Международный научный журнал №7(100), часть «Научный Фокус» ноября, 2023 Международный современный научно-практический журнал Научный Фокус



Pdf көрінісі
бет96/121
Дата28.03.2024
өлшемі4.01 Mb.
#496783
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   121
Журнал «Научный Фокус» №7 часть 2

O‘RGANISHDAGI ILMIY YONDASHUVLAR 
Xakimov Mirjalol Abdug’opirovich 
Mayor Jamoat xavfsizligi universiteti magistrature tinglovchisi 
Ommaviy tartibsizliklar jamiyat va davlat xavfsizligiga putur etkazuvchi 
tushuncha sifatida doimiy ravishda ilmiy doiralar diqqat markazida bo‘lib kelgan. 
Uning o‘ziga xosligi shundan iboratki, u boshqa bir qancha xavflar yoki tahdidlar bilan 
birga yuradi, jumladan mamlakatdagi etnik ziddiyatlar, norozilik namoyishlari, rangli 
inqiloblar, ommaviy bezorilik harakatlari, jinoiy guruhlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar 
bevosita ommaviy tartibsizlik ko‘rinishida sodir bo‘ladi. SHuning uchun ham davlat va 
jamiyat hayotidagi ko‘plab sohalarda bu muammo o‘rganib kelinadi. Xususan, yuridik 
soha vakillari uni og‘ir turdagi bir jinoyat sifatida o‘rganishsa, sotsiologlar olomon 
fenomeni bilan bog‘liq ravishda ijtimoiy psixologik jihatdan o‘rganib kelishadi, 
siyosatchilar esa davlatning siyosiy barqarorlik holatiga o‘zining salbiy ta’sirini 
o‘tkazishi nuqtai nazaridan baholab kelishadi. 
Fikrimizcha, ommaviy tartibsizliklarni alohida yondashuvlar asosida 
o‘rganmasdan kompleks tarzda, ya’ni huquqiy, ijtimoiy va siyosiy yondashuvlarni 
umumlashtirgan holda tadqiq etish, ommaviy tartibsizliklarning barcha jihatlarini 
ochib berishga xizmat qiladi. 
Huquqiy yondashuv 
Ommaviy tartibsizliklarga qarshi kurash faoliyatiga huquqiy yondashuvchi 
tadqiqotchilar, uni jinoiy faoliyatning bir turi sifatida baholashga e’tibor qaratishadi. 
YA’ni, ommaviy tartibsizlik natijasida kelib chiqadigan javobgarlik nuqtai nazardan 
o‘rganishadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasida ommaviy 
tartibsizliklar uchun tegishli javobgarlik belgilangan. 
Huquqiy yondashuvda ushbu jinoyatning yuridik tushunchasi, ob’ekti, sub’ekti, 
ob’ektiv tomoni, sub’ektiv tomoni va tergov qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jihatlar yoritib 
o‘tiladi. 
Mazkur jinoyatning ob’ekti – jamoat xavfsizligi, jamoat tartibi, kishilar hayoti, 
sog‘ligi, o‘zganing mol-mulki, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruv 
organlarining normal faoliyati bo‘lishi mumkin. 
Bunday jinoyatning ob’ektiv tomoni – quyidagilarni qamrab oladi: 
- qurol yoki qurol sifatida foydalaniladigan boshqa narsalarni ishlatib yoxud 
ishlatish bilan qo‘rqitib, shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatish, qirg‘in solish, o‘t qo‘yish, 
mulkka shikast etkazish yoki uni nobud qilish, hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish 
orqali sodir etiladigan ommaviy tartibsizliklar; 
- ommaviy tartibsizliklarda faol ishtirok etish. 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
252 
Jinoyatning sub’ekti – 16 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, chet el 
fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan aqli raso jismoniy shaxslar ommaviy 
tartibsizliklarning tashkilotchilari va faol qatnashchilari hisoblanadi. 
Ommaviy tartibsizliklar sub’ektiv tomondan qasddan sodir etiladi, shu tufayli 
sodir etish motivi va ko‘zlangan maqsadi jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta’sir etmaydi. 
Jinoyatning motivi millatchilik, hokimiyatni egallashga intilish, g‘araz, bezorilik va 
hokazolar bo‘lishi mumkin.[1] 
Ommaviy tartibsizliklarning boshqa qatnashchilari esa ommaviy tartibsizliklar 
vaqtida o‘zlari sodir etgan jinoyatlar uchungina javob beradilar. 
Agar ommaviy tartibsizliklarning tashkilotchilari yoki faol ishtirokchilari 16 
yoshga to‘lmagan bo‘lsa, bu holda ular ommaviy tartibsizliklar vaqtida o‘zlari sodir 
etgan muayyan jinoyatlari uchun, masalan, odam o‘ldirish, o‘zgalar mulkini nobud 
qilish, zo‘rlab nomusga tekkanligi uchun javob beradilar. 
Ta’kidlash lozimki, qirg‘in solish, vayron qilish, o‘t qo‘yish va shunga o‘xshash 
harakatlarni 
amalga 
oshirmasdan 
jamoat 
tartibini 
buzish 
holatlaridagi 
huquqbuzarliklar ma’lum bir shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat kodeksining “Bezorilik” 277-moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya 
qilinishi mumkin. 
Ommaviy tartibsizliklarni huquqiy jihatdan o‘rgangan tadqiqotchilar, ushbu 
jinoyatni boshqa turdagi jinoyatlar bilan kompleks tarzda sodir bo‘lishini, shuningdek 
bu jinoyat olomon ishtirokida sodir etilishi nuqtai nazardan, haqiqiy aybdorlarni 
aniqlash va tergov olib borishda ma’lum bir qiyinchiliklar vujudga kelishini aytib 
o‘tishadi.[2] 
Ushbu jinoyat tarkibida ishtirokchilikning barcha shakllari namoyon bo‘lishi 
mumkin. Masalan, uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma tartibsizliklar yadrosida 
joylashgan bo‘lsa, qolgan shaxslar esa oddiy yoki murakkab ishtirokchilik shakllari 
ko‘rinishida qatnashgan bo‘ladilar. 
Jinoyatning tugash vaqti bo‘yicha huquqshunoslar tomonidan turlicha qarashlar 
mavjud. Xususan, A.Zayniddinov fikricha ommaviy tartibsizliklar real holatda tashkil 
etilgan va uning oqibatlari paydo bo‘lgan vaqtda jinoyat tugallangan hisoblanadi.[3] 
N.Vodkoning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatning zararli oqibatlar sodir bo‘lgan yoki 
bo‘lmaganligidan qat’iy nazar jinoyat tugagan hisoblanadi.[4] 
Bizning fikrimizcha, ommaviy tartibsizliklarning ob’ektiv tomonini tashkil etuvchi 
har qanday xatti-harakatlar sodir etgan paytdan boshlab jinoyat tugatilgan deb tan 
olinishi kerak. 
Psixologik yondashuv 
Psixologik yondashuvda ommaviy tartibsizliklar bevosita olomon fenomeni bilan 
bog‘liq tarzda tadqiq etiladi, ya’ni tartibsizliklarni amalga oshiruvchi olomon turlari, 
yuzaga kelish motivi, psixologiyasi, ishtirokchilar ongiga tasir qilish usullari va 
vositalari, olomon xulq-atvoridagi o‘zgarishlar va uni boshqarish bilan bog‘liq 
jarayonlar o‘rganiladi. 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
253 
Psixologlar yondashuviga ko‘ra, olomon – alohida tashkil etilmagan, stixiyali 
tarzda paydo bo‘lgan tartibsiz, anglab olingan umumiy maqsadga ega bo‘lmagan, sof 
hissiyotga berilgan odamlar to‘dasi.[5] 
Psixologiyada olomon faolligi va hissiyotga berilganlik darajasiga ko‘ra faol va 
passiv turlarga ajratiladi. 
Faol olomon deganda birinchi navbatda zo‘ravonlik, shafqatsizlik, bosqinchilik, 
qo‘poruvchilik harakatlariga moyilligi bo‘lgan, tajovuzkor xulq-atvor etakchilik 
qiladigan odamlar to‘dasini tushunish lozim. 
Passiv olomon esa, o‘zida emotsional komponentlarning yo‘qligi bilan ajralib 
turadi. Uni tashkil qiluvchilar ushbu guruhga to‘satdan, misol uchun, biron bir hodisani 
tomosha qilaman deb, shunchaki qo‘shilib qolganlar yoki aniq maqsad asosida 
kelishilgan holda yig‘ilganlar (to‘y hashamlarga, kino, teatrga kelganlar) ham bo‘lishi 
mumkin. Passiv olomonga xos individlarning o‘zaro joylashuvi shundayki, ular bir-
birlariga ta’sir qilmaydi. Binobarin bu turdagi olomonni boshqarish oson kechishi 
tadqiqotchilar tomonidan alohida ko‘rsatib o‘tilgan. 
Olomonni psixologiya nuqtai nazaridan bu tarzda tasniflash shartli qabul qilingan 
bo‘lib, amaliy nuqtai nazardan qaraganda olomonning o‘zgaruvchanligi ya’ni, bir 
turdan ikkinchisiga o‘tishi uning muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi.[6] 
Olomonning o‘zgaruvchanligi to‘satdan yoki qasddan uyushtirilgan bo‘lishi mumkin. 
Ko‘plab tadqiqotchilar ommaviy tartibsizliklarning kelib chiqishida bevosita 
olomonni eng xavfli bo‘g‘in sifatida ko‘rsatishsa, A.N. Suxov ulardan farqli ravishda 
olomonni bir qancha turlarga ajratib, ularning ayrimlarini xavfsiz bo‘lishi mumkinligi 
to‘g‘risida fikr yuritadi. 
Oddiy olomon – tasodifan ma’lum bir voqea-hodisa to‘g‘risida ma’lumot olish 
uchun yig‘ilgan odamlar to‘dasi. Masalan yong‘in yoki avariya vaqtlarida yig‘ilgan 
omma. Bu olomon turini muallif eng xavfsiz deb baholaydi. 
Ekspressiv olomon – u birgalikda quvonch, qayg‘u, g‘azab va boshqa his- 
tuyg‘ularni ifoda etadigan odamlar guruhi. Masalan, rok musiqachilar muxlislari, dafn 
marosimi ishtirokchilari. 
Konvensional olomon – asosan sport tadbirlari vaqtida shakllanadigan fanatlar 
guruhi. Ularning xavfli jihati raqib jamoa vakillari bilan keltirib chiqaradigan 
tartibsizliklarda ko‘rinadi. 
Ekstatik olomon – ekspressiv olomonning haddan tashqari kuchli shakli bo‘lib, 
bunda odamlar his-tuyg‘ular kuchliligidan bir-biriga tan jarohati etkazishgacha 
borishadi. 
Faol olomon – bu jamoaviy xatti-harakatlarning siyosiy jihatdan eng muhim va 
xavfli shakli. U o‘z navbatida bir necha agressiv, vahimali, majburiy va isyonkor kabi 
kichik guruhlarga ajratiladi.[7] Odamlarning olomon ichiga qo‘shilishga bo‘lgan 
motivlar bular: Birinchi, bo‘layotgan voqea hodisaga qiziqish, ya’ni inson psixologiyasi 
shunday refleks shakllanganki, agarda biron joyda ko‘pchilik insonlar to‘planib turgan 
bo‘lsa, shaxs o‘z xohishiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘sha joyga borishga intiladi. 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
254 
Ikkinchi, boshqa shaxslarning chorlovi bilan, bunda shaxs olomonning 
to‘planishidan manfaatdor bo‘lgan shaxslarning ta’siri bilan olomon tarkibiga qo‘shilib 
qoladi. 
Uchinchi, ma’lum bir manfaatni ko‘zlab, masalan hokimiyat vakiligi qarshilik 
ko‘rsatish, o‘z xohish istaklarini ommaviy tarzda bayon qilish, norozilik kayfiyatini 
ko‘rsatish va boshqalar. Ushbu motivatsiyadagi shaxslar agressiv ko‘rinishdagi 
olomonni tashkil qilib, davlat organlari tomonidan olib borilayotgan siyosatdan 
norozilik kayfiyatini o‘zida namoyon qiladi. 
Tadqiqotchilar tomonidan olomon psixologiyasini o‘rganishda alohida bir shaxsni 
ajratgan holda uning aynan tartibsizliklar vaqtida ongida sodir bo‘ladigan 
o‘zgarishlarni tahlil qilishganda, shaxs harakatlarida quyidagicha holat kuzatilgan: 
- aqlni ishlatishga nisbatan hissiyotga berilishning ortishi; 
- o‘z kuchiga haddan ortiq ishonch paydo bo‘lishi; guruhiy ta’sir ortib, mustaqil 
fikrlashning pasayishi; 
- tartibsizlik ob’ektiga nisbatan nafrat ortishi; 
- o‘z harakatiga javobgarlik hissining yo‘qolishi; 
- insonning haddan tashqari fidoiylik va shafqatsizlik qilishga qodir bo‘lishi; 
- qilayotgan xatti-harakatlarini ongli ravishda baholay olmasligi.[8] 
YUqoridagi psixologik o‘zgarishlarning barchasi salbiy xarakter kasb etib, 
olomonning agressivligini oshirishga xizmat qiladi, hamda tartibsizliklar 
tashkilotchilari uchun olomonni boshqarishda qulay muhit yaratadi. Bu o‘z o‘rnida, 
huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olomonni tarqatishda ma’lum 
qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. 
Siyosiy yondashuv 
Hozirgi vaqtda ommaviy tartibsizliklarni siyosiy yondashuv asosida tadqiq etish 
dolzarblashib bormoqda. CHunki tashqi aktorlar, yoki mamlakat ichidagi destruktiv 
kuchlar, ekstremistik tashkilotlar o‘z maqsadlari yo‘lida tartibsizliklardan muhim 
vosita sifatida foydalanishmoqda. 
Ommaviy tartibsizlikdan vosita sifatida foydalanishning afzalligi yuqori darajada 
bo‘lib, bunda mamlakatdagi siyosiy vaziyatni izdan chiqarishda aholini norozilik 
aksiyalari o‘tkazishga undash va shu orqali keng ko‘lamdagi tartibsizliklarni keltirib 
chiqarish etarli hisoblanadi. Hozirgi kundagi dunyoda bo‘layotgan ommaviy 
tartibsizliklarning aksariyati xuddi shunday csenariy asosida amalga oshirilmoqda. 
Tashqi aktorlar ommaviy tartibsizlikni amalga oshirishda bir qancha zamonaviy 
usul va vositalarni qo‘llab kelishmoqda. Bu borada o‘ziga xos “Boshqariladigan xaos”, 
“aqlli olomon” kabi konsepsiyalar ham ishlab chiqilgan. Bu konsepsiyalarda sun’iy 
ravishda ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqarish va uni boshqarish asosiy vazifa 
sifatida ko‘rsatilgan. 
B.S. Boymurodov o‘z tadqiqotida “Boshqariladigan xaos” konsepsiyasi borasidagi 
fikr bildirib, unda ommaviy tartibsizliklar tashkil qilish uchun bir qator tadbirlar 
amalga oshirlishini aytib o‘tadi. YAshirin guruh tashkil qilish, guruh a’zolarini 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
255 
tayyorgarlikdan o‘tkazish, ommaviy tartibsizliklarni boshqaradigan faol tanlash, 
strategiya ishlab chiqish, markaziy kuch “aqlli olomonni” shakllantirish va ularni pul 
mablag‘lari, qurol-yarog‘, texnik baza bilan ta’minlash.[9] 
Ko‘plab g‘arb olimlarining fikricha, hozirda ma’lum bir davlatni o‘ziga 
bo‘ysundirishda ushbu davlatga harbiy kuch bilan tahdid qilishning hojati yo‘q, chunki 
harbiy kuchdan foydalanish, shu davlatning o‘ziga ham salbiy ta’sir qilish mumkin. 
YUqori hajmdagi harbiy xarajatlardan ko‘ra samaraliroq usullar mavjud bo‘lib, bu 
asosan shu davlatdagi yoki mintaqadagi konfliktdan to‘g‘ri foydalanish yoki konflikt 
bo‘lmasa uni sun’iy ravishda yaratishdir. 
Bu borada E.SH.Hayitov ham davlatdagi siyosiy beqarorlik vaziyati aynan tashqi 
kuchlar tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkinligini, ularning bunday 
harakatlari beqarorlikni yanada kuchaytirish, uni moliyalashtirish, davlat tepasiga 
o‘zlariga moyil nomzodlarni olib kelish va buning asosida o‘zlariga ma’qul siyosatni 
olib borishga qaratilishini aytib o‘tadi.[10] 
S. SHakaryans 2019 yil noyabr oyida Eronda bo‘lib o‘tgan voqealar xususida 
to‘xtalib, benzin narxining oshirilishi natijasida kelib chiqqan norozilik 
namoyishlaridan, tashqi kuchlar Erondagi vaziyatni izdan chiqarishda foydalangani, 
xususan tartibsizliklarning faol ishtirokchilari boshqa davlatlarda jurnalist niqobi 
ostida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli ko‘rsatmalar bilan Eronga kiritilgani, 
halok bo‘lgan ko‘pgina insonlar aslida dushman kuchlari tomonidan yo‘q qilinib, 
OAVlarda Eron hukumatini ayblashga qaratilgani haqida fikrlar bildiradi.[11] 
Sotsiologik yondashuv 
Sotsiolog olimlar fikricha ommaviy tartibsizliklar bu ijtimoiy hodisa bo‘lib, uning 
ildizlarini jamiyatda hukm suradigan “ommaviy kayfiyatdan” izlash kerak, u asosan 
ko‘pchilik odamlar massasining jamiyatda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga nisbatan 
umumiy psixologik kayfiyati bilan tavsiflanadi.[12] 
Jamiyatda omma kayfiyatini o‘zida namoyon qiluvchi 3 ta holat mavjud bo‘lib, 
birinchi: aholining yaratilgan ijtimoiy-siyosiy sharoitlardan qoniqish yoki qoniqmaslik 
darajasi, ikkinchi: fuqarolarning o‘z ijtimoiy siyosiy istaklarini amalga oshira olish 
darajasi, uchinchi: mavjud yaratilgan shart-sharoitlarni o‘zgartirishga bo‘lgan 
xohishning mavjudligi. 
YUqoridagi 3 ta holatning har birni kengroq tahlil qilsak, birinchi holatda davlat 
organlari va amaldagi siyosiy hokimiyat tomonidan jamiyat hayotining ijtimoiy, 
iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda aholining rivojlanishi va kamol topishi uchun 
ma’lum bir shart sharoitlarning yaratilganligi bilan izohlanadi. Masalan, kommunal 
xizmatlar ko‘rsatish, ta’lim, sog‘liqni saqlash tizimi va boshqalar. Ikkinchi holat ushbu 
yaratilgan shart-sharoitlardan aholi teng huquqli ravishda foydalana olishi, davlatning 
bunga kafilligi, ushbu munosabatlarda tenglik buzilish hollari kuzatilsa aholi 
huquqlarining sud orqali himoya qilinishi, ya’ni aybdorlarga javobgarlik choralarning 
mavjudligi bilan belgilanadi. Uchinchi holat ko‘proq siyosiy ahamiyat kasb etib, bunda 
aholi davlat hokimiyati tomonidan yaratilgan shart-sharoitdan noroziligi va ularni 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
256 
o‘zgartirishiga bo‘lgan xohishi bilan xarakterlanadi. Fikrimizcha davlat va huquqni 
muhofaza qiluvchi organlar asosan mana shu uchinchi holatga ko‘proq e’tibor 
qaratishi lozim, sababi aholi ko‘pchilik qismining yaratilgan shart-sharoitlarni 
o‘zgartirishga bo‘lgan istagi mavjud bo‘lsa, u holda kelgusida norozilik chiqishlari 
vujudga kelishi mumkin. 
SHuni ta’kidlash kerakki, ommaviy kayfiyat insonlar ongi bilan bog‘liq jarayon 
bo‘lib, agar u norozilik kayfiyati ko‘rinishida bo‘lsa, tez tarqaladi va juda yuqumli 
bo‘ladi. Bundan tashqari, omma norozi kayfiyatda bo‘lganda uni bevosita nazorat qilish 
va boshqarish qiyin kechadi. U hayotning qiyin sharoitlarida bo‘lgan insonlarni oson va 
tez birlashtiradi, hamda insonlarga mos kelmaydigan ijtimoiy-siyosiy vaziyatni 
o‘zgartirishga bo‘lgan salbiy ko‘rinishdagi “yagona jamoa”ni shakllantiradi. 
Omma kayfiyatining barqarorligi jamiyatda yaratilgan shart sharoitlar bilan aholi 
xohish istaklari o‘rtasidagi muvozanatga bog‘liq, agar ushbu muvozanat buzilsa, 
ommaviy tartibsizliklar kelib chiqishi mumkin. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, har qanday tartibga solinmagan olomon 
harakati bevosita jamoat xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lib, ma’lum bir kichkina sabab 
tufayli ham ommaviy tartibsizliklar kelib chiqishi mumkin. Bu xavfli jinoyat bo‘lib, 
jamiyat asoslariga putur etkazadi, barqaror vaziyatni izdan chiqaradi, fuqarolarning 
tinch hayot kechirishiga, korxona, muassasa va tashkilotlar normal faoliyat yuritishiga 
to‘sqinlik qiladi. Davlat tomonidan ommaviy tartibsizliklarni oldini olish va bartaraf 
qilishga katta miqdordagi kuch va vositalar jalb qilishni talab qiladi. Bundan tashqari, 
uning yuz berish jarayonida ishtirokchilar tomonidan boshqa bir qator og‘ir turdagi 
jinoyatlar ham sodir etilishi mumkin. 
Ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqaruvchi eng katta sabab bu - ko‘pchilik 
aholining o‘z ijtimoiy hayotidan noroziligi va ommaning davlat hokimiyatiga bo‘lgan 
salbiy kayfiyati hisoblanadi. Tashqi kuchlar istalgan vaqtda hayot tarzidan norozi 
bo‘lgan salbiy kayfiyatdagi olomonni provokatsiya yo‘li bilan tartibsizliklar keltirib 
chiqarishga undashi mumkin. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   121




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет