258
2. Шамов А.Н. Теория методики обучения иностранным языкам:
краткий словарь
методических терминов. –Н.Новгород: Нижегородский институт развития образования,
2016.-50с.
SOG‟LOM SHAXSNI SHAKLLANTIRISHDA IJTIMOIY
MUHITNING ROLI
А.Ibraymova – o‟qitıwshı, Х.Jumaboyeva – talaba
NDPI «Pedagogika ha`m psixologiya» kafedrasi
Azal-azaldan har qaysi ota-ona o‘z bolasining sog‘lom va barkamol, aql-
zakovatli, baxtli bo‘lishini istaydi. Shunday farzandni voyaga yetkazish, uning
hayotda munosib o‘rin egallashiga erishish, ularga ko‘maklashish- ota-onaning eng
ulug‘, eng muqaddas orzusi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Biz sog‘lom
deganda, nafaqat jismoniy, balki ma‘naviy jihatdan ham sog‘lom shaxsni
tushunishimiz darkor. Sog‘lom bolaning dunyoga kelishi, baquvvat bo‘lib o‘sib-
ulg‘ayishi ko‘pgina omillarga bog‘liq ekanini hammamiz yaxshi tushunamiz. Lekin
ular orasida shunday o‘ta muhim,
hal qiluvchi mezonlar borki, bu haqda alohida
to‘xtalishni o‘rinlidir. Zero, birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta‘kidlaganidek:
,,Odamzodning sog‘ligi ko‘p jihatdan avvalambor, uning o‘ziga bog‘liq. Buning
uchun u o‘z hayotini oqilona yo‘lga qo‘yishi, har qanday kasallikning oldini olish
uchun sog‘lom turmush tarzi va turmush madaniyati talablariga amal qilib yashashi
lozim‘‘.
Shaxsni tarbiyalash psixologiyadagi asosiy tushuncha sanalib, oila va
jamiyatning barkamol shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan birgalikdagi
faoliyatini anglatadi. Tarbiya yordamida inson shaxsining ma‘naviy jihatlarini
qaror toptirish ko‘zda tutiladi. Dunyoqarash, e‘tiqod, ezgulik, go‘zallik, yaxshilik,
adolatga doir qarash va ko‘nikmalarning shaxs sifatiga aylantirilishi tarbiya
yordamida gina amalga oshiriladi. Insonlar orasida yashash, hayotda turmush
kechirish va faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar
yig‘indisini o‘zlashtirishga qaratilgan faoliyat o‘qitish tushunchasini ifoda etadi.
Shaxsning rivojlanishi-jamiyat rivoji demakdir. Shunday ekan, jamiyat oldida
turgan eng asosiy vazifalardan biri har tomonlama yetuk, salohiyatli, teran
fikrlaydigan, o‘z ijodiy faoliyati bilan davlat va jamiyatga foyda keltiradigan
barkamol va sog‘lom avlodni voyaga yetkazishdir. Ijtimoiy muhit tizimida shaxsni
voyaga yetkazish, keng dunyoqarashli va ma‘rifatli, aql idroki mukammal
ma‘naviy-axloqiy jihatdan barkamol, ruhan tetuk, o‘z mamlakati va uning
jahonhamjamiyatida tutgan o‘rni va rolida o‘zining fuqarolik mas‘uliyatini to‘g‘ri
va to‘liq anglab yetgan iymonli, barkamol inson shaxsini tarbiyalash maqsadlardan
kelib chiqadi. Shunday ekan, eng avvalo, sog‘lom shaxsni tarbiyalashda ijtimoiy
muhit alohida o‘rin egallaydi. Chunki, atrofdagi insonlar, sodir bo‘layotgan voqea-
hodisalar, ularning rivojlanish jarayonlari albatta shaxsga ta‘sir etmasdan qolmaydi.
Shaxs atrofidagi insonlar ta‘sirida muloqotga kirishadi, o‘z o‘rnini topadi va
maqsad sari intiladi. Ammo shuni ham e‘tibordan chetda qoldirmasligimiz kerakki,
muloqotning yaxshi ko‘rinishlari bilan birgalikda salbiy oqibatlari ham yo‘q emas.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, shaxsning rivojlanishi hozirgi kunning
dolzarb muammolaridan biridir. Chunki, shaxs birdaniga shaxs bo‘lib qolmaydi,
259
avvalo, u individ bo‘lib dunyoga keladi. Uning rivojlanishi, tarbiyalanishi oqibatida
shaxs barpo bo‘ladi. Aqliy tarafdan yetuk bo‘lmagan, jismoniy nosog‘lom odamlar
esa shaxs sifatida tan olinmaydi. Odamni shaxs sifatida tevarak-atrofdagi kishilar
va narsalar bilan bo‘lgan aloqalari ularni ishlab chiqarish faoliyatlarida, odamlar
o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Odam boshqa
kishilar bilan bo‘lgan munosabatlarda gina shaxsga aylana boradi. Shaxsning
shakllanishi, rivojlanishi uchun ijtimoiy muhitga alohida e‘tibor berish lozim.
Достарыңызбен бөлісу: