Международный научный журнал №7(100), часть «Научный Фокус» ноября, 2023 Международный современный научно-практический журнал Научный Фокус



Pdf көрінісі
бет98/121
Дата28.03.2024
өлшемі4.01 Mb.
#496783
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   121
Журнал «Научный Фокус» №7 часть 2

Kalit so’zlar: O’qituvchilik,muvaffaqiyat, bola ,ilm,muallim,o’quvchi,ustoz 
Har bir muvaffaqiyatning ortida kimningdir mehnatlari yotadi.Albatta,bu 
muvaffaqiyatlarning ortida ustozning o’rni beqiyosdir. 
O’qituvchilik – bu hammaning ham qo’lidan kelmaydigan kasb,chunki bu kasb 
juda ko’p kuch,sabr,matonat talab qiladi.Muallimlikni bitta daraxt deb olsak,boshqa 
kasblar uning hosilasi bo’ladi.Endigina maktabga chiqgan paytingizni eslang.Na 
yozishni na o’qishni bilardingiz.Sizni savodingizni chiqargan,odob-axloqni 
o’rgatgan,oq-qorani tanitgan ham mana shu ustozdir. 
Ustoz - bola uchun ham ota,ham ona,ham yaqin do’st ,sirdosh bo’lishi kerak. 
Ustoz qo’l ostidagi har bir o’quvchini o’z bolasidek yaxshi ko’rib,unga mehr bilan bilim 
berishi, sabr bilan unga toqat qilishi bu shunchaki oson narsa emas. Nobel mukofoti
sovrindori Abdus Salam shunday yozadi 
"Hech kimning 30 nafar farzandi yo’q o’qituvchida esa bor.Hamma o’z bolasini 
sevadi.O’zganing bolasini sevish,unga ta’lim-tarbiya berish esa har kimning ham 
qo’lidan kelmaydi. 
Buning uchun insonda katta yurak bo’lishi kerak" - deyilgan. 
Darhaqiqat,begona ya’ni birovning bolasini o’zi uchun yangi bo’lgan kichik bir 
kashfiyotni o’z olamiga olib kiradi va undan so’ng uni yangidan kashf qiladi. Yildan 
yilga o’zidagi bor bilim salohiyatlarni berib o’quvchini kamolga yetkazadi.O’quvchilik 
yillari sen uchun jon kuydirgan,o’qimishli,elga foydasi tegadigan yaxshi inson bo’lsin 
deguvchi ustozlarning qadriga yetmaymiz.Lekin hayotning katta yo’lida ularni ko’proq 
sog’inadi kishi. 
1997-yildan buyon 1-oktabr " O’qituvchi va murabbiylar kuni " sifatida 
nishonlanayotgani ustozlarimizga bo’lgan hurmat,ehtirom,e’tibor desak mubolag’a 
bo’lmaydi. 
Sharafli kasb egalari mana yillar o’tdiki el ardog’idadir. Har yili o’qituvchilarga 
berilayotgan imtiyoz va rag’batlar buning isbotidir. 
Bolalarni seva olmagan kishidan ustoz chiqmaydi. 
Bu qanchalik to’g’ri? 
To’g’ri,bolalarni sevish,unga mehribonlik bilan nimanidir o’rgatish har kimning 
ham qo’lidan kelmaydi. Hatto shunday payt keladiki,sizning eng xavfli,yomon ko’rgan 
dushmaningizning farzandi sizni yoningizga ilm olish uchun kelsa,uni chetga 
surishga,befarq qoldirishizga haqqingiz yo’q bo’ladi. Ilm olishni igna bilan quduq 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
259 
qazishga o’xshatishgan. Shunday mashaqqatli ishni bajarishda ustozning o’rni 
beqiyosdir. 
Payg’ambarimiz (S.A.V)bir hadisi sharfda bilim va hunarni boshqalarga 
o’rgatuvchi insonlar haqida " Albatta, farishtalar, samovot ahli,hattoki,kavakdagi 
chumoli,dengizdagi baliqqacha barchalari insonlarga yaxshilik o’rgatuvchi kishi haqiga
salovat-duo aytib turadilar." , deb marhamat qilganlar. 
Ilm olish va uni tarqatish yuksak savobli ish ekani to’g’risida Qur’oni 
Karimda,hadisi sharifda ham ko’plab oyat va hadislar kelgandir. 
Shunday ekan o’quvchi yoshlar,talabalar va barchamiz ustozlarni qadrlab,doimo 
ularga hurmat-ehtirom ko’rsatishimiz lozim.Ustozlar bebaho boyligimizdir. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   121




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет