Әжинияз атындағы Нӛкис мәмлекетлик педагогикалық институты



Pdf көрінісі
бет4/164
Дата25.03.2024
өлшемі4.15 Mb.
#496396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   164
1-секция

Фойдаланилган адабиѐтлар. 
1. 
―Билимли авлод – буюк келажакнинг, тадбиркор халқ – фаровон 
ҳаѐтнинг, дўстона ҳамкорлик эса тараққиѐтнинг кафолатидир‖. Президент 
Шавкат Мирзиѐевнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул 
қилинганининг 26 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси. 
―Халқ сўзи‖ газетаси 2018 йил. 9 декабрь сони. 
 
TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA KICHIK BIZNESNI BOSHQARISH 
PSIXOLOGIYASI 
 
M.V.Xalimova -p.f.n. dotsent 
Andijon davlat universiteti 
 
 
Bozor iqtisodiyoti sharoiti raxbarlardan tadbirkorlik va ishbilarmonlikni 
boshqaruv uslublarini takomillashtirishni talab etadi. Boshqarish uslublari asosan 
ongli ravishda muayan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladi. Bu faoliyat 
davomida ma‘naviylik me‘yorlariga, ya‘ni tadbirkorlik etikasiga amal qilish 
maqsadga muvofiqdir.Biznes etikasining asosiy qoidalariga quyidagilar kiradi: 
qonunni hurmat qilish, to‗g‗rilik o‗z so‗ziga va tuzilgan shartnomaga javob berish, 
ishonchlilik va ijtimoiy javobgarlik hech qachon va hech qanday sharoitda o‗z 
xizmatchilarini, buyurtmachilarni, xissadorlarni, rahbarlarni, mol yetkazib 
beruvchilarni, nazorat qiluvchi idoralarni aldamaslik majburiyatlari. 
Taraqqiy topgan davlatlarda, ayniqsa Yaponiya va AQSHda firmalarning 
―etika kodeksi‖ va biznesmenlarning alohida kasb ustalari guruhlarining 
―ishbilarmonlar kodeksi‖ keng qo‗llanadi. Ushbu kodekslarga binoan u yoki bu 
tarmoq firmalari bir xil etika o‗lchovlarini qo‗llaydilar. Bunday kodekslar 
raqobatchilarning etikaga xilof hulqlarini aniqlashni osonlashtiradi. Ishbilarmon 
biznes kodeksining asosiy qismlaridan biri ishbilarmon va iste‘molchi o‗rtasidagi 
munosabatlar hisoblanadi.Eng birinchi ―Biznesmen kodeksi‖ amerikaliklar 
tomonidan 1913 yilda ishlab chiqilgan bo‗lib, unda yettita ish yuritish qoidasi qabul 



qilingan. Bu qoidalar bitta asosga jamlangan bo‗lib, bu biznes sohasidagi usul va 
siyosatni baholashda ularning haqiqat va adolatlilik tushunchalariga mos kelishi 
bilan belgilanganidir.Vaqt o‗tishi bilan kodeks bir necha bor takomillashdi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkor raxbar faoliyatining mazmuni uning 
boshqarish san‘atini nechog‗lik egallagani, ya‘ni odamlarni jamoaga uyushtirish, 
ishlarni rejalashtirish, nazorat qilish,axborotlar ayriboshlash, boshqarishni uquv 
bilan tashkil etish kabi mezonlar bilan xam izohlanadi.[1.34b] Bunda tadbirkor 
rahbar ongliligi, tadbirkorliligi, odamlarning moddiy va ma‘naviy extiyojlarining 
qondirib borilishi, uning gurux, jamoa jamiyat oldida ma‘suliyat, burch tuyg‗usini 
chuqur xis qilishi muhim ahamiyatga ega.Boshqarish san‘ati tadbirkor raxbarlardan 
talab qilinadigan xislatlardan eng asosiysi bo‗lib, uning o‗z qo‗l ostidagi 
xizmatchilar bilan juda yaxshi munosabat o‗rnatish, korxonada ishlab 
chiqarishning eng samarali natijalarini beradigan muxtni yaratishidadir. 
Yaponiyaning boshqarish uslubi ana shu tamoil asosiga qurilgan. 
Yaponlarninig boshlang‗ich ijtimoiy sharoiti shundayki, ular ishchini ijtimoiy 
ximoya qilish bilan birga ma‘naviy tarbiyalab borishadi,inson psixologiyasidan 
to‗g‗ri foydalanishadi, ishchini ishga tayyorlash jarayonida xalqqa ma‘lum bo‗lgan 
uslublarni qo‗llashadi, ya‘ni bajariladigan ishning nozik tomonlarini va 
qat‘iylikning o‗rgatishadi. Maxsulot ishlab chiqarish bilan uning sifatini nazorat 
qilish jarayoni xech qachon ajratilmaydi yoki bir-biriga qarama-qarshi qo‗yilmaydi. 
Ularning fikricha, nazoratni kuchaytirish yoki nazoratchining xuquqini kuchaytirish 
bilan yuqori sifatli mahsulot olib bo‗lmaydi. Vaxolanki, mahsulot sifatini tayyor 
bo‗lgandan keyin emas, aksincha uni tayorlash jarayonida, xar bir bajarilgan ishdan 
so‗ng nazorat qilish kerak. Nazoratchining asosiy vazifasi sifatsiz maxsulot ishlab 
chiqarayotgan ishchini topib, uni jazolash emas, balki uning sababini izlashdan va 
bartaraf qilishdan iborat bo‗lishi kerak. Mana shu uslubni yaponlar tug‗ri yo‗lga 
qo‗yganligi sababli xar bir ishchi o‗z-o‗zini nazorat qilishga o‗rgangan va doimo 
o‗z ustida izlanishlar olib boradi. Kompaniyalarda sifat guruxlari tashkil 
qilingan.Bizda xam xar bir tadbirkor rahbar ish joylarida mana shunday uslubni 
tashkil qila olishi kerak. Shundagina sifatsiz maxsulot sonini kamaytirib, yuqori 
sifatli maxsulot olishga erishish mumkin. Shundagina kichik biznesda ishlab 
chiqarishni kengaytirmasdan, ishchilar sonini o‗zgartirmasdan ko‗plab maxsulot 
olishga erishish mumkin. 
Tadbirkorning sheriklari bilan munosabatlari qanchalik to‗g‗ri tuzilganligi 
biznesdagi muvaffaqiyatni belgilaydi. Sherik deb, biror bir birgalikdagi 
faoliyatning ishtirokchisiga aytiladi. Tadbirkorning sheriklari bilan aloqalarini 
mustahkamlashda shaxslararo munosabatlar masuliyatli katta ahamiyatga ega: 
umumiy g‗oyaga qiziqqan va ularni amalga oshirishga tayyor bo‗lgan sheriklar 
bilan aloqa o‗rnatish; boshliq bilan tuzilgan kelishuv (kontrakt) shartlariga qattiq 
rioya qilinishi; haq to‗lash shartlari; ijtimoiy imtiyozlar (berilgan bo‗lsa); korxona 
boshqarilishidagi ishtiroki; yil natijalari bo‗yicha dividentlar to‗lash shartlari; 
ishdan bo‗shagandan o‗z ulushini olish ta‘minlanadi.Tadbirkor rahbar 
tashkilotchiligi - mehnat jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, ishlab chiqarish va 
tarbiyaviy jarayonlarga t‘sir ko‗rsatish, gurux faoliyatini oliy maqsadlarga qarata 



olish qobilyati kabi masalalarni qamrab oladi. [2,56b]Tadbirkor rahbar jamoani 
moddiy va ma‘naviy ne‘matlar ishlab chiqarishiga rahnamolik qilar ekan, shuni 
unutmaslik kerakki, odamlar bir-birlari bilan o‗zaro munosabatda, bir-birlariga xar 
jixatdan muxtoj, shaxsiy extiyoj va maqsadlarga egadirlar. Shu bois xar qanday 
tadbirkor-raxbar eng avvalo shaxslararo munosabatlarga insoniy qadriyatlarga 
diqqat e‘tiborini qaratmog‗i lozim bo‘ladi. 
Mijozlar bilan munosabatlar kichik biznesda mijozlar bilan munosabatga 
muhim ahamiyat berish lozim. Kichik biznes mijoz sifatida, dallollik idorasi, birja, 
tayyorlov tashkiloti qayta ishlovchi korxona, shuningdek mahsulotlarning doimiy 
buyurtmasi yoki haridori bo‗lgan ayrim shaxslar gavdalanishi mumkin. Mijoz kim 
bo‗lishidan kat‘iy nazar: tashkilotmi, korxonami, firmami yoki yakka shaxsmi - 
avvalo tadbirkor oldida o‗z muammolari bilan murojaat qilayotgan inson ekanligini 
esda to‗tishi lozimdir.Tadbirkorning vazifasi - mijozni o‗z qo‗liga olib uni ushlab 
qolmoq. Har bir tadbirkor (yakka shaxs yoki korxona) shu maqsadda o‗z ishini 
mijozga bag‗ishlamogi kerak. Bu maqsadga erishishda quyidagilarni ta‘minlash 
zarur: 
har doim o‗zini mijoz o‗rniga qo‗yishi;
qog‗ozbozlikka yo‗l qo‗ymaslik;
haridorlar bilan tovar sotilgandan so‗ng ham aloqani uzmaslik. 
Bular tadbirkorlik psixologiyasining asosiy omili xisoblanadi. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   164




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет