Международный научный журнал №7(100), часть «Научный Фокус» ноября, 2023 Международный современный научно-практический журнал Научный Фокус


OMMAVIY TARTIBSIZLIKLARNI AMALGA OSHIRISHDAGI



Pdf көрінісі
бет94/121
Дата28.03.2024
өлшемі4.01 Mb.
#496783
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   121
Журнал «Научный Фокус» №7 часть 2

OMMAVIY TARTIBSIZLIKLARNI AMALGA OSHIRISHDAGI
ZAMONAVIY KUCH VA VOSITALAR 
Idiev Asqar Abdurashidovich 
Mayor Jamoat xavfsizligi universiteti magistratura tinglovchisi 
Tarixdan ma’lumki, ommaviy tartibsizliklari ma’lum bir davlatning boshqaruv 
tizimiga ta’sir qilishda tashqi va ichki kuchlarning siyosiy vositasi bo‘lib kelgan. 
Bugungi kunda, axborot texnologiyalarining rivojlanishi va “Boshqariladigan xaos” 
konsepsiyasi kabi noharbiy kuch vositalarining paydo bo‘lishi ko‘cha tartibsizliklarni 
amalga oshiruvchi kuchlar faoliyatning samarali bo‘lishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. 
Hozirda, ma’lum bir mintaqa yoki davlatda yuz berayotgan ommaviy 
tartibsizliklar jamiyatdagi ijtimoiy salbiy hodisa sifatida ayrim tashqi kuchlar 
tomonidan turli vosita va usullarni qo‘llagan holda amalga oshiriladi. Dastavval 
ommaviy tartibsizliklarni amalga oshiruvchi kuch va vositalar xususida to‘xtalib 
o‘tadigan bo‘lsak, ular asosan tartibsizlik amalga oshirilishidan manfaatdor bo‘lgan 
yirik davlatlar maxsus xizmatlari yoki mamlakat ichidagi destruktiv kuchlar 
(muxolifat, jinoiy guruhlar, ekstremistik tashkilotlar yoki biron narsadan norozi 
kayfiyatdagi shaxslar) bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina hollarda, mamlakat ichkarisidagi 
destruktiv kuchlar ommaviy tartibsizliklarni amalga oshirishda yirik davlatlarning 
yordamchisiga aylanadi va natijada tartibsizliklarni amalga oshiruvchi tashqi va ichki 
kuchlarning o‘zaro bir maqsad yo‘lida birlashish holati kuzatiladi. 
Geosiyosiy jihatdan dunyoda rivojlangan davlatlar, rivojlanayotgan va qoloq 
davlatlarga ajratiladi. Bunda, geosiyosiy jarayonlarda asosan rivojlangan davlatlar 
sub’ekt sifatida ishtirok etsa, rivojlanayotgan va qoloq davlatlar esa ob’ekt sifatida 
ishtirok etadi. Sub’ekt davlatlari ob’ekt davlatlarni o‘ziga bo‘ysundirish, ta’sir doirasida 
ushlab turish yoki ularning manfaatiga xizmat qiladigan boshqaruv hokimiyatini 
o‘rnatish uchun doimiy qo‘poruvchilik faoliyatini olib borishadi. Bu holatga tadqiqot 
ishi nuqtai nazardan baho beradigan bo‘lsak, sub’ekt davlatlar ob’ekt bo‘lgan davlatlar 
hududida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qo‘poruvchilik faoliyatini amalga oshirish uchun 
ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqarishda bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi. Misol 
uchun, 2011 yilda Arab davlatlarida boshlangan tartibsizlik jarayonlarida bir qator 
geosiyosiy sub’ekt davlatlar o‘z ta’sirini ko‘rsatganligi mutaxassislar tomonidan e’tirof 
etiladi. Bunda, asosan AQSH, Xitoy, EI, Turkiya va Rossiya omili etakchilik qilganligi 
ta’kidlanadi. 1 SHu bilan birga, jahon siyosatida geosiyosiy kuchlar muvozanatining 
tubdan o‘zgarishi, yangi “kuch markazlari”ning yuzaga kelishi, ayrim davlatlarning 
dunyo hukmronligi uchun ochiqdan-ochiq da’volari mintaqaviy va etnik mojarolar 
sonining ortishiga olib kelmoqda. So‘nggi yillarda etakchi siyosiy kuch markazlari 
o‘rtasidagi dunyoda o‘z ta’sir doirasini kengaytirish borasida o‘zaro raqobatining 
kuchayishi natijasida “rangli inqiloblar”, “demokratiya eksporti”, “axborot hujumi” 
kabi xavfsizlikka tahdidlarning noan’anaviy turlari yaqqol namoyon bo‘ldi. 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
241 
Ommaviy tartibsizliklarning keltirib chiqarishda tashqi kuchlarning faol 
aralashuvini dunyoning ayrim hududlarida yuz berayotgan tartibsizliklarni tahlil qilish 
natijasida ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, 2011 yilda Arab davlatlarida boshlangan 
tartibsizliklarda bevosita AQSHning qo‘li borligi ta’kidlanadi, Arab davlatlarida Oq uy 
ma’muriyati ikki maqsadga etishishga intilgan2: - mintaqadagi energetik resurslar 
ustidan nazorat o‘rnatish; - ushbu mamlakatlarda boshqariladigan elitani 
shakllantirish. Jumladan, rasmiy Vashington bu maqsaddagi harbiy harakatlarini 2001-
2003 yillarda Afg‘oniston va Iroqda boshlagan bo‘lib, bu orqali SHimoliy Afrika va 
YAqin SHarqdagi davlat tuzumlarni beqarorlashtirish to‘lqiniga tayyorgarlik olib 
borgan. [1] O‘sha paytda mazkur ro‘yxatga Tunis, Misr, Liviya va Suriya davlatlari ham 
kiritilgan. Ayni paytda, Tunis, Misr, Liviya davlatlarida rangli inqiloblar 
tashkillashtirilib, avtoritar tuzumlar yo‘qotildi, Suriyada esa beqarorliklar haligacha 
davom etib kelmoqda. 
Bundan tashqari, AQSH hozirda Eron bilan bo‘layotgan o‘zaro nizolarda ham
yuqoridagi csenariyni takrorlashga urinmoqda. Xususan, Eron hududida sun’iy 
tartibsizliklar tashkil etib, mamlakatda siyosiy beqarorlik holatini vujudga keltirishni 
ko‘zlamoqda. 2019 yil 15 noyabr kunida Eronda benzin narxining oshishiga qarshi 
norozilik namoyishlari boshlandi. Olomonning tinch namoyishlar ko‘rinishida 
boshlangan harakati keyinchalik ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketdi. G‘arb 
davlatlari ommaviy axborot vositalari Erondagi bu vaziyatni hukumatning tinch 
namoyishchilarga qarshi kuch ishlatgani bilan baholasa, YAqin SHarq va post sovet 
makoni ommaviy axborot vositalari bunda bevosita AQSH qo‘li borligini ta’kidlashdi. 
Xususan, AQSH sobiq Prezidenti D.Tramp o‘z tvitter sahifasida fors tilida “Anchadan 
beri jafo chekayotgan, biroq jasur eronliklarga: Men prezidentligimning boshidan siz 
bilan birgaman va mening ma’muriyatim ham siz bilan birga bo‘lib qoladi. Biz sizning 
noroziligingiz ortidan sinchkov kuzatmoqdamiz va mardligingizdan ilhomlanamiz”1 
deb aytib o‘tadi. Reuters agentligi xabariga ko‘ra, Eron oliy etakchisi Ali Xomanaiy 
mamlakatdagi noroziliklarda tashqi dushmanlarni ayblaydi. Uning fikricha, “Ayrim 
odamlar hukumatning ushbu qaroridan xavotirga tushgan, lekin xalqni g‘alayonga 
da’vat etib, ko‘chalarga o‘t qo‘yayotganlar bezori, bizning fuqarolar emas. 
Revolyusiyaga qarshilar va Eron dushmanlari hamisha mamlakatda tartibsizlik keltirib 
chiqarishga uringan va bu ishni qilishda davom etaveradi”.[2] Iran.ru sayti ma’lumoti 
bo‘yicha, Erondagi norozilik namoyishlari vaqtida politsiya qo‘lga tushirgan bezorilar 
o‘t qo‘yilgan har bir bino uchun 60 AQSH dollari miqdorida mukofotga ega bo‘lganini 
tan olgan. 19 noyabrda huquq-tartibot organlari brigadasi generali Baxsh Ali 
Komroniy Solih ham ushbu ma’lumotlarni tasdiqlagan. U noroziliklar vaqtida bu kabi 
uyushtirilgan salbiy holatlarni oldini olish uchun ham fuqarolar ogohligini 
kuchaytirish lozimligini ta’kidlagan. 
XXI asr ommaviy tartibsizliklarini tashkil etishda muhim rol ijtimoiy tarmoqlarga 
tegishli ekanligini ta’kidlash zarur. Bugungi kunda hayotimizni hech bir sohasini 
axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu texnologiyalar natijasida 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
242 
ko‘plab ilmiy-texnikaviy yutuqlarga erishish bilan bir qatorda insonlar uchun zararli 
oqibatlari ham ko‘zga tashlanmoqda. Xususan, hozirda norozilik namoyishlari 
o‘tkazish va ommaviy tartibsizliklar tashkil qilishda global internet tarmog‘i 
imkoniyatlari dushmanlar uchun qo‘l kelmoqda. Olomonni tartibsizliklarga undash, 
uning agressivligini oshirish, auditoriyani kengaytirish ishlari bevosita internet 
tarmog‘i bilan bog‘liq. Dunyoda ro‘y berayotgan ommaviy tartibsizliklarning deyarli 
barchasida internet tarmog‘i muhim vosita sifatida ishtirok etmoqda. Jumladan, 2020 
yil 7 fevral kuni Qozog‘iston Respublikasining Jambul viloyati Korday tumanida yuz 
bergan ommaviy tartibsizliklarda Ichki ishlar vaziri E.Turgumbaevning so‘zlariga 
ko‘ra, “avvaliga mushtlashuvda 70 ga yaqin odam qatnashgan. Bir vaqtning o‘zida 
ig‘vogarlar va hodisa guvohlari ro‘y berayotgan voqealarni video tasvirga olib, 
messenjer va ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarni noqonuniy harakatlarga chorlagani 
sababli qo‘shni aholi punktlaridan yana 300 ga yaqin odam etib kelib mojaro jiddiy tus 
olgan. [3] 
2019 yil jinoyatchilarning Xitoy qamoqxonalariga ekstraditsiya qilish imkonini 
beruvchi bahsli qonunga qarshi Gonkongda boshlangan tartibsizliklar yangi aloqa va 
tashviqot vositalaridan foydalanish bo‘yicha tajriba o‘tkazish uchun ideal muhitga 
aylandi. Gonkong aholisining 92 %dan ortig‘i doimiy internetga ega bo‘lib, aholining 
80% o‘zlarini ijtimoiy axborot vositalarining faol foydalanuvchilari deb hisoblashadi. 
Bu erda internet messenjerlaridan Twitter, Facebook, Telegram, WhatsApp, 
foydalanuvchilari juda ko‘pchilikni tashkil qilib, asosan ushbu internet tarmoqlari 
orqali tartibsizliklarni tashkil qilish va o‘tkazishda o‘z samarasini berdi. Tartibsizliklar 
jarayonida ushbu ijtimoiy tarmoqlar orqali tashkilotchilar turli yangi uslublardan 
foydalanishganini qo‘rishimiz mumkin. Birinchi, namoyishlar paytida kanallarda 
tartibsizliklar o‘tkaziladigan joylar aks etgan xaritalar tezda e’lon qilinadi. Bu faollarga 
yordam kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylarni oldindan bilishga imkon beradi. 
Xaritalarda namoyishchilar egallab olgan hududlar, politsiya bilan to‘qnashuvlar 
bo‘layotgan manzillar, politsiya kuchlaridan yashirinish mumkin bo‘lgan joylar, kerakli 
materiallar sotib olishingiz uchun do‘konlar va dorixonalar belgilangan bo‘ladi. [4] 
Ikkinchi, kanallarda aholi ruhiyatini ko‘tarish, jangovarligini oshirish uchun ayrim 
to‘qnashuvlarda politsiya ustidan qozonilgan muvaffaqiyat aks etgan video yoki 
fotosuratlar joylab boriladi. 
Uchinchi, yangi rejalashtirilgan mitinglarning o‘tkazilish joylari, vaqti, 
qatnashuvchilar taxminiy soni va boshqa ma’lumotlar aks etgan jadvallar har kuni 
yangilanib kanallarga joylashtiriladi. 
To‘rtinchi, namoyishchilarni jalb qilishning eng qulay usulidan biri bu 
namoyishlar vaqtida politsiyaning aholiga nisbatan shafqatsizligi (kaltaklash, rezina 
o‘qlar va gaz granatalardan foydalanish) aks etgan video yoki fotosuratlar 
joylashtirilib, hukumatning namoyishchilar bilan hech qachon murosa qilmasligi 
to‘g‘risidagi bayonotlar doimiy takrorlab turiladi. 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
243 
Beshinchi, muxolifatga xayrixoh bo‘lgan shifokorlar va tibbiyot xodimlari 
politsiya tomonidan namoyishchilarga qarshi foydalanilayotgan ko‘zni yoshlantiruvchi 
granatalarning inson organizmiga xavfli ta’sir qilishini ko‘rsatuvchi grafikalar 
tayyorlanib, jamoatchilikka e’lon qilinadi. 
Oltinchi, hukumat vakillari va politsiyaning har qanday harakatini 
obro‘sizlantirish, buning uchun mansabdor shaxslarning bir-biriga zid bo‘lgan 
bayonotlari bo‘rttirib ko‘rsatiladi. Masalan, politsiyaning muxolifat namoyishchilariga 
nisbatan hokimiyatni qo‘llab quvvatlovchi shaxslarning ko‘pligi to‘g‘risidagi bayonoti, 
aslida yolg‘on ekanligi to‘g‘risidagi dalillar keltiriladi. 
Ettinchi, norozilik namoyishlarida turli kasb egalari ishtirok etayotganligi alohida 
ta’kidlanib, ularga maxsus seriyali plakatlar tarqatiladi. Xususan, ta’lim xodimlari, bank 
xodimlari, tibbiyot xodimlari va boshqalar. 
Sakkizinchi, namoyishchilarning onlayn makoni uchun turli ramziy belgilar 
yaratiladi. Misol uchun, Gonkong namoyishchilarining sevimli virtual qahramoni bu 
“Pepe” laqabli baqa bo‘lgan. 35 
To‘qqizinchi, ijtimoiy tarmoqlardan nafaqat norozilik kompaniyasi materiallarini 
tarqatish uchun, balki muxolifat harakatlarini muvofiqlashtirish uchun ham 
foydalanilmoqda. Bunga misol qilib iqtisodiy boykot qilish taktikasini keltirish 
mumkin. Barcha noroziliklarga xayrixoh bo‘lganlarga davlat banklari bilan ishlash, 
hokimiyatni qo‘llab quvvatlaydigan ishlab chiqaruvchilarda tovarlar sotib olish 
qat’iyan rad qilinadi. Namoyishchilar uchun o‘z mablag‘larini naqd pulga yoki 
kriptovalyutaga aylantirib to‘lov kartalaridan foydalanish cheklanadi. 
O‘ninchi, “suv kabi bo‘ling” bu mashhur jang san’ati ustasi Bryus Liga tegishli 
bo‘lib, bu namoyishchilar tomonidan shior qilib olingan va ijtimoiy tarmoqlarda keng 
tarqatilmoqda. Buning ma’nosi shuki, norozilik paytida xuddi shisha ichidagi suvday 
moslashuvchan bo‘lish kerak, ya’ni to‘qnashuvlar vaqtida politsiya kuchlari son 
jihatdan ustunligi sezilsa darhol chekinish va kichik guruhlarga bo‘linib turli 
tomonlarga tarqalish kerak, shunda ularni hibsga olish imkonsiz ishga aylanadi. Global 
internet tarmog‘i imkoniyatlaridan tashkilotchilar tomonidan nafaqat namoyishlarni 
rivojlantirish uchun, balki Xitoy rasmiy hukumati va keng jamoatchiligi Gonkong 
tartibsizliklarini bevosita boshqa davlatlar ta’siri ostida bo‘layotganligi, hukumat 
kuchlari norozilik namoyishchilari qatnashchilariga nisbatan adolatli faoliyat olib 
borayotganligi borasidagi dalillar bilan antimiting siyosatini qo‘llashda ham 
foydalanmoqda. 
Jumladan, Gonkongni tashqi kuchlar ta’siridan saqlash to‘g‘risidagi “Gonkongni 
himoya qil” nomli qisqa metrajli video rolik 5 mlndan ortiq namoyishlarga qarshi 
chiquvchilarni to‘pladi. Ular “Politsiya xodimlari, biz sizni qo‘llab-quvvatlaymiz” shiori 
bilan harakat olib borishdi. [5] Ayrim politsiya xodimlarining qahramonona 
harakatlari bo‘rttirilgan holda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi. Masalan, Lyu Ser 
ismli politsiyachiga bir guruh tartibbuzarlar hujum qilib, uzoq vaqt kaltaklashgani 
surati butun Xitoy xalqi tomonidan namoyishchilarning vahshiyligi qoralandi. Xitoy 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
244 
hukumatining rasmiy tezislarini ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ib qilishda, ya’ni 
“Namoyishchilarning pul evaziga ko‘chaga chiqishayotgani”, “Namoyishchilar politsiya 
bilan kurashda Amerika qurolidan foydalanayotgani” kabi suratlarni e’lon 
qilishmoqda. Tahlil natijasiga ko‘ra, Gonkongdagi tartibsizliklar davrida internet 
vositasi orqali targ‘ibotda rasmiy hukumatga qaraganda oppozitsiyaning yaqqol 
ustunligi ko‘rinmoqda. Pekin keng ko‘lamli tashviqot urushi uchun qarshi turishga 
tayyor emasligi Gonkongdagi tartibsizliklar vaqtida o‘z aksini topdi. 
Ommaviy tartibsizliklarni amalga oshirishda yana bir muhim vosita bu “Aqlli 
olamon” va “Boshqariladigan xaos” konsepsiyalari bo‘lib, ushbu tushunchalari bir-biri 
bilan o‘zaro bog‘liq ravishda tartibsizliklar bo‘lishidan manfaatdor tashqi kuchlarning 
o‘ziga xos quroliga aylanmoqda. 
O‘tgan asrning 50-yillaridan boshlab, yangi “ijtimoiy” texnologiyalarni 
shakllantirish va dunyodagi geosiyosiy jarayonlarni tartib bilan emas, balki tartibsizlik 
prizmasi orqali boshqarish davri boshlandi. «Sovuq urush» barham topgach, bundan 
keyingi jahon siyosiy jarayonlarining insonparvarlik yo‘nalishida rivojlanishiga keng 
jamoatchilik va ilmiy doirada ishonch paydo bo‘lgan edi. Biroq, dunyoning turli 
nuqtalarida sodir bo‘layotgan turli xildagi inqilobiy ko‘tarilishlar va shunga o‘xshash 
hodisalar 
dunyoning 
global 
xarakterdagi 
geosiyosiy 
konfliktlar 
bilan 
to‘qnashganligidan dalolat bermoqda. Ushbu geosiyosiy konfliktlar natijasida, xalqaro 
siyosiy vaziyat ancha murakkablashib, xalqaro munosabatlarning asosiy sub’ektlari 
o‘rtasidagi kurash shiddatli tus olmoqda. Ushbu geosiyosiy kurash jarayonlarida yirik 
davlatlar yangi texnologiyalar ishlab chiqib, bunda asosiy e’tiborni harbiy kuch 
qo‘llashni istisno etishga qaratishmoqda. 
1992 yilda S.Man Vashingtondagi Milliy harbiy kollej jurnalida “Xaos nazariyasi 
va strategik fikrlar” nomli maqolasini nashr qildi hamda xaos tushunchasi bilan 
geosiyosiy jarayonlarni o‘zaro bog‘lab “Boshqariladigan xaos” nazariyasiga asos soldi. 
Muallif bu nazariya bilan AQSH milliy manfaatlarini ta’minlash vositasi sifatida 
dushman davlat uchun “Tanqidni eksplatatsiya qilish” va u erda “Tartibsizlik yaratish” 
zarurati xususida fikr bildirdi. S.Mann muvaffaqiyatli xalqaro siyosatning kaliti keskin 
vaziyatni aniqlab olish va undan unumli foydalanishda deb biladi. U ayrim holatlarda 
ushbu keskin vaziyatdan qochish kerak, ayrim holatda esa siyosiy qayta qurishni 
amalga oshirish maqsadida uni qo‘llab-quvatlash lozim, deydi. Keskin vaziyatni keltirib 
chiqarishning bir nechta imkoniyatlari haqida gapirib, ularning ichida maqsadga 
erishishda eng qulay usuli individual aktorlar yoki olomonning konfliktli energiyasi 
ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikriga ko‘ra, konfliktli energiya inson tabiatida, u global 
tizimning asosiy bo‘g‘iniga aylangandan buyon mavjud. Manning ta’kidlashicha, 
insonlarda konflikt energiyasini kamaytirish yoki ularni AQSH milliy xavfsizligi 
maqsadlariga mos ravishda yo‘naltirish uchun insonlardagi dasturiy ta’minotni 
o‘zgartirish lozim. Axborot sohasi mutaxassislarining ta’kidlashicha, dasturni 
o‘zgartirishning agressiv usuli “virus” bilan bog‘liq. S.Manning fikricha, g‘oya 
dasturlangan inson uchun «virus» hisoblanadi. S.Manning ta’kidlashicha, bunday 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
245 
g‘oyaviy virusdan AQSH o‘zining quroli sifatida foydalanmoqda. O‘sha joyda
demokratik plyuralizm va inson huquqlarini himoya qilish kabi g‘oyalar bilan 
zararlashni tanlaydi. Kerakli mamlakat yoki mintaqada xaosni amalga oshirishda 
noharbiy vositalardan (OAV, ta’lim, madaniyat kabilar) foydalanish zarurligini 
ta’kidlaydi va geosiyosiy raqibning hududida xaosni vujudga keltirishning asosiy 
mexanizmlari sifatida S.Mann quyidagilarni keltiradi: 
1) liberal demokratiyani yoyish; 
2) mamlakatda bozor islohotlari amalga oshirilishiga erishish; 
3) siyosiy elitaning hayot standartlarini ko‘tarish; 
4) jamiyatda milliy qadriyat va g‘oyani siqib chiqarish. 
Ushbu doktrinaga ko‘ra, har qanday siyosiy tizim mustahkam emas. Demokratik 
tuzumga ega mamlakatlardan ko‘ra avtoritar tuzumga ega mamlakatlarda xaos yuzaga 
kelishga moyillik bir muncha kuchli. SHundan kelib chiqib, AQSH o‘zini ilg‘or 
demokratik davlat deb hisoblab, avtoritar tuzumga ega davlatlarda demokratiyani 
o‘rnatish yo‘li orqali xalqaro barqarorlikni ta’minlashni o‘zining asosiy vazifasi sifatida 
ko‘radi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, ta’kidlash joizki, S.Manning “Xaos nazariyasi”ga 
asoslangan ta’limoti dunyoda AQSHning hukmronligini ta’minlashga qaratilgan 
geosiyosiy konsepsiya hisoblanadi. Uning fikricha, AQSHning hukmronligini an’anaviy 
strategik yondashuvlar bilan emas, balki noan’anaviy bo‘lgan “Xaos nazariyasi” orqali 
ta’minlash mumkin. Biroq, ushbu nazariy inshootlarning amaliyotda samarali siyosiy 
doktrinaga aylanishi uchun tegishli texnik baza, va eng avvalo ko‘pchilik uchun ochiq 
bo‘lgan axborot texnologiyalari kerak edi. Bu 2000 yillar boshida sodir bo‘ldi 
robototexnika, simsiz aloqa va internetga kirish uchun qulay bo‘lgan smartfonlarning 
paydo bo‘lishi tufayli jamiyatda insonlarning o‘zaro bog‘liqlik kuchaydi. 
2002 yilda Govard Reyngold o‘zining “Umnaya tolpa: novaya sotsialnaya 
revolyusiya” deb nomlangan kitobida “Aqlli olomon” tushunchasini qo‘lladi. “Aqlli 
olomon” (inglizcha smart mob) – yuqori texnologiyalardan samarali foydalanish orqali 
o‘z-o‘zini tuzadigan ijtimoiy tashkilotning noan’anaviy shakli bo‘lib, u aynan aniq bir 
maqsadni ko‘zlagan holda, doimiy nazorat asosida boshqarib boriladigan odamlar 
guruhini tashkil qiladi. “Aqlli olomon” texnologiyasining birinchi bo‘lib aynan 
uyushgan jinoyatchilik va boshqa mamlakatlarning rejimini o‘zgartirishga harakat 
qiluvchi maxsus xizmatlar foydalanishgan. Hozirda, tezda va global miqyosda 
tarqalishga erishgan aqlli olomonning bir nechta turlari mavjud. Ularning eng sodda va 
keng tarqalgan turi Flesh-mob – ya’ni oldindan rejalashtirilgan ommaviy aksiya bo‘lib, 
odatda zamonaviy ijtimoiy tarmoqlar orqali tashkil etiladi. Bunda, katta odamlar 
to‘dasi to‘satdan oldindan kelishilgan joylarda paydo bo‘ladi va belgilangan 
harakatlarni bajarib, tezda tarqalib ketadi. Ikkinchi turi “Shoping-bunt” (kriminalnыy 
karnaval) - ijtimoiy tarmoqlar orqali tartibsizliklar uyushtirilib, talonchilik, o‘yin-kulgi 
maqsadida bino va avtomobillarni o‘qqa tutish yoki o‘t qo‘yish. Uning o‘ziga xosligi 
shundaki, u tartibsizlikdan zavqlanish, rohatlanish uchun o‘tkaziladi, bunda hech 
qanday siyosiy maqsad ko‘zlanmaydi. Aqlli olomoning uchinchi turi “Tinch isyon” 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
246 
(mirnыy bunt) - aholi va jahon hamjamiyati nazarida amaldagi hukumatni 
delegitimizatsiya qilishni maqsad qilgan, ijtimoiy tarmoqlar orqali uyushtirilgan 
siyosiy harakatlardir.[7] “Aqlli olmon” tushunchasining to‘liq ma’no mazmunini ochib 
berishda uni “An’anaviy olomon” bilan o‘zaro farqli jihatlarini ajratib ko‘rsatish 
samarali hisoblanadi. 
1. “An’anaviy olomon” shakllanishi uchun “shok stimuli” (bevosita 
ishtirokchilarning hayotiy manfaatlariga ta’sir qiladigan voqea) kerak bo‘lsa “Aqlli 
olomon” shakllanishi uchun oldindan puxta tuzilgan reja asosida bo‘ladi; 
2. struktura jihatdan “An’anaviy olomon” agressiv (buzg‘unchi) tarqoq 
ko‘rinishida bo‘lsa, “Aqlli olomon” uchun nisbatan birikgan shaklda harakatlanish 
ustun; 
3. “An’anaviy olomon”da boshqaruv faqat shakllanish va harakat boshlanishning 
dastlabki bosqichida bo‘lsa, “Aqlli olomon”da boshqaruv doimiy ravishda amalga 
oshiriladi; 
4. ishtirokchilar soni bo‘yicha “An’anaviy olomon” 20 000 gacha bo‘lsa, “Aqlli 
olomon” 500 000 gacha bo‘lishi mumkin; 
5. ishtirokchilar hissiy holati an’anaviyda ancha kuchli bo‘lsa, “Aqlli olomon” ko‘p 
ham hissiyotga berilmaydi. 
Bugungi kunda ommaviy tartibsizliklar kelib chiqarishi mumkin bo‘lgan omillar 
o‘rganilganda, dastlab biron-bir omil norozilik namoyishi keltirib chiqarishi, 
keyinchalik esa norozilik namoyishida keskinlikning ortishi bilan ommaviy 
tartibsizlikka aylanib ketishi holatlari kuzatilmoqda. Keskinlikning ortish holati, ushbu 
noroziliklar vaqtida davlatning namoyishchilarga tazyiq o‘tkazishi, huquqni muhofaza 
qiluvchi organlarning olomonga kuch ishlatishi, olmonning talabi qondirilmasligi bilan 
izohlanishi mumkin. Dunyoda bo‘lib o‘tayotgan ommaviy tartibsizliklarning paydo 
bo‘lish mexanizmiga e’tibor qaratsak, barcha ommaviy tartibsizliklarda o‘xshash jihat 
mavjud. Bu aholini jumbushga keltiruvchi davlatning o‘z fuqarolariga nisbatan qilgan 
noto‘g‘ri harakati (vahshiyligi) hisoblanadi. Masalan, 2019 yil 6 iyun kuni Moskvada 
“Meduza”ning maxsus muxbiri Ivan Golunov politsiya tomonidan narkotik moddalar 
savdosi aybi bilan hibsga olindi, lekin keyinchalik Golunov sumkasidan va uyidan 
topilgan narkotik moddalar politsiya tomonidan atayin tashlab qo‘yilganligi, uning 
tanqidiy ruxdagi jurnalistik materiallari tufayli bu ish qasddan uyushtirilganligi 
isbotlangandan so‘ng butun mamlakatda tartibsizliklarning kelib chiqishiga sabab 
bo‘ldi. Ommaviy tartibsizliklarga qarshi kurashning o‘ziga xos jihatlaridan biri shuki, 
tartibsizliklar vujudga kelgandan so‘ng uni bartaraf qilish imkonsiz jarayon bo‘lishi 
mumkin. SHuning uchun ham, ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etishdan ko‘ra, uning 
paydo bo‘lishiga imkoniyat yaratuvchi holatlarni aniqlash va zarur chora tadbirlar 
belgilash muhim jarayon hisoblanadi. Bunda dastlab ommaviy tartibsizliklarni keltirib 
chiqaruvchi omillarni aniqlab olish lozim. Soha mutaxassislarining fikricha ommaviy 
tartibsizliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni tahlil qilganda, ularni quyidagi 
guruhlarga bo‘lish mumkin. 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
247 
Birlamchi omillar: 
1. davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolning tangligi; 
2. ishsizlik darajasining yuqoriligi; 
3. mamlakatda muttasil davom etib kelayotgan beqaror siyosiy vaziyat; 
4. mamlakat hududlardagi turli xil milliy-etnik ziddiyatlar; 
5. diniy konfessiya vakillari o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashuvi; 
6. milliy ozchilikka nisbatan diskriminatsiya mavjudligi. 
Ikkilamchi omillar: 
1. ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazishda yo‘l qo‘yilgan xato va 
kamchiliklar; 
2. qo‘shni davlatlar hududidagi ommaviy tartibsizliklar ta’siri; 
3. yirik davlatlar manfaatlariga xizmat qiluvchi tendensioz sayt (Ozodlik radiosi, 
Eltuz.com, Uz xalq harakati)larning provokatsion faoliyatlari. Bundan tashqari, ushbu 
omillarni davlatga nisbatan ta’sir o‘tkazish sub’ektlariga qarib ichki va tashqi omillarga 
ham ajratish mumkin. Ichki omillar: davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolning tangligi, 
mamlakatda muttasil davom etib kelayotgan beqaror siyosiy vaziyat, ishsizlik 
darajasining yuqoriligi, diniy konfessiya vakillari o‘rtasidagi munosabatlarning 
yomonlashuvi, milliy ozchilikka nisbatan diskriminatsiya mavjudligi, ommaviy 
tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar. Tashqi 
omillar: chegara hududlardagi turli xil milliy-etnik ziddiyatlar, qo‘shni davlatlar 
hududidagi ommaviy tartibsizliklar ta’siri, yirik davlatlar manfaatlariga xizmat 
qiluvchi tendensioz sayt (Ozodlik radiosi, Eltuz.com, Uzxalqharakati)larning 
provokatsion faoliyatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Mutaxassislar fikricha, ijtimoiy 
adolat mezonlarining qo‘pol ravishda buzilishi, aholi ehtiyoji uchun zarur tovarlarning 
tanqisligi yoki ushbu mahsulotlar narxining keskin ko‘tarilib ketishi, fuqarolar huquq 
va erkinliklarini oshkora poymol qilinishi va mansabdorlarga xos jinoyatlar 
(poraxo‘rlik, byurokratizm va tamagirlik)ning avj olishi, singari illatlar ham ommaviy 
tartibsizliklarni vujudga keltiradigan omil o‘laroq qaraladi. Sanab o‘tilgan mazkur 
holatlar o‘rtasida davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolning tangligi va aholining o‘z 
vaqtida hal qilinmagan turli muammolar yuzasidan norozilik namoyishlarining 
keyinchalik ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketishi eng muhim sabablardan biridir. 
2013 yil noyabr oyida Ukraina davlatida boshlangan evromaydon voqealarini 
bunga misol tariqasida olsak, ijtimoiy adolatsizlikning yuqori darajasi, Ukraina 
aholisining daromadlari va turmush darajasidagi katta farq, ijro etuvchi, sud 
hokimiyati va huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi korrupsiya aholining 
hukumatga nisbatan ommaviy noroziligiga olib kelganligiga amin bo‘lamiz. 
2018 yil oxirida Fransiya davlatida “sariq jiletlilar” nomi bilan mamlakatda neft 
mahsulotlari narxining oshirilishiga qarshi boshlangan tinch namoyishlar keyinchalik, 
prezident Emmanuel Makronning iste’fosini talab qila boshlashdi va natijada huquqni 
muhofaza qiluvchi organlar qarshiligi bilan ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketdi. 
Ba’zi davlatlardagi siyosiy vaziyatning nobarqarorlik holatini ham kelgusida ommaviy 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
248 
tartibsizliklarga turtki beruvchi kuch sifatida ko‘rish mumkin. Bunga dalil sifatida, 
2019 yil 4 oktyabrda Iroq davlatida og‘ir siyosiy vaziyat natijasida boshlangan 
ommaviy tartibsizliklarning keltirishimiz mumkin. Iroq so‘nggi o‘n besh yil davomida 
urush va diniy nizolar girdobida qolgan. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, Iroqda 
2018 yildan ishsizlik darajasi yiliga 7.9 % ga o‘smoqda, ammo bu yoshlar orasida ikki 
barobardan ham yuqori taxminan 25 % dan ortiq. Deyarli 17% mehnatga layoqatli 
iroqliklar faqat vaqtinchalik ish topishlari mumkin, 2014 yildan buyon mamlakat 
aholisining deyarli to‘rtdan bir qismi kuniga 1.9 dollardan kam mablag‘ evaziga 
yashamoqda. Har oltinchi oilada oziq-ovqat tanqisligi mavjud. Mamlakatni qayta 
tiklash uchun 88 mlrd dollar mablag‘ talab qilinmoqda. 1 Davlatdagi siyosiy beqarorlik 
holati haqida gapirilganda shunisi e’tiborliki bunda amalga oshirilgan ommaviy 
tartibsizliklardan nafaqat ichki kuchlar, shuningdek tashqi kuchlar ham o‘z 
manfaatlarida yo‘lida foydalanishadi. Bunday tartibsizliklar mamlakatga tashqi 
kuchlarning osonlik bilan suqilib kirishiga imkoniyat yaratadi. Siyosiy beqaror 
davlatlardagi ommaviy tartibsizliklar jarayonida, hukumatning tartibsizliklar 
ishtirokchilariga nisbatan kuch ishlatishi va bundan jabr ko‘rgan aholining 
“huquqlarini himoya qilish” niqobi ostida suqilib kirish ssenariysi hozirda juda ko‘p 
yirik davlatlar tomonidan qo‘llanib kelinmoqda. Ommaviy tartibsizliklar jamiyatdagi 
turli qarama-qarshi milliy-etnik guruhlarning o‘zaro ayirmachilik ruhidagi nizolari 
ta’siri ostida ham vujudga kelishi mumkin. Bunday turdagi ommaviy tartibsizliklar 
ko‘proq avvalgi sobiq ittifoq tarkibida bo‘lgan davlatlarga xos bo‘lib, uning sabablari 
tahlil qilinsa, ularning aksariyatining ildizlari o‘tmish xatolariga ya’ni, sobiq sovet 
tuzimi sovet davlatini tuzishda chegaralarni belgilashdagi amalga oshirilgan noto‘g‘ri 
siyosatiga va o‘sha davrda yo‘l qo‘yilgan milliy kamsitishlarga, shuningdek, davlat 
siyosatini nomaqbul olib borilishi kabi holatlarda ko‘rishimiz mumkin. [9] Misol 
tariqasida 1991 yilda boshlangan Ozarbayjon va Armanlar o‘rtasidagi Tog‘li Qorabog‘ 
mojarosini keltirishimiz mumkin. Tog‘li Qorabog‘ avtonom viloyat sifatida 1923 yilda 
Ozarbayjon hududida tashkil etilgan bo‘lib, bu erda asosan arman millati vakillari 
(89.24 %) istiqomat qiladi. Ular 1820 yillarda CHor Rossiyasi tomonidan bu erlarga 
ko‘chirib olib kelingan. SSSR tarqalgandan so‘ng armanlar separatistik harakatni 
boshlashdi va ikki millat ozarbayjon va armanlar o‘rtasida millatlararo mojaro vujudga 
keldi. 1991 yil separatistik rejim Tog‘li Qorabog‘ mustaqilligini e’lon qildi, lekin 
dunyoning hech bir mamlakati bu mustaqillikni tan olmadi.1 Davlatlar o‘rtasidagi 
chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish ishlarining to‘liq yakunlanmaganlik 
holati ham chegara hududlarida yashovchi aholi punktlari o‘rtasida o‘zaro ommaviy 
nizolarni keltirib chiqaruvchi sabablardan biri bo‘lmoqda. Misol uchun, Tojikiston va 
Qirg‘iziston o‘rtasida 970 kmdan ortiq umumiy chegara bo‘lib o‘tgan yillar mobaynida 
uning 510 kmga yaqini demarkatsiya qilingan. SHu sababli ham chegara hududlarda 
bot-bot qurolli to‘qnashuvlar bo‘lib turadi. 2020 yil 07 may kuni Tojikiston va 
Qirg‘iziston chegara hududida Qirg‘iziston fuqarolarining bahsli hududda 4 gektar er 
maydonini o‘zlashtirishlari natijasida u erda yashovchi qirg‘izlar va tojiklar o‘rtasida 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
249 
to‘qnashuv bo‘lib ommaviy tartibsizliklar kelib chiqqan. Diniy konfessiya vakillari 
o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashuvi natijasida vujudga kelgan ommaviy 
tartibsizliklarga 2020 yil 24 fevral 1 Tog‘li qorabog‘ muxtor viloyati. 
https://uz.wikipedia.org/wiki/T 46 kuni Hindiston davlatida boshlangan voqealarni 
misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin. Hindiston parlamenti Pokiston, Afg‘oniston va 
Bangladeshdan kelgan qochqinlarga fuqarolik berishni soddalashtirish bo‘yicha 
Fuqarolik to‘g‘risidagi Qonunga o‘zgartirish kiritdi, ammo bir shart bilan, ular 
induistlar, sikhlar yoki nasroniylar bo‘lishi mumkin faqat musulmon bo‘lmasliklari 
kerak. SHu bilan bir vaqtda, ko‘plab shtatlarda mahalliy musulmonlar Hindiston 
fuqarosi ekanini isbotlashi kerak bo‘ladi. Agar ular kerakli dalillar keltira olishmasa, 
ular deportatsiya qilinishi mumkin. Ushbu qonun loyihasi hindistonlik musulmonlarni 
g‘azablantirdi. Ularning fikricha, so‘nggi tuzatishlar konstitutsiyaga zid, chunki rasman 
dunyoviy hisoblangan mamlakatda aholining bir qismi diniy e’tiqodidan kelib chiqib 
kamsitilmoqda. Hindiston shimoli-sharqiy shtatlari aholisi ham qonunga e’tiroz 
bildirgan — endi ular Bangladeshdan kelgan millionlab odamlar ularning shtatlarida 
doimiy qolib ketishidan xavotirda. Bu tuzatishlarni mahalliy aholi manfaatlariga zid 
deb hisoblagan musulmonlar ommaviy tartibsizliklarni boshlashdi.1 Ommaviy 
tadbirlar vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlarining yoki ommaviy 
tadbirlar tashkilotchilarining tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazishda mas’uliyatsizlikka 
yo‘l qo‘yishi, turli noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishi ham aholi tomonidan ommaviy 
norozilik holatlarini keltirib chiqarishi, bu esa kelgusida ommaviy tartibsizliklarga 
aylanib ketishi ehtimolini oshirishi mumkin. 2017 yilda Sayilgoh ko‘chasida o‘tkazilgan 
rekord osh tadbirida tashkilotchilar tomonidan OAVda keng yoritilib, kirish 
chegaralanmagan degan ma’noda reklamalar berilganligi sababli, “Amir Temur 
xiyoboni” atrofida 120.000 dan ortiq fuqaro yig‘ilib osh tarqatish bilan bog‘liq 
jarayonda turli ko‘ngilsizliklar sodir bo‘lgan. 1 Hindlar nega Islomga qarshi isyon 
ko‘tarmoqda. https://sputniknews-uz.com/world/20200228/13562068 47 2018 yil 
30 iyunda YOshlar kuniga bag‘ishlanib “Milliy” stadionda o‘tkazilgan tadbirga kirish 
biletlari kassalarda tekin tarqatilmoqda mazmunida ommaviy axborot vositalarida 
keng yoritilishi natijasida 30.000 kishiga mo‘ljallangan stadionga taxminan 50.000ga 
yaqin fuqaro tashrif buyurgan. Bu o‘z navbatida, stadion hududiga kira olmagan 
fuqarolar tomonidan juda ham qattiq norozilikka sabab bo‘lgan. SHu bilan birga, turli 
bayramlar va siyosiy tadbirlarda (miting va namoyishlar) huquqni muhofaza qiluvchi 
organlar tomonidan ommaga nisbatan turli qurollardan o‘rinsiz foydalanishi 
kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ommaviy tartibsizliklarning boshlang‘ich 
bosqichida huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kuch va vositalarning etarli 
darajada bo‘lmasligi, olomonga tushuntirish ishlarini olib bormasdan, uning 
etakchilarini qo‘lga olishga qaratilgan harakatlari ommani g‘alayonga undovchi sabab 
bo‘lishi mumkin. Hozirgi kunda ommaviy tartibsizliklarni tashkil qilish bilan biror 
mamlakatda siyosiy beqarorlik holatini vujudga keltirishda yirik davlatlar axborot 
kommunikatsiya texnologiyalardan oqilona foydalanishmoqda. Jumladan, o‘zlarining 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
250 
manfaatlariga xizmat qiluvchi tendensioz saytlar orqali yashirin faoliyat bilan 
mamlakat aholisi ongiga salbiy axborot-psixologik ta’sir o‘tkazib, ularda davlat 
boshqaruviga nisbatan norozilik kayfiyatini uyg‘otish va davlat siyosatiga qarshi 
norozilik chiqishlari uyushtirishga chorlovchi axborotlar tarqatilmoqda. Xususan, 
“Eltuz.com” saytining oxirgi 2 oy ichida (yanvar 2020 y. – fevral 2020 y.) nashr etilgan 
134 ta materiallari mazmunan tahlil qilinganda tarqatilgan materiallarning 90 foizi 
O‘zbekistondagi siyosiy hokimiyat faoliyatini qoralashga qaratilganligini ko‘rish 
mumkin. Saytning 24 yanvar kuni nashr qilingan “Ketga tepadiganlarni ko‘paytirish 
kerakmi?” nomli maqolasida yashash uylari buzilayotgan fuqarolarni o‘z huquqlarini 
himoya qilish uchun bosh ko‘tarishlari kerakligiga ochiqdan ochiq da’vat qilingan 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   121




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет