning ovqatlanishi, mashg‗ulotga tayyorlanishi, tabiat burchagida
navbatchi vazifasini bajarish ularda topshiriqqa nisbatan javobgarlik hissini
rivojlantiradi, shu bilan birga ijtimoiy xis va munosabatlarni shakllantiradi.
Bolalar hayoti kunning birinchi va ikkinchi yarmidagi kun tartibiga binoan
tashkil etiladi. Buning uchun hamma zarur shart-sharoitlarni yaratish zarur.
Достарыңызбен бөлісу: