Международный научный журнал №7(100), часть «Научный Фокус» ноября, 2023 Международный современный научно-практический журнал Научный Фокус


GLOBALLASHUV DAVRIDA YOSHLARDA AXBOROT MADANIYATINI



Pdf көрінісі
бет111/121
Дата28.03.2024
өлшемі4.01 Mb.
#496783
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   121
Журнал «Научный Фокус» №7 часть 2

GLOBALLASHUV DAVRIDA YOSHLARDA AXBOROT MADANIYATINI 
SHAKLLANTIRISH 
Shokirboyeva Sarvinoz
Farg’ona davlat universiteti filologiya fakulteti
o’zbek tili yo’nalishi 1-kurs talabasi 
Ilhomjon Aldashev
Farg’ona davlat universiteti axborot 
 texnologiyalari kafedrasi o’qituvchisi 
Annotatsiya: Mazkur maqolada yoshlar o‘rtasida axborotlardan foydalanishda 
mavjud muammolar va axborot madaniyatini shakllantirishning o’ziga xos uslublari, 
uning yoshlar kamolotidagi tutgan o`rni haqida qarashlar bayon etilgan 
Kalit soʻzlar: yoshlar, axborot, axborot madaniyati, internet, ta‘lim. 
Yigirma birinchi asrda taraqqiyotni axborot texnologiyalari va jahon axborot 
tarmogʼi-internetsiz tasavvur qilish mushkul. Internet - axborot va hujjatlarning oʼzaro 
almashinishini taʼminlaydigan kompyuter tarmoqlarini birlashtirgan xalqaro tizimdir. 
Bu oʼrinda internetning keng imkoniyatlari va ijobiy jihatlari, ijtimoiy tarmoqlar yoki 
messenjerlarning qulayligini sanab oʼtishga hojat yoʼq. 
Har narsaning yaxshi va yomon tarafi boʼlganidek, soʼnggi yillarda internetning 
ham jiddiy xatarlari yuzaga chiqmoqda. Eng achinarlisi, buzgʼunchi, yot oqimlar 
ijtimoiy tarmoqlardan oʼzlarining gʼarazli maqsadlari yoʼlida foydalanmoqdalar. Bu esa 
yoshlarni oʼz domiga tortayotgani, ayrim saytlarda behayolik, axloqsizlik kabi ayanchli 
illatlar targʼib etilayotgani, shuningdek, turli fitnalar, jamiyatni beqarorlashtiruvchi 
yolgʼon maʼlumotlar berilayotgani afsuslanarlidir… 
Yoshlarga bugungi kun rivojlangan texnologiyalar asri va axborot makoni juda 
keng imkoniyatlar yaratib berishi bilan birgalikda zararli axborot shaklidagi katta 
xavfni shakllantirmoqda. Bunday yoshlar kelajagiga o’zining salbiy ta’sirirni 
o`tkazuvchi omillardan ularni asrab-avaylash uchun yoshlar o’rtasida axborot 
madaniyatini rivojlantirish zarur bolib, o’z navbatida bu jamiyat siyosiy savodxonligi 
darajasiga ham yuqori darajada o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. Insoniyat ertangi 
kuni uchun kurashar ekan, bunda yosh avlodning munosib davomchi sifatida 
shakllanishi uchun har tomonlama chuqur islohotlar amalga oshirib borishi va bunda 
yoshlarning mas’ullik hissini ham shakllantirib borishi talab etiladi. Sababi yoshlar 
oldiga qo’yilayotgan maqsadlar ularda qat’iy rioya qilinishi talab etiladigan 
me’yorlarni ham yuzaga keltiradi. Yoshlar axborot iste’molchisi sifatida ,avvalo, 
axborot tasnifini anglashi, ulardan foydalanish imkoniyatlarini to’liq anglab yetishi, 
zararli axborot maydoni ta’siridan o’zini himoya qilish prinsiplarini anglab yetishi,
zamonaviy axborot vositalaridan foydalanganda talab etiladigan me’yorlarni to’liq 
anglab yetishi bo’yicha ilmiy asoslangan xulosalar bugungi kun talabidir. 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
283 
Global axborot makoniga teran koʼz bilan qarasak, unda mavjud barcha 
axborotlarni ham foydali va beziyon deb boʼlmaydi. Xususan, ayni paytda internet 
tarmogʼida oʼz joniga qasd qilishning oson yoʼllarini targʼib qiluvchi, shuningdek, 
zoʼravonlik va yovuzlik ruhidagi kompyuter oʼyinlari borki, ular milliy 
qadriyatlarimizga zid va yosh avlod tarbiyasiga toʼgʼridan-toʼgʼri salbiy taʼsir 
koʼrsatishi ehtimoli juda yuqori. 
Mazkur masalada davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlar esa tahsinga 
loyiqdir. Zero, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Biz yoshlarga 
doir davlat siyosatini hech og’ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat 
davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab 
qilayotgan yuksak darajaga ko’taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak 
intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga 
hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi 
uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”,- 
deb ta’kidlaganida yoshlar orasida har qanday ijtimoiy xavf keltirib chiqaruvchi 
omillarga qarshi kurashish nazarda tutilgan desak, mubolag’a qilmaymiz. 
Bugungi kunda ta’lim jarayonini to‘gri va samarali tashkil qilishda ham axborot 
texnologiyalarining, jumladan kompyuterning o‘rni beqiyos. Ushbu texnikaning eng 
katta yutuqlaridan biri sifatida aytib o‘tishimiz lozimki, darsda mamlakatimizda va 
dunyoda ro‘y berayotgan yangiliklar, (xohlagan mavzuga doir) jumladan, ta’lim tizimi 
va sport yangiliklarini to‘g’ridan to’g’ri foydalanilsa, bo‘ladi, shu mavzudagi
videofilmlar ham darsni yanada qiziqarli o‘tishiga yordam beradi. Shu orqali har 
qanday ma’lumot o’quvchi xotirasida tez va mukammal holda qolishiga ham o’z 
ta’sirini o’tkazadi. 
Bugungi zamon hamma narsaga teranlik bilan real qarashni, yuksak maqsadlar 
yo‘lida fidoyi va qat’iyatli bo‘lishni taqozo etmoqda. Shu bois yosh avlod ongida u yoki 
bu mavzu xususida noto‘g‘ri tasavvur paydo bo‘lmasligi kerak. Buning uchun esa 
muallim va murabbiylar, ma’naviyat sohasi xodimlari yoshlarning qalbi va ongini yot, 
zararli ta’sirlardan asrash uchun kurashishi, axborot oqimi jadallashuvi sharoitida 
milliy-axloqiy qadriyatlarni yoshlar ma’naviyatiga singdirishning ta’sirchan omillarini 
izlab topishi haqida ko‘proq o‘ylashimiz zarur. 
Xulosa oʼrnida shuni aytish mumkinki, axborot asri davrida yoshlarga yopirilib 
kеlayotgan axborotlardan foydalana olishlari, xususan, nosog`lom axborotlardan 
himoyalana olishlari, kommunikatsiya vositalaridan to`g`ri foydalana bilishlari uchun 
bilim va tajriba kеrak. Aynan mana shu borada ular kattalar, ayniqsa, ota-onalar va 
ustozlarning ma`naviy-ruhiy ko`magiga muhtoj. Shunday ekan, yoshlarga sog`lom 
axborot muhitini yaratib, ular ma`naviy olamining daxlsizligini asrash asosiy 
vazifalarimizdan biridir. Zеro, yoshlar ma`naviyatiga daxldor yumushlarda 
bеparvolikka yo`l qo`yib bo`lmaydi. 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
284 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   121




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет