ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР РЎЙХАТИ:
1.Абдукаримов Д,Т. Донли экинлар селексияси ва уруғчилиги Тошкент -
2010й
2.Узақов Й.Ф., Қурбанов Ғ.Қ. Уруғчилик ва уруғшунослик. Ташкент-1992 й
3.Тиловов Ў.Х., Жуманова Б. Кузги буғдой навлари бошоқларида
донларнинг жойлашувини унувчанлик, минг дона дон вазни, колеоптилия
ва
илдиз узунлигига боғлиқлиги. “Хоразм Маьмун академияси ахборотномаси”
илмий журнали 142-143 бетлар
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
292
AGROKLASTERLAR SOTISH JARAYONLARIDA SEGMENTAR
HISOBOTLARNING AHAMIYATI
Eshmuradov Ulug‘bek Tashmuratovich
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va
biotexnologiyalar universiteti katta o‘qituvchi
Annotasiya: Mazkur maqolada agroklasterlar boshqaruvida segmentar hisob va
hisobotini tashkil etish muammolari atroflicha o‘rganilgan. Unda agroklasterlarda ichki
xo‘jalik hisobining turlari va ular o‘rtasidagi aloqadorlik turkumlangan,
agroklasterlarning segmentlari bo‘yicha tegishli xulosa va takliflar berilgan.
Kalit so‘zlar: agroklasterlar, segment, biznes segmenti, iqtisodiy segment,
geografik segment, segmentar hisob, segmentar hisobot
Abstract: The article examines the problems of segmental accounting and
reporting in the agricultural clusters. It classifies the types of on-farm accounting and
establishes their relationship on agricultural clusters. The corresponding conclusions and
recommendations in the segments of the agricultural clusters.
Keu words: agricultural clusters, segment, economical segment, geographical
segment, segmental accounting, segmental reporting
Bugungi kunda qishloq xo‘jaligining transformatsiyasi jarayonlarida bir-biriga
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ichki va tashqi tendensiyalar – dunyoda va mamlakatlarda oziq-
ovqat muammolarining keskinlashuvi sharoitida qishloq xo‘jaligi rivojlanishi strategik
ahamiyatining ortishi, ushbu tarmoqda to‘plangan tajribalarni jahon xo‘jaligida eri-
shilgan so‘nggi ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan foydalangan holda rivojlantirishni
talab etadi.
Respublikamizda buxgalteriya hisobi va hisobotining huquqiy asoslarini yanada
takomillashtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Qabul qilingan qonun va
qonun osti me’yoriy hujjatlarni amaliyotga tadbiq etilishi agroklasterlarda
buxgalteriya hisobi va hisobotini boshqaruv va moliyaviy hisob nuqtai-nazaridan
tadbiq etish, amaliyotga to‘liq joriy etilishini ta’minlash bilan birga, agroklasterlar
xususiyatlarini hisobga olgan holda takomillashtirish hozirgi kundagi muammolardan
hisoblanadi.
Shu munosabat bilan bugungi kunda mamlakatimiz amaliyotida nisbatan yaqinda
paydo bo‘lgan, ammo rivojlangan bozor munosabatlariga ega davlatlarda samarali
shakllantirilgan agroklasterlarda hisob va hisobotni takomillashtirish dolzarb
hisoblanadi. Olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari agroklasterlarda segmentar
hisobotni takomillashtirish o‘zining shakllanish jarayonida ekanligi va uning nafaqat
amaliy jihatlari, balki bir qator nazariy hamda uslubiy masalalari ham o‘zining ijobiy
yechimini kutayotganligini ko‘rsatmoqda.
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
293
Boshqaruvning agroklaster tizimini qo‘llash, xususan, agroklasterning tarkibiy
qismlari hisoblangan ichki xo‘jalik bo‘linmalari o‘rtasida javobgarlik markazlarini
belgilash, buning uchun esa korxonaning tarkibiy qismlarini iqtisodiy va geografik
segmentlarga ajratish, har bir segmentning daromadi va xarajatlarini alohida hisob-
kitob qilish, segmentlar faoliyati yuzasidan ichki xo‘jalik hisobotini tuzishni
korxonaning hisob siyosatiga kiritish talab etilmoqda.
“Segment” (lot. segmentum) bo‘lak yoki aylananing bir qismi degan ma’noni
anglatadi.
Buxgalteriya hisobida “segment” tushunchasi tashkilotlar moliyaviy hisobotlarida
mavjud faoliyatlarning turli qismlari (segmentlari) haqida ma’lumotni alohida
ko‘rsatilishi kerakligini anglatadi. Bunday qismlar (segmentlar) turli tovarlarni, ish va
xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish yoki bitta turdagi boshqa mintaqalarda sotish
to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin.
Segmentar hisobot xo‘jalik yurituvchi subyektning ayrim bo‘limlari, faoliyatining
turlari va ma’sullik markazlari bo‘yicha tuzilgan hisobot hisoblandi.
O‘zbekistonda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga bosqichma-bosqich
o‘tish bo‘yicha “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son qarori
qabul qilingan. Ushbu qaror topshirig‘ini bajarishga tayyorgarlik tadbirlari ancha ilgari
boshlanib, bunda O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar assotsiasiyasi tomonidan
2014-yilda “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” davlat tiliga tarjima qilingan.
Ulardan biri 8-sonli moliyaviy hisobotning xalqaro standarti “Operatsion segmentlar”
deb nomlanadi. Mazkur standartning 6-bandida operasion segmentlarga taalluqli
segmentlar sanalgan bo‘lib, ularga daromad keltirmaydigan boshqaruvga taalluqli
bosh ofis va ayrim bo‘linmalar kiritilmasligi ta’kidlangan.
Korxonalar boshqaruv hisobiga bugungi kunda “biznes segmenti” deb ataluvchi
yangi atama kirib keldi. Biznes segmenti - bu korxonaning ma’lum qismini yoki
nisbatan mustaqil bo‘linmasini muayyan vakolatlar va mas’uliyat berish maqsadida
ajratishdir.
9
Boshqaruv hisobi korxonaning tashkiliy tuzilmasini hisobga olgan holda,
javobgarlikning turli markazlari (biznes segmentlari) majmuidan tarkib topadi.
Segmentar hisobotni javobgarlik markazlari bo‘yicha shakllantirilgan hisobot sifatida
ta’riflash mumkin. Bozor iqtisodiyoti tarkib topgan mamlakatlarda segmentlar
bo‘yicha hisobotni shakllantirish tartibi 14-sonli moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlari (MHXS) bilan tartibga solinadi. Bu segmentar hisobot 1993-yildan amal
kilib kelmokda. Unga ko‘ra, segmentlarning ikkita: xo‘jalik va geografik turlari ajratib
ko‘rsatiladi.
Geografik segment ⎯ bu muayyan iqtisodiy muhitdagi tovar va xizmatlar ishlab
chiqarishda ishtirok etuvchi, tavakkalchilik va foyda ta’siridagi, tavakkalchiliklar va
9
Xasanov B.A, G‟aniev Z.U., Muxammedova D.A., Boshqaruv hisobi.-T.: Iqtisod-Moliya, 2018.
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
294
foydadan farq qiluvchi, segmentlarga xos bo‘lgan, boshqa iqtisodiy shart-sharoitlarda
amal qiluvchi, ajratib chiqariladigan komponentdir.
Segmentlarni ajratishni taqozo etadigan, farq qiluvchi holatlarni, ya’ni
ko‘pchilik omillarning mos tushishini quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin (1.1.-
jadval).
1.1.-jadval
Xo‘jalik va geografik segmentlarning belgilari bo‘yicha qiyosiy tavsifi
10
Segment hosil qilish uchun
mezon
Segmentlar
Xo‘jalik
Geografik
Xo‘jalik
yoki
geografik
segmentlarni hisobot segmenti
sifatida ajratishni taqozo etadi-
gan omillar:
sotishlarning 50% dan ortig‘i
tashqarida sodir bo‘lgan holda;
-
jami segmentlarni sotishdan
olingan tushumlari, segment fao-
liyati
natijalari
aktivlarning
10%idan ortiq yoki unga teng
bo‘lgan umumiy summasiga ega
bo‘lganda;
-
korxona jami tushumlarini
75%idan kam bo‘lmagan ulushi
hisobot segmentlarini tashqi
faoliyatining birgalikdagi jami
tushumiga
to‘g‘ri
kelganda
hisobotlar muvofiqlashtiriladi.
Agarda quyidagi belgilar bo‘yicha
o‘xshashliklar
mavjud
bo‘lsa,
mahsulot (ish, xizmat) lar ishlab
chiqaruvchi xo‘jalik bo‘linmalari
o‘zaro bog‘liq bo‘ladi:
ularning tavsifla-nishida;
ishlab chiqarish ja-rayonlari
tavsifida;
mijozlar turi va tavsifida;
segmentning asosiy faoliyati
natijasida paydo bo‘lgan xarajatlar
va
daromadlarni
taqsimlash
usullarida;
muayyan faoliyat turlari uchun
tartibga soluvchi muhit talablarida
(soliq, bank va sug‘urta).
Bir nechta mamlakat-lardagi
guruh,
alohida
mamlakat,
mamlakat ichidagi mintaqada
joylashgan segmentlar quyidagi
belgilarga ko‘ra hisoblanadi:
o‘xshash iqtisodiy va siyosiy
shart-sharoitlar;
amalga
oshiriladigan
muomalalarning o‘xshashligi;
mazkur
geografik
hududdagi muomalalar bilan
bog‘liq
favqulodda
risklar
kutilayotganda;
valyuta nazoratining alohida
qoidalari amal qilganda;
valyuta
muomalala-ridan
kutilayotgan
risklar
mavjud
bo‘lganda.
Agroklasterlar hisob amaliyotida bunday tajribaning mavjud emasligini hisobga
olgan holda, segmentar hisobot tuzishning ba’zi tamoyillarini ko‘rib chiqish zarur:
segmentar hisobot aniq manzilli, ishonchli, tushunarli, muhimlik kabi
xususiyatlarni o‘zida aks ettirishi hamda asosan xarajatlar, daromadlar, mahsulot
sotish hajmini hisobga olishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim;
ichki hisobot tezkorlik, ehtiyotkorlik, taqqoslanuvchanlik xususiyatlariga ega
bo‘lishi hamda menejerning rejalari, psixologiyasi va usulini nazarda tutishi kerak;
segmentar hisobot ahamiyatli, haqqoniy, xolis taqdim etilgan bo‘lishi, izchil va
tugallangan bo‘lib, javobgarlik markazi ishini yanada yaxshilashga yo‘naltirilishi lozim;
segmentar hisobotning shakllari va registrlarini tez-tez o‘zgartirish maqsadga
muvofiq emas, chunki bu holat ularning samaradorligini pasaytiradi;
boshqaruvchiga minimal hajmdagi hamda murakkab hisob-kitoblarsiz,
tizimlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim;
hisobotning bosh maqsadi korxona jamoasini jipslashtirish, ularning
salohiyatlarini investitsiya loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltirishi lozim;
10
O„sha joyda
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
295
boshqaruv segmentar hisoboti korxona hisob siyosatiga muvofiq kelishi bilan
birga moliyaviy hisobning xalqaro standartlari, hisob va hisobotning milliy
standartlari, davlatimiz tomonidan qabul qilingan meyoriy-huquqiy manbaga ham
asoslanishi lozim.
Agroklasterlar amaliyotida segmentlar bo‘yicha daromad va xarajatlarni aniqlash
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, buxgalteriya hisobining 14-sonli “Segmentlar bo‘yicha
hisobot” nomli xalqaro standarti (BHXS)ga ko‘ra, segmentar hisobotda birlamchi aks
ettiriladigan quyidagi holatlar nazarda tutilishi lozim:
tashqi mijozlardan olinadigan daromadlar;
boshqa segmentlar bilan bo‘ladigan muomalalardan olinadigan daromadlar;
aktivlarning balans summasi;
segmentlarning majburiyatlari;
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni sotib olish xarajatlari;
amortizatsiya xarajatlari;
daromadlar va xarajatlar, aktivlar va majburiyatlarni taqqoslash.
Segment
daromadlari
korxona
segmentiga
yoki
umumiy
tushum
tarkibiga bevosita kiritilishi mumkin (1.2-jadval).
1.2-jadval
“Samarqand Kamalak Invest Tekstil” MCHJning moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi
hisoboti va uning muomala segmentlari
11
, (mln. so‘mda)
Ko‘rsatkichlar
Tovarlar ishlab chiqarish segmentlari
Jami
Fermer-
lar uchun
Qayta
ishlash
korxona-lari
uchun
Tekstil
korxona-lari
uchun
Boshqa
tashki-
lotlar
uchun
1
2
3
4
5
6
1. Sotishdan olingan tushum
260
1320
390,8
500,8
2471,6
2. Chegirmalar “-”
ustamalar “+”
+100,6
-380,6
+340
+160,8
+220,8
3. Sotish-netto
360,6
930,4
730,8
660,4
2682,2
4. Segmentlarning xarajatlari
170
120,6
290,2
180,8
761,6
5.
Segmentlarning
moliyaviy
natijalari
490,4
240
640,2
550
1920,6
6.
Taqsimlanmagan
xarajatlar
(ma’muriy)
150,4
70,5
190,9
170,2
582
7. Korxonaning moliyaviy natijasi
340
160,5
440,3
370,8
1311,6
Yuqoridagi 1.2-jadval alohida segmentlar daromadlarini agrokalsterlar
moliyaviy natijasidagi ulushini ifodalaydi va ularni tarkibiy jihatdan tahlil qilish
imkonini beradi.
Segment daromadlariga quyidagi ko‘rsatkichlar tegishli emas:
moliyaviy qo‘yilmalarni sotishdan olingan foizlar, dividendlar va daromadlar
(bunday daromadlar segmentning asosiy faoliyati bo‘lgan hollar bundan mustasno);
11
“Samarqand Kamalak Invest Tekstil” MCHJning 2021-yil moliyaviy hisobot ma‟lumotlari asosida muallif hisob -
kitobi
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
296
favqulodda daromadlar (fors-major majburiyatlar).
Xulosa qilganimizda, agrokalsterlarda xalqaro amaliyotda tan olingan segmentar
hisob yuritish va hisobot tuzish tamoyillari va standartlariga o‘tish tadbirlarini
jadallashtirish maqsadga muvofiqdir. Agrokalsterlarning faoliyat turlari va sohalarini
segmentlarga ajratish subyekt rahbariyatining boshqaruv siyosati asosida amalga
oshiriladi. Shu sababli, segmentlar bo‘yicha ochib berilgan moliyaviy axborotlar
oshkoralik nuqtai nazaridan olganda shaffof bo‘lmay, tijorat siri hisoblanadi.
Shuningdek, segmentar hisobot axborotlaridan turli korxonalar faoliyatini bir-biri
bilan taqqoslash uchun foydalanish mumkin emas. Yuqoridagi holatlarni inobatga
olmaganda, operatsion segmentlar to‘g‘risidagi axborotlar investorlar va boshqa
foydalanuvchilar uchun zarur va dolzarbdir.
Достарыңызбен бөлісу: |