Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
90
vakillar keyinchalik jamiyat nomidan qarorlar qabul qiladilar, siyosiy jarayonda
doimiy kompaniyalar, qonunchilik va hukumat boshqaruvining doirasini
shakllantiradi.
Nodemokratik yoki avtoritar jamiyatlarda siyosiy jarayonlar ko’proq
markazlashtirilgan bo’ladi va bitta partiya yoki rahbar tomonidan nazorat qilinadi.
Ya’ni fuqarolar, jamiyat tashkilotlari va medianing siyosiy qarorlarga ta’siri cheklanadi,
hukumat uchun esa jamiyat fikri muhim ahamiyatga ega bo’lmaydi. Fuqarolarning
siyosiy jarayonlardagi ishtiroki cheklanadi yoki faqatgina ma’lum imkoniyatga ega
bo’lgan aholi qatlamigina rejalashtirilgan yoki davlat tomonidan tashkil etilib, nazorat
qilinadigan jarayonlarda ishtirok etish huquqiga ega bo’ladi. Siyosiy jarayonlarga
tarixiy voqealar, iqtisodiy holat va xalqaro munosabatlar ham ta’sir ko’rsatishi
mumkin. Masalan, urush yoki anneksiya jarayonini boshqan kechirgan mamlakatlarda
siyosiy jarayonlar xarakter jihatidan yo ijobiy yoki salbiy kayfiyatda kechishi mumkin.
Davlatning oldingi tuzumi, ya’ni siyosatida transformatsiya amalga oshirilgan
davlatlarda oldingi tuzumning qoldoqlari aks etishi mumkin.
Umuman olganda, siyosiy jarayonlar har qanday jamiyatning muhim va ajralmas
qismidir. Ularni ko’p tomonlama tushunish uchun bu jarayonlarga qatnashgan turli
subyektlarning o’zaro munosabatlari va ta’siri haqida tushunish muhimdir. Fuqarolar,
hukumat, siyosiy partiyalar, turli ijtimoiy-siyosiy guruhlar, xalqaro va nodavlat
tashkilotlari, media siyosiy jarayonlarning asosiy tashabbuskorlari va ishtirokchilari
hisoblanadi.
Достарыңызбен бөлісу: