Международный научный журнал №7(100), часть «Научный Фокус» ноября, 2023 Международный современный научно-практический журнал Научный Фокус


Key words: online education, modern information technologies, Internet providers.  Аннотация



Pdf көрінісі
бет105/121
Дата28.03.2024
өлшемі4.01 Mb.
#496783
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   121
Журнал «Научный Фокус» №7 часть 2

Key words: online education, modern information technologies, Internet providers. 
Аннотация: В данной статье изучено стремительное развитие 
современных информационных технологий во всех сферах, роль дистанционного 
обучения в сфере образования, преимущества и недостатки дистанционных 
курсов для студентов. 
Ключевые слова: онлайн-образование, современные информационные 
технологии, интернет-провайдеры. 
XXI asr elektron texnologiyalar jadal rivojlanib deyarli barcha sohalarni qamrab 
olayotgan davrdir. Zamonaviy axborot texnologiyalari birqancha sohalarda, jumladan, 
moliya, iqtisod, elektronika, robototexnika, sog’liqni saqlash, telemeditsina, kutubxona, 
telemetrologiya, ekonomika kabi sohalarda samarali foydalanilmoqda. Masofaviy 
ta’lim texnologiyasi misolida ta’lim tizimida ham zamonaviy texnologiyalarning yuqori 
darajada rivojlanayotganini ko’rish mumkin. 
Taraqqiyotning juda tez sur’atlar bilan jadallashishi oqibatida dunyoning har bir 
burchagida yangi texnologik ixtirolar qilinmoqda. Deyarli har bir soniyamiz kuchli 
axborot oqimi ta’sirida kechadi. Buning yutuqlari sifatida ko’p imkoniyatlar 
yaratilyapti. Dunyoning istalgan davlatiga turgan joyimizdan virtual sayohat 
uyushtirish imkoni, minglab kilometr uzoqlikdagi yaqinimizni yonimizda turgandek 
ko’rib suhbatlashish imkoni va shu kabilar. Aynan shu zamonaviy texnologiyalardan 
foydalanib mustaqil ta’lim olish ham mumkin. So’nggi uch-to’rt yil ichida hokimiyat 
majlislarini Respublika miqyosida o’tkazish (videoselektr) yuqori oliy ta’lim 
tashkilotlarida talabalarni qabul qilish, baholash, davomatini tekshirish kabi 
masalalarni onlayn o’tkizib kelinmoqda. Ta’lim tizimida ko’p islohotlar amalga 
oshirilyapti. 
Yuqori 
oliy 
ta’lim 
muassasalarida 
ta’lim 
olish 
shakllari 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
272 
(sirtqi,kechki,kunduzgi) qatorida masofadan o’qitishning joriy etilishi ham, chet 
davlatlar texnologiyasining ta’lim tizimiga kirib kelishi ham shular jumlasidan. 
Masofaviy ta’lim Yevropa davlatlarida juda keng rivojlangan.Bu tizimning 
O’zbekistonga ham kirib kelishi quvonchli hol. 
U.Mahkamova o’z maqolalarida aytganidek, “Masofaviy ta’lim texnologiyalari 
asosida o’qitish ko’pincha o’qituvchi va talaba o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri (real) 
aloqalarsiz ta’lim jarayonini tashkil etadigan, zamonaviy axborot texnologiyalaridan 
foydalanadigan ta’lim tizimidir”. 
Masofaviy ta’lim uslubi o’qitishning yangicha, zamonaviy shakli bo’lib, u 
tinglovchi (o’quvchi)ning mustaqil fikrlash,holatni baholash, xulosa qilish
qobiliyatlarini rivojlantiradi. Mustaqil bilim olishga, izlanishga,fikrlashga o’rgatadi. 
Masofaviy ta’limning afzalliklari ko’p..Har kim o’ziga qulay vaqtda, qulay joyda, 
qulay muhitda bilim olishi mumkin..Aynan shu tufayli bu tizim dunyoga keng 
ommalashmoqda. 
Masofaviy ta’lim – o’quv jarayoninini maqsadi,mazmuni,uslublari, o’qitish 
vositalari va internet texnologiyalari yordamida tinglovchi va o’qituvchilarning 
masofadan turib, interfaol muloqot jarayoni hisoblanadi. 
Bundan ko’rinib turibdiki, ta’limnng bu ko’rinishi o’qituvchi va talabalarga bir 
qator afzalliklar beradi. Quyida shulardan bir qanchasini ko’rib chiqamiz. 
Bir vaqtning o’zida ham o’qishingiz, ham ishlashingiz mumkin.Aslida, masofaviy 
ta’lim shaklini tanlagan insonlarning ko’pchiligi o’z ishidan voz kecha olmaydigan lekin 
bilim olishni xohlaydiganlarni tashkil qiladi.Qo’shimcha shug’ullanmoqchi bo’lgan 
abituriyentlar uchun ham bu tizim g’oyat foydali. 
Kunduzi maktab ta’limini olib, o’ziga qulay vaqtda, misol uchun kechqurun,
onlayn darsni tashkil etishi mumkin. 
Vaqt jihatidan ham samara beradi.Masofaviy ta’limning eng afzal tomoni uning 
vaqtini o’zingizning xohishingizga ko’ra rejalashtirish mumkin. Unda ma’lum bir 
erkinliklar ham mavjud. Ya’ni darsga istagan kiyimingizni kiygan holda qatnashish 
mumkin.Universitet,maktab va boshqa o’quv dargohlari kabi qat’iy forma 
belgilanmaydi. Manzil masalasida ham erkinlik mavjud. O’zingizga qulay bo’lgan, 
internet aloqasi yaxshi ishlaydigan istalgan joydan turib darsni kuzatish mumkin. 
Iqtisodiy jihatdan maqbul variant izlayotgan talabalar uchun masofaviy ta’lim 
ancha qo’l keladi. Ta’limning bu shakli odatdagi kurslardan birmuncha arzon. 
Shunday o’quvchilar borki,o’zini intiluvchan hisoblaydi, darslarni mustaqil 
o’zlashtira oladi. Bunday insonlar uchun onlayn o’qish ayni muddao. An’anaviy 
kurslarda guruh bo’lib o’tilgan mavzuni hamma ham birdek o’zlashtirolmaydi. Bu 
jarayonni sekinlashtirishi mumkin. Individual ta’limda esa o’z imkoniyatlaridan kelib 
chiqib kursni tezroq tugatish imkoni mavjud. 
Tanganing ikki tarafi bo’lganidek, masofadan o’qitishning ham kamchiliklari 
mavjud. 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
273 
Yurtimizda tarbiya ta’limdan ajratilmagan holda o’qitiladi. Onlayn o’qiganda esa 
o’qituvchi bilan to’g’ridan-to’g’ri real muloqot yo’qligi sababli ba’zi tarbiyaviy 
kamchiliklar yuzaga kelishi mumkin. 
Chalg’ish ehtimoli yuqoriligini hisobga olgan holda, har bir topshiriqni muddati 
ichida ko’rish, o’rganish va bajarishga diqqatli bo’lish lozim. 
Tarmoq bilan muammolar. Bu onlayn o’qitishning eng og’riqli tomoni. Chunki 
internet provayderlar hamma joyda ham birdek yaxshi ishlamaydi.Buning oqibatida 
topshiriq vaqtida ko’rinmasligi, muddati o’’tib ketishi,yoki vaqtida joylanmasligi kabi 
tarmoq muammolariga duch kelish mumkin. O’quvchi bir marta shunday muammoga 
uchrasa, bajargan ishi baholanmay qolsa bu uning intilishi, ishtiyoqiga ta’sir ko’rsatadi, 
o’zlashtirishi qiyinlashadi. 
O’quvchi qay yo’sin ta’lim olmasin, sirtqi, masofadan, kunduzgi yo kechkimi, har 
qanday shaklda ham ilmga g’ayratli bo’lsa, berilgan topshiriqqa befarq qaramasa, 
shijoat, ishtiyoq bilan bilim olishga kirishsa yaxshi natija oladi va yetuk kadr bo’lib 
yetishadi. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   121




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет