Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
92
bormoqda. Boshqa tomondan, ijtimoiy hayotdagi turli o'sib borayotgan ijtimoiy
differentsiatsiya jarayonlari sezilarli tashvish tug'ilishiga olib kelmoqda.
Jamiyatimizdagi kuzatilayotgan yana bir muhim omil ommaviy kommunikatsiyalar va
kompyuterlashtirish tizimlari jadal rivojlanib borishi hamdir. Shu nuqtai nazardan,
zamonaviy voqeliklar yoshlarning ijtimoiy guruh sifatida rivojlanish qonuniyatlarini
tushunishni va ijtimoiy ishlab chiqarishda yoshlarning o'rni va rolini aniqlashni
dolzarblashtirmoqda.
Tadqiqot natijalari. Bugungi kunda zamon talablaridan kelib chiqib, “Hududlarda
xizmat ko’rsatish va servis sohasini ja’dal rivojlantirish yuzasidan qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida” [2]. Xizmat ko‘rsatish sohasi keng qamrovliligi bilan iqtisodiyotda,
aholi hayotida muhim o‘rin tutadi. Bu sohada yangi ish o‘rinlarini kam xarajat bilan va
tez muddatda tashkil etish mumkin. Aholi daromadlarining real o‘sishi
ham avvalo
xizmatlar rivojida seziladi. Har bir loyiha ijrosini nazoratga olib, tadbirkorlarga
ko‘maklashish, shu bilan birga, yangi loyihalarni shakllantirib borish yuzasidan
ko‘rsatmalar berdi. Har bir hududning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, xizmatlarni
kengaytirish, yangi xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish, ilg‘or tajribalar va namunaviy
loyihalarni joriy etish bo‘yicha yangi metodologiya yaratish zarurligi ta’kidlandi.
Umuman, joylarda aholiga xizmat ko‘rsatish darajasi pastligicha qolmoqda. Shu
bois yig‘ilishda xizmatlar sohasini keng rivojlantirish, foydalanilmayotgan
imkoniyatlarni ishga solish masalalari muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari bu
borada har bir hududga alohida yondashuv zarurligini ta’kidlab, aniq misollar keltirdi.
Tuman va shaharlarning aholi soni, geografik joylashuvi, iqtisodiy salohiyatidan kelib
chiqib, bir qancha yo‘nalishlar belgilandi:
1)Xizmatlar sohasini 158 ta tumanda rivojlantirish. Xususan, sayyohlik
maskanlari bor 45 ta hamda tog‘li hududdagi 40 ta tumanda turizm xizmatlari
ko‘paytiriladi.Shuningdek, turizm sohasi uchun maxsus
soliq rejimi joriy etish,
mehmon uylari uchun imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.Qayd
etilganidek, sanoati rivojlangan 27 ta tumanda savdo, umumiy ovqatlanish, logistika,
mehmonxona va ko‘ngilochar maskanlar xizmatlariga ustuvorlik beriladi. Ma’lumki,
kelgusi yil 21 ta tumanda 10 ming oila uchun “Yangi O‘zbekiston” massivlari, maktab,
bog‘cha va tibbiyot maskanlari quriladi. Bu ham servis va savdoni rivojlantirish uchun
juda katta imkoniyat ekani ta’kidlandi.Chegara oldida joylashgan 25 ta hamda xalqaro
avtomagistral va temir yo‘l o‘tgan 100 ta tuman savdo va logistika xizmatlari
ko‘rsatishga ixtisoslashtiriladi. Shu bois mutasaddilarga yo‘l bo‘yi xizmatlarini
rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, qo‘shni davlatlar bilan chegara punktlari va
ularga boradigan yo‘llarda servis infratuzilmasini tubdan yaxshilash bo‘yicha
ko‘rsatmalar berildi.Umuman, mazkur 158 ta tumanda xizmat ko‘rsatish sohasida 300
ming ish o‘rni yaratish mumkinligi ta’kidlandi.
2) 29 ta o‘rta va yirik shahar hamda aholisi 300 mingdan ko‘p 6 ta tumanda
zamonaviy bozor xizmatlari rivojlantiriladi. Bu borada ko‘p qavatli uylarning birinchi
qavatidan samarali foydalanish, yengil konstruksiyali ob’yektlar
uchun yer
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
93
uchastkalarini auksionga chiqarish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Toshkent viloyati
tajribasi asosida har bir viloyatda yoshlarni zamonaviy xizmatlarga o‘qitadigan IT-
akademiyalar tashkil etish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi. Umuman, mazkur 35 ta
shahar va tumanda xizmat ko‘rsatish sohasida 200 ming ish o‘rni yaratish ko‘zda
tutilmoqda.
Достарыңызбен бөлісу: