Әжинияз атындағы Нӛкис мәмлекетлик педагогикалық институты


TA‟LIM-TARBIYA JARAYONIDA O‟RTA ASRLAR SHARQ



Pdf көрінісі
бет112/164
Дата25.03.2024
өлшемі4.15 Mb.
#496396
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   164
1-секция

 
TA‟LIM-TARBIYA JARAYONIDA O‟RTA ASRLAR SHARQ 
ALLOMALARINING MA‟NAVIY MEROSIDAN FOYDALANISHNING 
AHAMIYATI 
N.M.Toshpo„latova 
FarDU huzuridagi XTXQT va UMOHM 
 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng ulug‘ ajdodlarimizning boy 
madaniy, ma‘naviy meroslaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ldik. Ma‘naviy 
axloqiylikni tiklash, xalqning madaniy merosiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda 
bo`lish, noyob tarixiy yodgorliklarni saqlashga e‘tibor qaratilmoqda. 
Bizning diyorimizda ko‘plab qomusiy ilmlar sohibi bo‘lgan buyuk 
allomalar yashab o‘tganlar. Ulug‘ mutafakkirlarnig jahon taraqqiyoti, ilm-fan 
xazinasi hamda xalqlarning tafakkuri rivojlanishiga qo‘shgan hissalari
beqiyosdir.Xalqimiz o‘rtasida diniy va dunyoviy bilimlarni, qadriyatlarni targ‘ib
etish g‘oyalari ilgari surilgan.
O`rta asrlarda Sharq olamida yashab ijod etgan buyuk alloma va 
mutafakkirlarning ilmiy merosini chuqur muhokama qilish va anglash ,uning
zamonaviy tsivilizatsiya taraqqiyoti tarixida tutgan o`rni bebaho ahamiyatga ega. 
Ana shu bebaho ilmiy merosni yanada teran tadqiq etish va 
ommalashtirishga e‘tibor qaratilmoqda. Sharqning ulug` allomalari tomonidan
amalga oshirilgan kashfiyotlar zamonaviy ilm-fan va taraqqiyot uchun naqadar
dolzarbligi bilan hammaning diqqat e‘tiborini tortadi. .
Ajdodlarimiz olib borgan tadqiqotlarning jahonshumul kashfiyotlari 
umuminsoniy madaniyatning oltin xazinasini tashkil etadi.(259-bet 21- asr 
bo‘sag‘asida) Ma‘naviylik va ma‘rifatlilik xalqimizning ko‘p asrlik tarixi
davomida uning kuchliligi o‘ziga hos hususiyati bo‘lib keldi. Yosh avlodni
axloqiy, aqliy jismoniy, ma‘naviy jihatdan barkamol shaxs etib tarbiyalab
voyaga yetkazish asrlar davomida insoniyatning ilg‘or namoyandalari o‘rtasida 


206 
jiddiy munozaralarni keltirib chiqargan hamda muhim masalalardan biri
bo‘lgan.Bu haqida ko‘plab g‘oyalar yaratilib,ilgari surildi. Barkamol insonni
tarbiyalash hozirgi zamonda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. O‘zbekiston 
Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning quyidagi so‘zlarini aytish 
joiz: ―Barkamol avlod kelajagimiz poydevori‖.Barkamol avlodni tarbiyalashda 
umuminsoniy qadriyatlarni har tomonlama yetuk mukammal, axloqiy pok
ma‘naviy ustuvor jihatlarni ular ongiga singdirish, iymon e‘tiqodi butun o‘z 
xalqi, o‘z Vataniga fidoiy shaxs etib tarbiyalashga e‘tibor berish zarur. Ilgari 
odimlab borayotgan vatanimizda yoshlar sidqidildan bilimli, salohiyatli bo‘lib 
taraqqiyotning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shmoqdalar.Inson uchun zarur bo‘lgan
ijobiy fazilatlar saxiylik, sabrlilik, kamtarlik, hamjihatlik insonning oliy ko‘rki
hamda ruhiy tayanchidir. Ulug‘ mutafakkirlarimizning ta‘lim-tarbiyaga oid
qarashlarining yoshlar ongiga ta‘siri muhim bo‘lmoqda.Mutafakkirlarimiz 
ta‘riflaganidek barkamol shaxsni tarbiyalashning muhim maqsadlari: Aqliy 
tarbiya, axloqiy tarbiya, nafosat tarbiyasi, jismoniy tarbiya hamda sog‘lomlashtirish 
tarbiyasi, mehnat, baynalminal vatanparvarlik va oila tarbiyasi turlariga amal
qilmoqdalar. Bu esa yosh avlodning oldida turgan asosiy dolzarb
masalalardandir.Yurtsevar, oliyjanob, adolatlilik, halol bo‘lishdek fazilatlarga ega 
bo‘lish kelajak avlodning maqsadidir. Axloq, odob borasidagi tadbirlarda
mutafakkirlarning merosiga murojaat etgan holda ma‘naviy – ma‘rifiy tadbirlar
muzokaralarning o‘tkazilishi ham nechog‘lik ularga bo‘lgan hurmat ehtiromning
yaqqol namunasidir. Yoshlarning ilmiy izlanishlar, tadqiqotchilik faoliyati bilan 
shug‘ullanishga, ilm-fan yutuqlaridan foydalanishga e‘tibor berilmoqda.
Xalqning ma‘naviyati, madaniyati haqiqiy tarixi va o‘ziga xosligi uning qayta
tiklanayotganligida namoyon bo‘lmoqda. Mutafakkirlarimiz barkamol shaxsni 
tarbiyalashga oid tavsiyalar yaratganlar..


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   164




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет