Международный научный журнал №7(100), часть «Научный Фокус» ноября, 2023 Международный современный научно-практический журнал Научный Фокус



Pdf көрінісі
бет42/121
Дата28.03.2024
өлшемі4.01 Mb.
#496783
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   121
Журнал «Научный Фокус» №7 часть 2

ELEKTR ENERGIYASI TEJAMKORLIGI 
 
Xo'jabekov Zafarjon Ergashvoyevich 
Namangan viloyati oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi Kosonsoy
tuman 1-son kasb-hunar maktabi maxsus fan (elektr) o'qituvchisi 
Annotatsiya: Ushbu maqolada yurtimizda elektr energiyasi hamda uni asrash va 
tejash borasida fikr va mulohazalar keltirilgan. 
Kalit so’zlar: Energetika, elektr enrgiya, iste’molchi, muqobil energiya, loyiha, 
iqtisod, samara. 
Bugungi hayotimizni elektr energiyasiz tasavvur etishning o‘zi mushkul. 
Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonda elektr energiyasiga bo‘lgan umumiy 
ehtiyoj 2030-yilga borib o‘tgan 2018-yilga nisbatan 1,7 barobar ortadi. Agar aholining 
turmush darajasi oshib borayotganini hisobga olsak, yaqin 10 yil ichida elektr 
energiyaga bo‘lgan talab qariyb 2 barobar oshishi hech gap emas... 
Elektr energiya ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazishda muqobil energiya 
turlarining salmog‘ini yildan-yilga oshirib borish — bugungi kunda energetiklar oldida 
turgan dolzarb masalalardan biri. Xabaringiz bor, mamlakatimizda AES, fotoelektr 
stansiyasi va shamol elektr stansiyalarini ishga tushirish bo‘yicha investitsion loyihalar 
amalga oshirilmoqda. Alohining o‘sish sur’ati, turmush darajasi va iqtisodiyotda 
sanoatning ulushi oshib borayotgan O‘zbekistonda energiya samaradorligi va 
tejamkorligi masalalari ham o‘ziga dolzarblik kasb etayotgani rost. 
Energetika — energiyaning har xil turlarini hosil qilish, ularni bir turdan ikkinchi 
turga oʻzgartirish, muayyan masofaga uzatish va yetkazib berish, ulardan barcha 
sohalarda foydalanishni hamda shular bilan bogʻliq nazariy va amaliy muammolarni 
hal qilishni oʻz ichiga olgan xalq xoʻjaligi, fan va texnika sohasi. Insoniyat taraqqiyotida 
kishilarning turli energiya manbalariga boʻlgan ehtiyojlari ularni tabiiy manbalar — 
oʻtin, koʻmir, torf va boshqalar yoqilgʻilardan, shamol, suv oqimi energiyasi (mas, 
shamol va suv tegirmonlari) dan foydalanishga majbur qildi. Keyinchalik fan va texnika 
taraqqiyoti, fantexnika inqilobi tufayli 20-asrning 2-yarmidan boshlab asosan elektr 
energiyasiga ehtiyoj juda oshib ketdi. Ana shu omillar E.ni jadal rivojlantirishni taqozo 
qildi. Fan va texnika taraqqayoti energiya ishlab chiqarish va uni oʻzgartirishning yangi 
usullarini ishlab chiqish, yangi samarali asbobuskunalar va texnologiyalarni yaratish, 
energiyani taqsimlashni markazlashtirish va boshqalar orqali ifodalanadi. Energetika 
fani tabiiy energiya resurslarining potensial energiyasini xalq xoʻjaligida foydalanishga 
yaroqli va foydali energiya turlariga aylantirish hamda shu bilan bogʻliq ilmiytexnik 
muammolarni hal qilish masalalari bilan shugʻullanadi. 
Energetikaning taraqqiyoti koʻp jihatdan mamlakat energiya rusurslari bilan 
qanchalik taʼminlanganligiga chambarchas bogʻliq. Koʻmir, neft, tabiiy gaz, torf, oʻtin, 
slanets, suv, elektr va yadro energiyasi, shamol va quyosh energiyasi energetika 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
96 
resurslari hisoblanadi. Energetika resurslari yoqilgʻi (koʻmir, neft, gaz, yadro, torf, 
slanets, oʻtin) va yoqilgʻi boʻlmagan vositalar (suv, shamol, quyosh energiyasi va 
boshqalar) ga boʻlinadi. Yoqilgʻi bilan bogʻliq energetika resurslari tiklanmaydigan, 
yoqilgʻi bilan bogʻliq boʻlmaganlari esa tiklanadigan resurslar hisoblanadi. 
Ma’lumki, fizik qonunlarga ko‘ra energiya bordan yoq bo‘lmaydi yo‘qdan bor 
bo‘lmaydi, faqat o‘z shakli va turini o‘zgartiradi.Shu kabi elektr energiyasi ham bir 
nechta energiya evaziga bizgacha yetib keladi.Shuni aytish joizki bugungi kunda elektr 
energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanish bugungi davr talabi bo‘lib 
kelmoqda.Buning uchun honadonimizdagi isitish asboblari, ishlatimayotgan yoritish 
chiroqlarini o‘chirib qo‘yish, ishda yoki ishlab chiqarish korxonalari, jamiki qayerda 
bo‘lsa ham qayta ishlamaydigan elektr jihozlarini o‘chirib qo‘yish, tejamkorlikka ilk 
qadamlardan birini tashlagan bo‘lamiz. Ishxona, offis, korxonalarda isitish 
asboblaridan oqilona fouydalanish-energiya samaradorligining ko‘rsatkichlaridan biri 
hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish davomida sariflanadigan elektr energiyasini 
hisoblash va uni meyoriy korsatkichlarini baholash texnalogik norma hisoblanadi. 
Texnoiogik normalar ma’lum bir sexda yoki texnologik jarayonda iste’mol qilinayotgan 
elektr energiya sarfini nazorat qilish uchun xizmat qiladi. Sex normasi bu - ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot birligiga o‘rnatiladigan norma hisobianadi. Bn norma 
tarkibiga butun jarayon bo‘yicha sarf bo‘ladigan elektr energiya asosiy hamda 
yordamchi texnologik jarayonlarda sarf bo‘ladigan elektr energiya, sexni sovitishga, 
yoritishga ketadigan elektr energiya, shu bilan birga sexni ichki tarmoqlaridagi isroflar 
kiradi. Sex normalari aynan shu sexda iste’mol qilinadigan elektr energiya sarfini 
bashorat qilish uchun kerak bo‘ladi, hamda bu normalar umuman zavod normalarini 
ishlab chiqishda qo‘laniladi. Umuman zavod normasi - bitta ham mahsulot birligiga 
o‘rnatiladi. 
Energiya resurslaridan samarali (ratsional), ya’ni oqilona foydalanishga 
qaratilgan jarayonlar majmui - energiya samaradorligiga beriladigan birlamchi 
ta’rifdir. Binolarning energiya ta’minoti yoki ishlab chiqarish jarayonlari uchun 
kamroq energiya sarflash evaziga kerakli natijaga erishish ham samaradorlik 
ko‘rsatkichi hisoblanadi. Texnika va texnologiya rivojlanishining hozirgi darajasida 
yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishda iqtisodiy jihatdan asoslangan 
samaradorlikka erishish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilish 
ham shular jumlasidan. Energiya samaradorligiga oid tushuncha va bilimlar majmui 
muhandislik, iqtisod, huquq va ijtimoiy sohalar chorrahasida qaror topadi va har bir 
jamiyat uchun “lozim qiyofa”da shakllanadi. 
Energetika sohasi, xususan, elektr energetika tarmog‘ida energiya samaradorligi 
va tejamkorligi bo‘yicha mavjud me’yoriy hujjatlarga asoslangan texnik-muhandislik 
tadbirlari olib boriladi. Shartli ravishda, elektr energetika sohasida texnologik sarflarni 
(yo‘qotishlarni) kamaytirish ham samarali ish koeffitsentining yorqin namunasi. Misol 
uchun, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi 84 ta 
yuqori kuchlanishli podstansiyalar va 11650 kilometr uzunlikdagi magistral elektr 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
97 
tarmoqlarida bu ko‘rsatkich belgilangan me’yordan kamaytirilib, ishlab chiqarish 
samaradorligi oshib bormoqda. Bu o‘rinda eskpluatatsiya jarayonlarini to‘g‘ri bajarish 
muhim sanaladi. Har bir podstansiya yoki ma’muriy binolarda o‘z ehtiyoji uchun 
foydalaniladigan elektr energiyasi miqdorini ham kamaytirish - soha mutaxassislari 
oldiga Hukumat tomonidan qo‘yilgan vazifalardan biri sanaladi. Elektr ob’yektlarida 
xo‘jalik ehtiyoji uchun ishlatiladigan elektr energiyasini sarfini kamaytirish uchun 
ma’muriy binolar tomiga quyosh panellari va quyosh suv isitish kollektorlari 
o‘rnatilmoqda. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   121




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет