Международный научный журнал №7(100), часть «Научный Фокус» ноября, 2023 Международный современный научно-практический журнал Научный Фокус



Pdf көрінісі
бет116/121
Дата28.03.2024
өлшемі4.01 Mb.
#496783
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   121
Журнал «Научный Фокус» №7 часть 2

ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР РЎЙХАТИ: 
1.Абдукаримов Д,Т. Донли экинлар селексияси ва уруғчилиги Тошкент -
2010й 
2.Узақов Й.Ф., Қурбанов Ғ.Қ. Уруғчилик ва уруғшунослик. Ташкент-1992 й 
3.Тиловов Ў.Х., Жуманова Б. Кузги буғдой навлари бошоқларида 
донларнинг жойлашувини унувчанлик, минг дона дон вазни, колеоптилия 
ва 
илдиз узунлигига боғлиқлиги. “Хоразм Маьмун академияси ахборотномаси” 
илмий журнали 142-143 бетлар 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
292 
AGROKLASTERLAR SOTISH JARAYONLARIDA SEGMENTAR 
HISOBOTLARNING AHAMIYATI 
Eshmuradov Ulug‘bek Tashmuratovich 
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va
biotexnologiyalar universiteti katta o‘qituvchi 
Annotasiya: Mazkur maqolada agroklasterlar boshqaruvida segmentar hisob va 
hisobotini tashkil etish muammolari atroflicha o‘rganilgan. Unda agroklasterlarda ichki 
xo‘jalik hisobining turlari va ular o‘rtasidagi aloqadorlik turkumlangan, 
agroklasterlarning segmentlari bo‘yicha tegishli xulosa va takliflar berilgan. 
Kalit so‘zlar: agroklasterlar, segment, biznes segmenti, iqtisodiy segment, 
geografik segment, segmentar hisob, segmentar hisobot 
Abstract: The article examines the problems of segmental accounting and 
reporting in the agricultural clusters. It classifies the types of on-farm accounting and 
establishes their relationship on agricultural clusters. The corresponding conclusions and 
recommendations in the segments of the agricultural clusters. 
Keu words: agricultural clusters, segment, economical segment, geographical 
segment, segmental accounting, segmental reporting 
Bugungi kunda qishloq xo‘jaligining transformatsiyasi jarayonlarida bir-biriga 
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ichki va tashqi tendensiyalar – dunyoda va mamlakatlarda oziq-
ovqat muammolarining keskinlashuvi sharoitida qishloq xo‘jaligi rivojlanishi strategik 
ahamiyatining ortishi, ushbu tarmoqda to‘plangan tajribalarni jahon xo‘jaligida eri-
shilgan so‘nggi ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan foydalangan holda rivojlantirishni 
talab etadi. 
Respublikamizda buxgalteriya hisobi va hisobotining huquqiy asoslarini yanada 
takomillashtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Qabul qilingan qonun va 
qonun osti me’yoriy hujjatlarni amaliyotga tadbiq etilishi agroklasterlarda 
buxgalteriya hisobi va hisobotini boshqaruv va moliyaviy hisob nuqtai-nazaridan 
tadbiq etish, amaliyotga to‘liq joriy etilishini ta’minlash bilan birga, agroklasterlar 
xususiyatlarini hisobga olgan holda takomillashtirish hozirgi kundagi muammolardan 
hisoblanadi. 
Shu munosabat bilan bugungi kunda mamlakatimiz amaliyotida nisbatan yaqinda 
paydo bo‘lgan, ammo rivojlangan bozor munosabatlariga ega davlatlarda samarali 
shakllantirilgan agroklasterlarda hisob va hisobotni takomillashtirish dolzarb 
hisoblanadi. Olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari agroklasterlarda segmentar 
hisobotni takomillashtirish o‘zining shakllanish jarayonida ekanligi va uning nafaqat 
amaliy jihatlari, balki bir qator nazariy hamda uslubiy masalalari ham o‘zining ijobiy 
yechimini kutayotganligini ko‘rsatmoqda. 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
293 
Boshqaruvning agroklaster tizimini qo‘llash, xususan, agroklasterning tarkibiy 
qismlari hisoblangan ichki xo‘jalik bo‘linmalari o‘rtasida javobgarlik markazlarini 
belgilash, buning uchun esa korxonaning tarkibiy qismlarini iqtisodiy va geografik 
segmentlarga ajratish, har bir segmentning daromadi va xarajatlarini alohida hisob-
kitob qilish, segmentlar faoliyati yuzasidan ichki xo‘jalik hisobotini tuzishni 
korxonaning hisob siyosatiga kiritish talab etilmoqda. 
“Segment” (lot. segmentum) bo‘lak yoki aylananing bir qismi degan ma’noni 
anglatadi. 
Buxgalteriya hisobida “segment” tushunchasi tashkilotlar moliyaviy hisobotlarida 
mavjud faoliyatlarning turli qismlari (segmentlari) haqida ma’lumotni alohida 
ko‘rsatilishi kerakligini anglatadi. Bunday qismlar (segmentlar) turli tovarlarni, ish va 
xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish yoki bitta turdagi boshqa mintaqalarda sotish 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. 
Segmentar hisobot xo‘jalik yurituvchi subyektning ayrim bo‘limlari, faoliyatining 
turlari va ma’sullik markazlari bo‘yicha tuzilgan hisobot hisoblandi. 
O‘zbekistonda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga bosqichma-bosqich 
o‘tish bo‘yicha “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son qarori 
qabul qilingan. Ushbu qaror topshirig‘ini bajarishga tayyorgarlik tadbirlari ancha ilgari 
boshlanib, bunda O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar assotsiasiyasi tomonidan 
2014-yilda “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” davlat tiliga tarjima qilingan. 
Ulardan biri 8-sonli moliyaviy hisobotning xalqaro standarti “Operatsion segmentlar” 
deb nomlanadi. Mazkur standartning 6-bandida operasion segmentlarga taalluqli 
segmentlar sanalgan bo‘lib, ularga daromad keltirmaydigan boshqaruvga taalluqli 
bosh ofis va ayrim bo‘linmalar kiritilmasligi ta’kidlangan. 
Korxonalar boshqaruv hisobiga bugungi kunda “biznes segmenti” deb ataluvchi 
yangi atama kirib keldi. Biznes segmenti - bu korxonaning ma’lum qismini yoki 
nisbatan mustaqil bo‘linmasini muayyan vakolatlar va mas’uliyat berish maqsadida 
ajratishdir.
9
Boshqaruv hisobi korxonaning tashkiliy tuzilmasini hisobga olgan holda, 
javobgarlikning turli markazlari (biznes segmentlari) majmuidan tarkib topadi. 
Segmentar hisobotni javobgarlik markazlari bo‘yicha shakllantirilgan hisobot sifatida 
ta’riflash mumkin. Bozor iqtisodiyoti tarkib topgan mamlakatlarda segmentlar 
bo‘yicha hisobotni shakllantirish tartibi 14-sonli moliyaviy hisobotning xalqaro 
standartlari (MHXS) bilan tartibga solinadi. Bu segmentar hisobot 1993-yildan amal 
kilib kelmokda. Unga ko‘ra, segmentlarning ikkita: xo‘jalik va geografik turlari ajratib 
ko‘rsatiladi. 
Geografik segment ⎯ bu muayyan iqtisodiy muhitdagi tovar va xizmatlar ishlab 
chiqarishda ishtirok etuvchi, tavakkalchilik va foyda ta’siridagi, tavakkalchiliklar va 
9
Xasanov B.A, G‟aniev Z.U., Muxammedova D.A., Boshqaruv hisobi.-T.: Iqtisod-Moliya, 2018.


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
294 
foydadan farq qiluvchi, segmentlarga xos bo‘lgan, boshqa iqtisodiy shart-sharoitlarda 
amal qiluvchi, ajratib chiqariladigan komponentdir. 
Segmentlarni ajratishni taqozo etadigan, farq qiluvchi holatlarni, ya’ni 
ko‘pchilik omillarning mos tushishini quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin (1.1.-
jadval). 
1.1.-jadval 
Xo‘jalik va geografik segmentlarning belgilari bo‘yicha qiyosiy tavsifi
10
Segment hosil qilish uchun 
mezon 
Segmentlar 
Xo‘jalik 
Geografik 
Xo‘jalik 
yoki 
geografik 
segmentlarni hisobot segmenti 
sifatida ajratishni taqozo etadi-
gan omillar: 
sotishlarning 50% dan ortig‘i 
tashqarida sodir bo‘lgan holda; 

jami segmentlarni sotishdan 
olingan tushumlari, segment fao-
liyati 
natijalari 
aktivlarning 
10%idan ortiq yoki unga teng 
bo‘lgan umumiy summasiga ega 
bo‘lganda; 

korxona jami tushumlarini 
75%idan kam bo‘lmagan ulushi 
hisobot segmentlarini tashqi 
faoliyatining birgalikdagi jami 
tushumiga 
to‘g‘ri 
kelganda 
hisobotlar muvofiqlashtiriladi. 
Agarda quyidagi belgilar bo‘yicha 
o‘xshashliklar 
mavjud 
bo‘lsa, 
mahsulot (ish, xizmat) lar ishlab 
chiqaruvchi xo‘jalik bo‘linmalari 
o‘zaro bog‘liq bo‘ladi: 

ularning tavsifla-nishida; 

ishlab chiqarish ja-rayonlari 
tavsifida; 

mijozlar turi va tavsifida; 

segmentning asosiy faoliyati 
natijasida paydo bo‘lgan xarajatlar 
va 
daromadlarni 
taqsimlash 
usullarida; 

muayyan faoliyat turlari uchun 
tartibga soluvchi muhit talablarida 
(soliq, bank va sug‘urta). 
Bir nechta mamlakat-lardagi 
guruh, 
alohida 
mamlakat, 
mamlakat ichidagi mintaqada 
joylashgan segmentlar quyidagi 
belgilarga ko‘ra hisoblanadi: 

o‘xshash iqtisodiy va siyosiy 
shart-sharoitlar; 

amalga 
oshiriladigan 
muomalalarning o‘xshashligi; 

mazkur 
geografik 
hududdagi muomalalar bilan 
bog‘liq 
favqulodda 
risklar 
kutilayotganda; 

valyuta nazoratining alohida 
qoidalari amal qilganda; 

valyuta 
muomalala-ridan 
kutilayotgan 
risklar 
mavjud 
bo‘lganda. 
Agroklasterlar hisob amaliyotida bunday tajribaning mavjud emasligini hisobga 
olgan holda, segmentar hisobot tuzishning ba’zi tamoyillarini ko‘rib chiqish zarur: 

segmentar hisobot aniq manzilli, ishonchli, tushunarli, muhimlik kabi 
xususiyatlarni o‘zida aks ettirishi hamda asosan xarajatlar, daromadlar, mahsulot 
sotish hajmini hisobga olishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim; 

ichki hisobot tezkorlik, ehtiyotkorlik, taqqoslanuvchanlik xususiyatlariga ega 
bo‘lishi hamda menejerning rejalari, psixologiyasi va usulini nazarda tutishi kerak; 

segmentar hisobot ahamiyatli, haqqoniy, xolis taqdim etilgan bo‘lishi, izchil va 
tugallangan bo‘lib, javobgarlik markazi ishini yanada yaxshilashga yo‘naltirilishi lozim; 

segmentar hisobotning shakllari va registrlarini tez-tez o‘zgartirish maqsadga 
muvofiq emas, chunki bu holat ularning samaradorligini pasaytiradi; 

boshqaruvchiga minimal hajmdagi hamda murakkab hisob-kitoblarsiz, 
tizimlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim

hisobotning bosh maqsadi korxona jamoasini jipslashtirish, ularning 
salohiyatlarini investitsiya loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltirishi lozim; 
10
O„sha joyda 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
295 

boshqaruv segmentar hisoboti korxona hisob siyosatiga muvofiq kelishi bilan 
birga moliyaviy hisobning xalqaro standartlari, hisob va hisobotning milliy 
standartlari, davlatimiz tomonidan qabul qilingan meyoriy-huquqiy manbaga ham 
asoslanishi lozim. 
Agroklasterlar amaliyotida segmentlar bo‘yicha daromad va xarajatlarni aniqlash 
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, buxgalteriya hisobining 14-sonli “Segmentlar bo‘yicha 
hisobot” nomli xalqaro standarti (BHXS)ga ko‘ra, segmentar hisobotda birlamchi aks 
ettiriladigan quyidagi holatlar nazarda tutilishi lozim: 

tashqi mijozlardan olinadigan daromadlar; 

boshqa segmentlar bilan bo‘ladigan muomalalardan olinadigan daromadlar; 

aktivlarning balans summasi; 

segmentlarning majburiyatlari; 

asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni sotib olish xarajatlari; 

amortizatsiya xarajatlari; 

daromadlar va xarajatlar, aktivlar va majburiyatlarni taqqoslash. 
Segment 
daromadlari 
korxona 
segmentiga 
yoki 
umumiy 
tushum 
tarkibiga bevosita kiritilishi mumkin (1.2-jadval). 
1.2-jadval 
“Samarqand Kamalak Invest Tekstil” MCHJning moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi 
hisoboti va uning muomala segmentlari
11
, (mln. so‘mda) 
Ko‘rsatkichlar 
Tovarlar ishlab chiqarish segmentlari 
Jami 
Fermer-
lar uchun 
Qayta 
ishlash
korxona-lari 
uchun 
Tekstil
korxona-lari 
uchun 
Boshqa
tashki-
lotlar 
uchun 






1. Sotishdan olingan tushum 
260 
1320 
390,8 
500,8 
2471,6 
2. Chegirmalar “-” 
ustamalar “+” 
+100,6 
-380,6 
+340 
+160,8 
+220,8 
3. Sotish-netto 
360,6 
930,4 
730,8 
660,4 
2682,2 
4. Segmentlarning xarajatlari 
170 
120,6 
290,2 
180,8 
761,6 
5. 
Segmentlarning 
moliyaviy 
natijalari 
490,4 
240 
640,2 
550 
1920,6 
6. 
Taqsimlanmagan 
xarajatlar 
(ma’muriy) 
150,4 
70,5 
190,9 
170,2 
582 
7. Korxonaning moliyaviy natijasi 
340 
160,5 
440,3 
370,8 
1311,6 
Yuqoridagi 1.2-jadval alohida segmentlar daromadlarini agrokalsterlar 
moliyaviy natijasidagi ulushini ifodalaydi va ularni tarkibiy jihatdan tahlil qilish 
imkonini beradi. 
Segment daromadlariga quyidagi ko‘rsatkichlar tegishli emas: 

moliyaviy qo‘yilmalarni sotishdan olingan foizlar, dividendlar va daromadlar 
(bunday daromadlar segmentning asosiy faoliyati bo‘lgan hollar bundan mustasno); 
11
“Samarqand Kamalak Invest Tekstil” MCHJning 2021-yil moliyaviy hisobot ma‟lumotlari asosida muallif hisob -
kitobi


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
296 

favqulodda daromadlar (fors-major majburiyatlar). 
Xulosa qilganimizda, agrokalsterlarda xalqaro amaliyotda tan olingan segmentar 
hisob yuritish va hisobot tuzish tamoyillari va standartlariga o‘tish tadbirlarini 
jadallashtirish maqsadga muvofiqdir. Agrokalsterlarning faoliyat turlari va sohalarini 
segmentlarga ajratish subyekt rahbariyatining boshqaruv siyosati asosida amalga 
oshiriladi. Shu sababli, segmentlar bo‘yicha ochib berilgan moliyaviy axborotlar 
oshkoralik nuqtai nazaridan olganda shaffof bo‘lmay, tijorat siri hisoblanadi. 
Shuningdek, segmentar hisobot axborotlaridan turli korxonalar faoliyatini bir-biri 
bilan taqqoslash uchun foydalanish mumkin emas. Yuqoridagi holatlarni inobatga 
olmaganda, operatsion segmentlar to‘g‘risidagi axborotlar investorlar va boshqa 
foydalanuvchilar uchun zarur va dolzarbdir. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   121




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет