Международный научный журнал №7(100), часть «Научный Фокус» ноября, 2023 Международный современный научно-практический журнал Научный Фокус


AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O`RNI



Pdf көрінісі
бет113/121
Дата28.03.2024
өлшемі4.01 Mb.
#496783
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   121
Журнал «Научный Фокус» №7 часть 2

AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O`RNI 
 
Karimova Safonaxon Dilshodjon qizi
 FarDU filologiya fakulteti o`zbek tili yo`nalishi 1-kurs talabasi 
Aldashev Ilxomjon
FarDU Axborot texnologiyalari kafedrasi o`qituvchisi 
 
Annotatsiya: 
Ushbu 
maqolada 
hozirgi 
kunda 
internetning 
butun 
insoniyatga,mamlakat rivojiga ta’siri, xususan, yoshlar o`rtasida axborot 
texnologiyalarining roli va ahamiyati haqida so`z borgan. Shuningdek, internetning 
yoshlar hayotidagi ijobiy va salbiy oqibatlari va bu xususdagi ayrim muaommolarga 
tavsiyalar berib o`tilgan. 
Kalit so`zlar: Axborot texnologiyalari, globallashuv, kompyuterlashtirish, saytlar, 
Igromaniya, ChatGPT. 
 
THE IMPACT OF INTERNET ON HUMANITY: THE ROLE OF INFORMATSION 
TECHNOLOGY AMONG YOUTH 
 
Abstract: This article talks about the influence of the internet on the entire 
humanity and countries, especially the role and importance of information technology 
among young people. Also, the positive and negative consequences of the internet in the 
life of young people and recommendations for some problems in this regard were given. 
Keywords: Informatsion technology, globalization, computerization, sites, 
Igromania, ChatGPT. 
Biz bugun axborotlashgan dunyoda, kundan kun rivojlanayotgan jarayonlarda, 
axborot-kommunikatsiya va internet texnologiyalari (AKIT) hamda intelektual 
taraqqiyot avj olgan hatto ular hal qiluvchi rol o`ynayotgan, raqobatbardosh bo`lish 
talab etilayotgan bir jarayonda yashamoqdamiz. Raqobatbardosh deganda shu 
nazarda tutiladiki, internet har bir mamlakatda siyosiy darajaga ko`tarilayotgan bir 
paytda ushbu sohada qoloqlikka uchragan davlat har jabhada boshqalarga nisbatan 
ortda qolib boraveradi. Bu esa mamlakatning nafaqat tashqi, balki ichki siyosatiga ham 
ta`sir o`tkazishi, oqibatda qashshoqlikka yuz tutishi hech gap emas. 
Xususan, respublikamizda davlat miqyosida ushbu sohaga, bu orqali bevosita 
boshqa sanoat tarmoqlarini, ta’lim tizimini ham kompyuterlashtirishga alohida 
ahamiyat berib kelinayotgani ayon. Shu o`rinda aytish joizki, jamiyat, mamlakat 
taraqqiy etishi uchun aholining ham savodxonligi katta rol o`ynaydi. Shu xususda, 
mamlakatimizda aholining savodxonligini ta’minlash doirasida ham chora-tadbirlar 
olib borilmoqda. Yurtboshimiz tomonidan tatbiq etilgan besh tashabbusning 4-
yo`nalishi Kompyuter savodxonligiga bag`ishlangani ham bu e’tibordan nishonadir. 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
286 
Bugungi globallashuv zamonamizda hayotimizni internetsiz tasavvur qilish 
mushkul. Sababi ayonki, har bir inson kun davomida turli tarmoq vositalariga duch 
keladi va ulardan foydalanadi. Bu esa o`z-o`zidan davomiy qo`llangani bois barchamiz 
uchun odat tusiga aylanib ulgurgan. Chetdan qaraganda, bir kishining ish faoliyatida, 
xoh u o`qituvchi bo`lsin, xoh oddiy tikuvchi, xoh boshqa bir kasb egasi bo`lsin, 
umuman, barchaning yumushi internet tarmoqlarisiz, zamonaviy texnologiyalarsiz 
bitishi qiyin ba’zan hatto imkonsiz hollarga kelishi mumkinligini kuzatamiz. Buni esa 
yuqoridagi fikrlarimizning yaqqol isboti o`laroq keltirish mumkin. 
Tan olish kerakki, axborot texnologiyalari insoniyatga, chin ma’noda yengillik 
bera oldi. Yashash tarzi, mehnat faoliyatida anchayin sezilarli o`zgarishlar berdi. 
Soddaroq qilib aytadigan bo`lsak, internet, axborot texnologiyalari insoniyatning 
og`irini yengil, uzog`ini yaqin qilmoqda. Ayniqsa, turli sohalardagi o`rni tobora ortib 
bormoqda. 
Masalan, 
ta’lim 
tizimidagi 
foydalari, 
uni 
yengillashtirishga, 
shaffoflashtirishga qo`shayotgan xissasi sezilarli darajada. Ta’lim jarayonidagi 
qo`llanayotgan texnologiyalar yoshlardan ham uni bilishni talab etadi va natijada 
talabalar nafaqat o`z sohasidagi mutaxassis bo`lishi, balki kompyuterdan foydalana 
olish ko`nikmasiga ham ega bo`lishi mumkin. Bu esa bevosita ularning kelgusidagi ish 
faoliyatlariga ham samarali foyda o`tkazadi. Shuningdek, ta’lim jarayonida masofaviy 
o`qitishning paydo bo`lishi ham o`ziga xos yengilliklar yaratdi. 
Jadallashib borayotgan dunyomizning aql bovar qilmas kashfiyotlaridan yana biri 
“sun’iy intelekt”dir. Sun’iy intelekt, ya’ni “sun’iy ong”. Bular hatto inson nutqini 
anglaydi, o`zi yurar mashinalar ham uning yaqqol misoli bo`lishi mumkin. Biz kundalik 
faoliyatlarimizda murojaat qiladigan telegram ijtimoiy tarmog`idagi sun’iy intelekt – 
ChatGPT ham so`zlovchi nutqini anglay oladi va munosib javob qaytara olish 
xususiyatiga ega. Umuman tushunarli bo`lishi uchun keltirish mumkinki, google-
tarjimon, lug`atlar, turli o`yinlar ham sun’iy intelektning kichik qamrovli turi 
hisoblanadi. Bundan esa ular faqatgina ma’lum yo`nalishdagina bizga yordam bera 
oladi. Ba’zi sun’iy ongning namunalari esa inson ongi bajarishi mumkin bo`lgan bir 
qancha vazifalarning uddasidan chiqa oladi. Uning insoniyatga foyda va zararli 
ta’sirlari haqida esa uzoq muddatlardan buyon fikrlar tingan emas. Xulosa qilib 
aytganda, sun’iy intelekt insonlarga o`ta katta yengillik yaratib bergan. 
Barcha narsalarning ijobiy va salbiy tomonlari bo`lganidek, internetda ham 
shunday. To`laqonli qarash va tushunchaga ega bo`lmagan xalqning ayrim qatlamlari 
esa internetni ko`proq yomon illatlari tomonidan ko`ra oladilar xolos. 
Hozirda internetdan foydalanuvchilarining salmoqli qismini yoshlar tashkil etadi. 
Shunday ekan, yoshlar orasida uning katta o`rni bor. Haqiqatan, ko`plab yoshlar undan 
salbiy yo`llarda foydalanishadi. E’tiborli jihatlardan biri shuki, tilimizda hatto 
“igromaniya” tushunchasi paydo bo`ldi. “Igromaniya” – bu kompyuterdan o`rin olgan 
turli xil o`yinlarga mukkasidan ketish. Ruxshunoslar esa bu haqda o`zlarining fikr-
mulohaza va ma’lumotlarini berishadi. Bu ma’lumotlarga qaraganda, yoshlar 
buzg`unchi, destruktiv g`oyalarga qarshi mafkuraviy immunitet hali to`la 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
287 
shakllanmagani uchun o`qigan yoki ko`rgan ma’lumotlariga tez ishonishadi. Bunday 
hollarda yoshlarning ma’naviyatiga, ruhiyatiga salbiy ta’sir ko`rsatadigan 
igromaniyalarni hech jihatdan oqlab bo`lmaydi. 
Xususan, internet axborotlaridan to`g`ri foydalanmaslik oqibatida ayrim 
yoshlarning turli yot g`oyalar ta’siriga tushib qolishi barchamizni tashvishga soladi. 
Yurtimizning kelajagi yoshlar qo`lida qolishi haqida gap ketayotgan bir paytda ulardagi 
bunday illatlar bizning osoyishta hayotimizga tahdid soladi. Shu bilan bir vaqtda 
unutmaslik kerakki, hozirgi kunda yoshlar internet, IT sohasida anchayin faol va 
ko`plab yutuqlarga erishayotganlari bizga sir emas. Yaqin kunlarda paydo bo`lgan 
kibersport o`yinlari ham yoshlarga o`z qiziqishlaridan kelib chiqib yaratilgan 
imkoniytatdir.Shulardan xulosa olgan holda, yoshlarda internetdan maqsadli 
foydalanish madaniyatini yuksaltirish, internet axborotlaridan to`g`ri va o`rinli 
foydalanish, malakasini oshirish, salbiy ta’sir ko’rsatuvchi axborotlardan himoyalash, 
xavfsiz internet muhitini shakllantirish borasida turli ishlar amalga oshirilishi 
maqsadga muvofiq bo`ladi. Hamda bolaning oila muhitidan internetga ruju
qo`ymasligi uchun yetarli tarbiya berilishi va vaqt ajratilishi kerak bo`ladi. Chunki 
Yangi O`zbekiston yoshlari har jabhada ilg`or va yetuk bo`lishi kerak. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   121




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет