REFERENCES:
1.
Klaus Dodds and James D. Sidaway. The Geographical Journal. Vol. 170, No. 4,
Halford Mackinder and the 'Geographical Pivot of History' (Dec., 2004), pp. 292-297 (6
pages).
2.
https://www.thoughtco.com/what-is-mackinders-heartland-theory-
4068393.
3.
http://licchavilyceum.com
4.
https://www.upsc.gov.in
5.
https://americangeopoliticalsociety.com/rimland
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
80
PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMIDA KELAJAK AVLOD
TARBIYASINING AHAMIYATI
Ergasheva Dilbar Nomozovna
Yakkabog' 1-kasb-hunar maktabi o’qituvchisi
Annotasiya: Professional ta’lim tizimida kelajak avlod tarbiyasining ahamiyati
xaqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar: Professional ta’lim tizim, kelajak avlod tarbiyasi
Mustaqil O'zbekistonning kelajagi bo'lmish yosh avlodni tarbiyalash ularning
qalbiga mexr muxabbat, halollik va hayotiy bilim berish har birimizning burchimiz
bo'lib bu yuksak ishonchni oqlash biz pedagoglardan ulkan ma'suliyat, qat'iyat va
ishonch xislarini talab qiladi. Huquqiy demokratik jamiyat qurish yo'lidan borar
ekanmiz, o'sib kelayotgan yosh avlod va bo'lajak mutahassislarning barkamol bo'lib
voyaga yetishlariga alohida e'tibor qaratishimiz lozim.
rofessional ta'lim tizimi, kelajak avlodning rivojlanish va o'zini rivojlantirish
uchun juda muhim ahamiyatga ega. Kelajak avlodning ma'lumot texnologiyalari,
moliyaviy xizmatlar, bank xizmatlari va boshqa sohalarda rivojlanishiga yordam berish
uchun, ularni tayyorlashga katta e'tibor qaratilishi kerak.
Professional ta'lim tizimi, soha mutaxassislarini tayyorlash va ularga yangi
texnologiyalardan foydalanish, innovatsion yondashuvlar o'rnatish va moliyaviy
operatsiyalarni samaraliroq bajarish bilan bog'liq bilimlarni o'rgatishda katta rol
o'ynaydi. Bu tizim orqali talabalarga soha bo'yicha tajribalar olish, amaliyot bilan
shug'ullanish imkoniyatini beradi va ularni kasbga yondashadi.
Kelajak avlodning rivojlanishi uchun professional ta'lim tizimi hamkorlikda
tuzilgan ilmiy tadqiqotlar, innovatsion loyihalar va moliyaviy sohalarda yangiliklar
o'rnatish imkoniyatlarini yaratadi. Bu tizim orqali talabalar kelajakda moliyaviy
sohalarda rivojlanishga tayyorlanadi va mamlakatlararo hamkorlikni rivojlantirish
uchun muhim vazifalarni o'zlariga oladilar.
Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy
jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo'lib kelgan. Tabiiyki, hozirgi ta'lim
islohotlari sharoitida ham barkamol shaxs tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etib, bu
tarbiya avvalambor oiladan, undan keyin esa maktabgacha ta'lim tashkilotidan va
umumiy o'rta ta'lim beruvchi maktablarimizdan boshlanadi. Kelajakni qurish
bugundan boshlanishi hech kimga sir bo'lmaganidek, barkamol shaxsni kamol
toptirish uning yoshligidan boshlanadi. Biz ta'lim-tarbiyaga xozirdanoq e'tibor
qaratmasak, o'zmizning porloq kelajagimizni qura olmaymiz. Zero, shu o'rinda taniqli
marifatparvar Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-
yo halokat, yo saodat- yo falokat masalasidir" degan so'zlari naqadar chuqur ma'noga
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
81
ega ekanligini anglashimiz mumkim. Bu muxim vazifani bajarishda maktabgacha talim
tashkilotlarining o'rni beqiyosdir.
Ta’lim-tarbiya jarayonlarida o‘quvchilarning boshlang‘ich tushunchalari asosida
ularning faolligini ta’minlash, o‘rganilayotgan tushunchalarga nisbatan sub’yektlarning
qiziqishini shakllantirish va rivojlantirishda refleksiv yondashuv muhim ahamiyatga
ega.
Chunki refleksiv yondashuv jarayonida o‘quvchilarni tahliliy faoliyatga undash va
ularda refleksiyani rivojlantirish uchun qulay vaziyatlar vujudga keladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonlarida refleksiv ta’limiy muhitni vujudga keltirish
o‘quvchilarning shaxsiy tushunchalarini rivojlantirish, o‘rganilayotgan mavzuga, uning
ahamiyati, mazmunmohiyatiga qiziqish shakllantirish asosida ularning faolligini
ta’minlashga xizmat qiladi.
Hozirgi sharoitda pedagoglarimizga keng imkoniyatlar yaritib berilgan.
Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishida tayanch vazifani tarbiyachining
qo'yilgan talablarga qanchalik muvofiq ekanligi belgilab beradi. Maktabgacha talim
tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog tarbiyachilar, eng avvalo,bolaning
kelajagi, taqdiri uchun yuksak mas'uliyatni to'la anglab yetishi zarur. Fakatgina
maktabgacha yoshdagi bola rivojining muhim kadriyat ekanligini tushunishgina emas,
balki bola rivojlanishi qonuniyatlariga doir bilimlarni ham egallash juda muhimdir.
Ana shunday qonuniyatlardan biri bolaning jismoniy va psixik rivojining uni o'rab
turgan atrof-muhit bilan bog'liqligidir.
Bolaning jismoniy va psixologik salomatligini mustahkamlash haqida g'amxo'rlik
qilish maktabgacha yoshdagi bolada tarbiyani oqilona tashkil etishning garovi bo'lib
hisoblanadi, chunki mazkur yosh davri rivoji bolaning ijtimoiy holati, kayfiyati,
emotsional ko'rinishlarga bevosita bog'likdir. Ana shu sababli tarbiyachi bolani o'rab
turgan atrof-muhitga e'tiborli bo'lishi, bola hayoti va salomatligiga xavf soluvchi eng
oddiy holatlarning ham oldini olishi lozim. Ya'ni, tarbiyachi maktabgacha ta'lim
tashkiloti maydonchasi, o'yinchoklar, mebel jihozlarining bola yosh davriga mos kelish
holatini muntazam nazorat qilib borishi, havo va suv temperaturasini o'lchashi,
bolalarni tayyorlash uchun mashg'ulotlar vaqtini oldindan aniqlashi, mashg'ulotlarni
olib borish jarayonida zamonaviy pedagogik tehnologiyalardan foydalanishi lozim.
Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, tarbiyachining e'tiborsizligi,befarqligi uning kasbiy
layoqatsizligining muhim belgisidir.
Tarbiyachining pedagogik faoliyatning ijodiy tavsifga egaligi tarbiyachidan ilg'or
ish tajribalarini o'rganish, innovatsiyalarni o'zlashtirish va amaliyotga tatbiq etishni
talab etadi. Innovatsiyalarning jadal kirib kelishi tarbiyachilarni ilmiy-tadqiqot
ishlarida ishtirok etishga jalb etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Tarbiyachilarning
bunday tadqiqot ishlariga jalb etilish keyinchalik erishilgan natijalardan o'z faoliyatida
muvaffaqiyatli foydalanishga imkon beradi. Yosh avlodni kamol toptirish, unga to'g'ri
yo'lanish berish umuman olganda bolaga chuqur bilim berish uchun avvalambor
tarbiyachining o'zi chuqur bilimga ega bo'lishi zarurdir.
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
82
Bolaning psixologiyasini anglash uning nimalarga qiziqishini yaxshi anglagan
xolda yo'naltirishni to'g'ri tanlash zarurdir. Chunki bola xar bir hatti-harakatimizga
e'tibor berib boradi. Talim jarayonini foydali va qiziqarli olib borishimiz zarurdir.
Oddiygina bir misol, to'g'ri ta lim-tarbiya olgan bola kelajakda o'sib ulg'ayib o'z
kasbining egasiga aylanadi. Shu kasbi orqali hayotda
o'z o'rnini topadi, o'z tengdoshlari, maxalla ko'ni ko'shni oldida o'z obro'-
e'tiboriga ega bo'ladi, vatani uchun kerakli inson bo'lib yetishadi. Zero shaxs oilaning
bir bo'lagi, oila esa jamiyatning asosiy bo'g'ini hisoblanadi.
Har bir ota-ona o'z farzandini bilimdon, yuksak mahoratli, odobli pedagog-
tarbiyachi qo'lida ta'lim-tarbiya olishni hoxlaydi. Tarbiyachilarimizni yuksak
mahoratli, bilimli bo'lishlari uchun Davlatimiz katta e'tibor qaratmokda. Ko'plab bilim
yurtlarida bir kator yangi yo'nalishlar ochilib, maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat
yuritadigan mahoratli pedagog kadrlarni tayyorlash va pedagog tarbiyachilarimizning
malakalarini oshirishlari uchun keng imkoniyatlar yaritib berilmoqda. Bunday
murakkab vazifalarni bajarish uchun bir qator dasturlar ishlab chiqilmoqda, qonunlar
qabul qilinmoqda.
Misol uchun "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunda
e'tirof etilgan g'oyalarga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimidagi, jahon
miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar
madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda
mo'ljalni to'g'ri ola bilish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbolli vazifalarni ilgari surish va
hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilgandir.
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning maqsadi - ta'lim sohasini tubdan isloh
qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to'la xalos etish,
rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axlokiy talablarga
javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan
iboratdir. Maktabgacha ta'lim tizimiga oid yana bir qonun qabul qilindi. Bu qonun
"Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonunidir. Bu qonun orqali maktabgacha
ta'lim tizimida ta'lim va tarbiya berish, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy, etik,
estetik hamda jismoniy jixatdan rivojlantirishga, shuningdek, bolalarni umumiy o'rta
ta'limga tayyorlashga qaratilgan yo'nalishlar belgilab berildi.sohaga oid qonun bilan
mamlakatimizda yashovchi har bir bolaning maktabgacha ta'lim-tarbiya olish
huquqiga ega bo'lgani, eng muhim jixat, davlat har bir bolaning umumiy o'rta ta'lim
tashkilotiga o'qishga kirishidan bir yil oldin davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida
umumiy o'rta ta'limga majburiy bir yillik qayta tayyorgarlikdan o'tishga bo'lgan
huquqini kafolatlashi belgilab qo'yilgani katta yangiliklardan biri bo'ldi. Eng muximi
mazkur qonun orqali maktabgacha ta'lim va tarbiya sohasi tartibga solinmoqda.
Maktabgacha ta'lim tizimida bunday yondashuvlar albatta o'z samarasini beradi.
Buning natijalarini xozirgi kunda ko'rib turibmiz. Mustaqil O'zbekistonimiz kundan
kunga rivojlanmoqda, chiroy ochib bormoqda, yoshlarimish jaxon maydonlarida xar
qanday yo'nalishda dunyo mamlakatlarini lol qoldirib yurtimiz bayrog'ini balandlarga
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
83
ko'tarmoqda. Bunday yuksak marralarni egallashlarida albatta ustoz va
murabbiylarimiz, pedagog tarbiyachilarimizning xissalari juda kattadir. Zero ertangi
kun bugundan boshlanadi.
Shuningdek, professional ta'lim tizimi orqali talabalar sifatli bilim va ko'nikmalar
olishadi, ularning kasbiy rivojlanishiga yordam beradi va moliyaviy sohalarda
yangiliklar o'rnatishga imkoniyat yaratadi. Bu esa kelajak avlodning rivojlanishi va
moliyaviy sohalarda innovatsion yondashuvlarni o'rnatishiga ko'maklashadi.
Jamiyatlar kelajak avlod tarbiyasiga katta e'tibor berishlari, o'z mamlakatlari va
dunyoni rivojlantirish uchun zarurdir. Bu tarbiya tizimi, kelajak avlodni dunyodagi
o'zgarishlar va talablar bilan bog'liqligi haqida tushuncha beradi va ularni bu
o'zgarishlara tayyorlaydi.
Достарыңызбен бөлісу: |