9
merosidan, kundalik hayotidan, og‗zaki ijodi asarlaridan hamda an‘anaviy tarbiya
usullaridan juda ko‗plab misollar keltirish mumkin.
Xalqimiz ilm-fan, adabiyot va san‘atga oid nodir qo‗lyozma -kitoblari hamda,
islom dini va madaniyatini madh etuvchi adabiyotlari bilan haqli ravishda faxrlansa
arziydi.
Tabiiyki, bugungi avlod oldiga davr yangi vazifalarni qo‗ymoqda. Agar
kechagi bolajonlarimiz o‗z etukligini Vatan ozodligi, xalq erkinligi uchun beomon
kurashlarda ko‗rsatgan bo‗lsalar, hozirgi avlod o‗z etukligini Vatanning porloq va
buyuk kelajagini bunyod etishda talab qilinmoqda. Bugungi yoshlar oldida
yurtimizni yuksak texnika va texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarish
davlatiga aylantirishdek sharafli vazifa turibdi. Ular Vatanimizning obodligi va
farovonligini ham eng yuqori darajalarga ko‗tarishlari lozim. SHu maqsadda
t
a‘lim
sohasiga, ayniqsa, oliy, kasb-hunar ta‘lim, akademik litseylarda ta‘limni
chuqurlashtirish, har tomonlama sifatini oshirish, bilim va kasb ko‗nikmalarini
yanada yaxshiroq egallashlari uchun barkamol avlod tarbiyasini o‗ziga xos ravishda
shakllantirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Jumladan:
- mashg‗ulotlar sifatini yaxshilash maqsadida ta‘lim o‗choqlarida axborot
resurs markazida internet tarmog‗idan foydalanish faoliyatini yaxshilash;
- har bir mashg‗ulotni elektron darslik, o‗quv qo‗llanmasi
va virtual stendlar
yordamida olib borish;
- tajriba mashg‗ulotlarini soha bo‗yicha ishlab chiqarish korxonalarida
o‗tkazishni joriy etish;
- o‗quv muassasasi bilan ishlab chiqarish korxonasi o‗rtasida ikki tomonlama
manfaatli shartnomalar tuzish;
- ta‘lim muassasalariga yuqori malakali, etuk, jonkuyar hamda fidoiy
pedagog-kadrlarni jalb qilish;
- davr talablariga javob beradigan
ilmiy laboratoriyalar, ishlab chiqarish
ustaxonalari, shuningdek, yangi texnologik asbob-uskunalar bilan ta‘minlash.
YUqorida ta‘kidlab o‗tilgan holatlarning barchasi qaysi bir oliy o‗quv yurti,
akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida amalga oshirilsa, shu erda ta‘lim sifati
yaxshilanadi, malakali kadrlar etishtirib berish sohasida ham ijobiy o‗zgarishlar
kuzatiladi. CHunki zamonaviy ishlab chiqarish dastgohlarida, yangi texnologik
asbob-uskunalarda bemalol ishlay oladigan, o‗z bilimini oshirish maqsadida
internet tarmog‗idan o‗ziga kerakli bo‗lgan sohaga oid yangiliklarni topa oladigan
va ulardan foydalana oladigan kadrlarni har tomonlama etuk va barkamol avlod
deya olamiz.
Достарыңызбен бөлісу: