Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
115
KASB-HUNAR TA'LIM TIZIMIDA FIZIKA FANINI O'QITISHDA SIFAT
SAMARADORLIGIGA ERISHISH
Tojiboyeva Mohira Isoqjon qizi
Namangan viloyati oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi
Kosonsoy tuman 1-son kasb-hunar maktabi fizika fani o'qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada fizika fani hamda uning kasb-hunar maktablarida
o’qitilishi haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar: O’quvchi, qobilyat, tizim, soha, gipoteza, tajriba o’tkazish, fizika,
ta’lim, dars.
O’sib kelayotgan o’g’il-qizlarimizning har tomonlama barkamol avlod bo’lib,
hayotga kirib kelishlarini ta’minlash jamiyat oldidagi eng ulug’ maqsadlardandir.
Bugungi tezkor davr o’quvchilardan mukammal bilim olishni talab etmoqda. Zero,
yoshlarimizning kelajakda erishadigan muvaffaqiyati mustaqil bilim olish layoqati, o’z-
o’zini rivojlantirish va takomillashtirish qobiliyatiga ega bo’lishi bilan belgilanadi.
Bolalarga bunday munosabat ta’limga oid davlat siyosatida, uning hayotga joriy
bo’layotgan tamoyillarida to’la namoyon bo’lmoqda.
Bugungi kunda har bir soha va tizim faoliyatini innovatsion g'oyalar va
texnologiyalar asosida olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan mavzuga
kirishishdan oldin «innovatsiya» so'zining ma'nosiga biroz to'xtalishni lozim topdik.
Innovatsiya tushunchasi (lotincha novus yangi) tadqiqotlarda
va ilmiy ishlarda XIX
asrlarda qo'llanila boshlagan. Avval u alohida elementlarni bir sohadan boshqa sohaga
kiritishni ifodalagan. Texnikaviy yangiliklar kiritish qonuniyatlarini o'rganib firmalar
foyda olish uchun «innovatsion siyosatni» butun bir tizim sifatida o'zlashtirishdi.
Mazkur faoliyat jamiyat hayotining ixtiyoriy bo'g'inini yangilash bo'yicha
umumiy
belgilarga, qonuniyatlar, yangilik kiritish mexanizmiga ega. Sivilizatsiyalashgan
dunyoning aksariyat mamlakatlarida ham zamonaviy ta'lim holati nafaqat pedagogik
tadqiqot usullaridan, balki qo'shni ijtimoiy va tabiiy
fanlar usullaridan ham keng
foydalanadigan eksperimental pedagogikaga tayanishi bilan ajralib turadi. Zamonaviy
pedagogik nazariya va amaliyotda talabalarning shaxsiy faoliyatini rivojlantirish
muammosi ayniqsa dolzarbdir . Hozirgi kunda ko'plab o'qituvchilarning e'tiborini
o'quv jarayoni eng muvaffaqiyatli bo'lgan sharoitlarni
tashkil etish masalalari,
shuningdek talabalarning o'qishga bo'lgan doimiy ijobiy motivatsiyasini shakllantirish,
shaxsiy o'sishi uchun sharoit yaratish va o'quvchilarning bilim qiziqishlarini
rivojlantirish bilan bog'liq masalalar jalb qilmoqda. Hozirgi kunda ko'plab
o'qituvchilarning e'tiborini o'quv jarayoni eng muvaffaqiyatli bo'lgan sharoitlarni
tashkil etish masalalari jalb qilmoqda, bizning ishimiz bunga bag'ishlangan.
Bugungi kunda har bir soha va tizim faoliyatini innovatsion g'oyalar va
texnologiyalar asosida olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan mavzuga
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
116
kirishishdan oldin «innovatsiya» so'zining ma'nosiga biroz to'xtalishni lozim topdik.
Innovatsiya tushunchasi (lotincha novus yangi) tadqiqotlarda va ilmiy ishlarda XIX
asrlarda qo'llanila boshlagan. Avval u alohida elementlarni bir sohadan boshqa sohaga
kiritishni ifodalagan. Texnikaviy yangiliklar kiritish qonuniyatlarini o'rganib firmalar
foyda olish uchun «innovatsion siyosatni» butun bir tizim sifatida o'zlashtirishdi.
Mazkur faoliyat jamiyat hayotining ixtiyoriy bo'g'inini yangilash bo'yicha umumiy
belgilarga, qonuniyatlar, yangilik kiritish mexanizmiga ega. Sivilizatsiyalashgan
dunyoning aksariyat mamlakatlarida ham zamonaviy ta'lim holati nafaqat pedagogik
tadqiqot usullaridan, balki qo'shni ijtimoiy va tabiiy fanlar usullaridan ham keng
foydalanadigan eksperimental pedagogikaga tayanishi bilan ajralib turadi. Zamonaviy
pedagogik nazariya va amaliyotda talabalarning shaxsiy faoliyatini rivojlantirish
muammosi ayniqsa dolzarbdir . Hozirgi kunda ko'plab o'qituvchilarning e'tiborini
o'quv jarayoni eng muvaffaqiyatli bo'lgan sharoitlarni tashkil etish masalalari,
shuningdek talabalarning o'qishga bo'lgan doimiy ijobiy motivatsiyasini shakllantirish,
shaxsiy o'sishi uchun sharoit yaratish va o'quvchilarning bilim qiziqishlarini
rivojlantirish bilan bog'liq masalalar jalb qilmoqda. Hozirgi kunda ko'plab
o'qituvchilarning e'tiborini o'quv jarayoni eng muvaffaqiyatli bo'lgan sharoitlarni
tashkil etish masalalari jalb qilmoqda, bizning ishimiz bunga bag'ishlangan.
Fizika fani o’quvchilar qalbiga oson kirib borishi, ularning xotirasidan
mustahkam o’rin olishida jonli misollar, hayotiy taqqoslar muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayni tajribadan har bir fan misolida samarali foydalanish mumkin. Fizikaning tabiat
sirlarini ochishdagi fundamental ahamiyatini va uning qonunlarining hozirgi zamon
texnologiyasining asosini tashkil qilganligi hamda fizika sohasidagi bilimlar kelajakda
jamiyat taraqqiyoti uchun benihoya katta ahamiyatga ega. Fizika o’quv predmeti
sifatida shakllantirish uchun yetarli darajada imkoniyatlarga ega. Bu o’quv
predmetining barcha texnik qurilmalarning asosi sifatida namoyon bo’lishi, egallagan
bilimlarining hayotda hayotda qo’llash imkoniyatlarning ko’pligi bilan belgilanadi. Shu
bilan birga, fizikani o’rganish jarayonida o’quvchi bilishning barcha bosqichlari
(kuzatish, gipoteza, tajriba o’tkazish, mushohada qilish va natijalarni
umumlashtirish)da o’tkaziladi.
Fizika nafaqat fundamental, balki tajribali fan bo'lgani tufayli fizika o'qituvchisi
ham mazkur sohalar yuzasidan iloji boricha keng qamrovli nazariy va amaliy
ko'nikmalarga ega bo'lishi lozim. Demak, o'z-o'zidan ma'lumki, har qanday fizika
o'qituvchisidan fizikaning zamonaviy yutiq va kashfiyotlaridan chuqur hamda
mustahkam bilimga ega bo'lishi talab etiladi va ushbu jihat zaruriy shartlardan biri
hisoblanadi. Ma'lumki jamiyat doim taraqqiyotda bo'lib, uning ko'p qirrali jihatlaridan
biri bo'lgan fan-texnika ham uzluksiz taraqqiy etib boradi. Bu degani, ta'limot
uchun
zarur hisoblangan ilmiy bilim hamda o'quv, bilishga doir ma'lumotlar hajmi ham
tinimsiz holda ko'payib boradi. Belgilangan vaqt moboynida jadal suratlar bilan o'sib
borayotgan ma'lumotlarni ta'lim jarayonida muvofiqlashgan holda mutanosib aks
ettirish uslubiy muammo hisoblanib, uni amalda joriy etilishi uchun fizika
Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
117
o'qituvchisidan samarali uslubiy mahoratga ega bo'lish darajasini taqozo etadi.
Yuqorida takidlaganimizdek, bakalavr darajasini olgan fizika o'qituvchisining mehnat
faoliyati keng qamrovlidir.Yuqorida ta'kidlab o'tilgan yana bir jihatga qaytamiz. U ham
bo'lsa, o'quv bilish uchun zarur hisoblangan ma'lumotlar hajmi ortishi bilan yuzaga
kelgan uslubiy muammoni muvaffaqiyatli (ijobiy) hal etilishi fizikadan mustaqil
ta'limning jarayonini ilmiy asosda tashkil etilishi bilan bog'liq. Ushbu jihat ta'limning
uzluksiz xarakterda bo'lishini yana bir bor tasdiqlaydi. Fizika o'qitish uslubiyotining
samarali bo'lishi nuqtayi nazaridan qaraydigan bo'lsak fizikani o'quvchiga qayta
o'rgatish emas, balki o'rgatishni uzil - kesil nihoyasiga to'liq yetkazmaslikni, kelajakda
uni yana davom etdirishni afzal ko'radi. Demak, fizika o'qituvchisining
uslubiy
tayyorgarligi va o'qitish uslubiyotining samaradorligida ushbu jihat ustuvor
hisoblanadi. Globallashgan sharoitda o'rganiladigan o'quv uslubiy fanlarning o'zaro
aloqadorligi (hamkorligi) o'ta zarur hisoblanadi. Bugungi kunda ayni bir fan doirasida
istalgan bir voqea yoki hodisani to'laqonli tushuntirib berish imkoniyati ko'p hollarda
o'z kuchini yo'qotmoqda. Shu bois integrativ yondashuv zamonaviy ta'lim tizimida
muhim rol o'ynamoqda.
Достарыңызбен бөлісу: