Фойдаланилган адабиѐтлар:
1. Қодиров М. Ўзбек театр анъаналари. – Т.:Ғ.Ғулом нашриѐти, 1976.
2. Қодиров М. Томоша санъати ўтмишдан лавҳалар. – Т.:Фан, 1993.
3. Қодиров М. Томоша санъатлари ўтмишда ва бугун. – Т.:Мумтоз сўз, 2011.
O'ZBEK DRAMATURGIYASIDA ZAMONDOSH OBRAZLAR TALQINI
Qodirjonova Navro'za Ashirmurodovna –
O„zDSMI 1- kurs magistranti.
Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi zamonaviy o„zbek dramaturgiyasi
faoliyati va undagi asarlardagi obrazlar talqini xususida fikr-mulohazalar bayon
qilingan. Shuningdek, sohada mavjud bo„lgan kamchiliklar va yutuqlar to„g„risida
batafsil tahliliy asoslarga ega misollar bilan jarayonlar keng yoritib berilgan.
Kalit so„z: milliy tafakkur, estetik qarash, dramaturgiya, obraz talqini,
zamonaviy qarash
Аннотация: В данной статье изложены размышления о деятельности
современной узбекской драматургии и интерпретации образов в ее
произведениях. Также подробно освещаются процессы с примерами с
подробным аналитическим обоснованием недостатков и достижений в этой
области.
Ключевое слово: национальная мысль, эстетическое видение,
драматургия, интерпретация образа, современный взгляд
Annotation: in this article, comments are made on the activity of modern
Uzbek dramaturgy and the interpretation of images in the works. Also, the
198
processes are widely covered with examples with detailed analytical framework on
the shortcomings and achievements that exist in the field.
Key word: national mentality, aesthetic look, dramaturgy, image
interpretation, modern look.
O'zbek milliy tafakkuri estetik qarashlari tizimida sodir bo'lgan yangilanishlar
bugungi dramaturgiya taraqqiyotiga ham jiddiy ta'sir ko'rsatdi. O. Yoqubovning
"Bir koshona sirlari", Usmon Azimning "Bir qadam yo'l", Erkin Samandarning
"Arabmuhammad Bahodirxon", Ilhom Hasanning "Bir kam dunyo", Abdulla
A'zamning "Dugohi Husayniy", "Jek London hikoyasidan so'ng" kabi asarlari
hozirgi o'zbek dramaturgiyasida erishilgan yutuqlardan biri hiosblanadi.
Binobarin, shu o„rinda U.Azimning "Bir qadam yo'l" dramasida inson
ko'ngli mayllariga e'tiborsizlik, vaqtida odamni qadrlamaslik singari illatlar bir umr
mehnat qilib, halol yashagan keksa kishining murakkab taqdiri misolida aks
ettirilgan. Samarqandni ko'rish, uni ziyorat etishni umr bo'yi orzu qilib yashagan,
ammo vaqtida qo'lining kaltaligi, keyinchalik turmush tashvishlari bilan ovoraligi,
undan so'ng farzandlarining e'tiborsizligi sabab yonginasidagi shaharni ko'rmay
o'tib ketgan qariya va uning o'g'illari ruhiyati asarda katta mahorat bilan
ko'rsatilgan.
Ayni vaqtda istiqlol dramaturgiyasida shakliy izlanishlar, ijodiy
tajribalar bir zum ham to'xtagan emas. Dramaturglar sanog'iga yetib bo'lmas
hayotiy holatlar shu holatlarda harakat qiladigan qahramonlar tabiatida ham jiddiy
evrilishlar yasashi mumkinligini nozik his etgan holda drama-versiya, drama-
vaziyat singari yangi ifoda shakllarini o'ylab topganlarki, bu hol asarlarning
muvaffaqiyatli chiqishini ta'minlagan. [1;65]
Hozirgi kunda esa milliy dramaturgiyaning tilga olishga loyiq badiiy
yutuqlar qo'lga kiritilishi og'ir kechayotgan soha bo'lib qolayotganligini ta'kidlash
kerak. Mustaqillik davri dramaturgiyasi bozor iqtisodi talablariga eng ko'p berilgan
adabiy tur bo'ldi. Bu hol sahna asarlarining sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatmay
qolmadi, albatta. Ma'lumki, milliy adabiyotimiz uchun haq gapni aytish badiiy
ijodning oddiy talabiga aylanib qoldi. Bugun adabiyot zarur gapni, dolzarb
muammoni odamning taqdiriga bog'lab, ta'sirli yo'sinda ifodalash kerakligiga
199
odatlanib bormoqda. Milliy dramaturgiyada esa hanuzgacha zarur gapni yalang'och
yo'sinda, keskin tarzda aytish fazilat sanab kelinmoqda.
Bugungi kun dramaturgiyasi haqida gap ketar ekan, teatr sanʼatining asosi
boʻlgan ushbu adabiy janrning rivojiga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlash
joiz. Yoshlarni toʻgʻri yoʻlga boshlashda pand-nasihat bilan kifoyalanib boʻlmaydi.
Ezgulikni, yurtparvarlikni, insoniy fazilatlarni kamol toptirishga xizmat qiladigan
amaliy ishlar qilish kerak. Ana shunday amaliy tarbiya omillaridan biri teatrdir.
Teatr davr bilan hamnafas yashayotgan, hayot sinovlarida toblangan fidoyi
insonlar haqida hikoya qiluvchi asarlarni sahnaga olib chiqishi zarur.
Farzandlarimizning maʼnaviy dunyosini mustahkamlaydigan, kelajakka ishonchini
oshiradigan, oriyatini kuchaytiradigan zamonaviy qahramonlar obrazini yaratish
kerak.
Shu bois, madaniy hayotimizning har bir sohasida zamon qahramoni
obrazini yaratish borasida oʻziga xos izlanishlar koʻzga tashlanmoqda. Xususan,
har ikki yilda anʼanaviy ravishda oʻtkazib kelinayotgan “Seni kuylaymiz,
zamondosh!” respublika festivali dramaturgiyamizda maʼlum bir siljishlarga sabab
boʻlganligini misol tariqasida keltirib o„tishimiz mumkin. Festivalga tayyorgarlik
jarayonida dramaturglarimiz tomonidan zamonamiz qahramoni obrazlarini aks
ettirgan qator yangi pyesalar ham yaratildi. Xususan, atrofimizda kechayotgan
bunyodkorlik ishlarini tasvirga olgan “Ezgulik yoʻlida” (Sh.Rizayev) asari,
hayotini tibbiyotga bagʻishlagan, fidoyi meditsina xodimlari haqidagi “Oq xalatli
farishtalar” (F.Bobojonova) dramasi, yangi paxta navini ixtiro etib, uni
yetishtiradigan yoshlar hayotini aks ettirgan “Bahor shamoli” (N.Abbosxon),
zavod ishchilari hayoti haqidagi “Boshqacha odamlar” (O.Xakimov, S.Odilov),
toʻrtinchi hokimiyat vakillari sanalgan jurnalistlarga bagʻishlangan “Oqqush”
(M.Komiljonov), katta hayotning ogʻir qiyinchiliklarini oʻzining buyuk bardoshi
bilan yenggan ayol haqidagi “Jannati ayol” (O.Madatova), chegara hududlaridagi
militsiya xodimlarining faoliyati haqidagi “Shijoat” (X.Xursandov), sabr,
chidamlilik, metin iroda, har qanday sharoitda jufti haloliga sadoqatni tarannum
etuvchi “Quyoshni sen uygʻotasan” (Q.Norqobil) kabi dramalar shular
jumlasidandir.[2;87]
200
Muhim ijtimoiy muammolarni koʻtarib chiqayotgan asarlarning paydo
boʻlayotgani dramaturgiya davr bilan hamnafas qadam tashlayotganini koʻrsatadi.
Zamonaviy qahramonni yaratish yoʻlida dadil qadamlar tashlanmoqda.
Shuningdek, soʻnggi yillarda davrning global muammolari – odam savdosi,
giyohvandlik, terrorizm haqida koʻplab asarlar yaratilmoqda. Shu maʼnoda,
Rixsivoy Muhammadjonov qalamiga mansub “Oydin” (Milliy akademik drama
teatri) asari bugungi kunda oʻzbekning bolasini ham oʻz komiga tortayotgan
muammo – odam savdosi va uning ayanchli oqibatlari xususida. “Oydin”
dramasidagi qahramon tushib qolgan vaziyat oddiy emas. Voqealar rivojida odam
savdosi qurboni boʻlgan qizlar bilan bogʻliq tafsilotlar asosida intervyu tayyorlash
jarayonida qahramonning jabrdiyda qizlarning koʻrgiliklari uchun asosiy
aybdorlardan biri oʻzi bir yostiqqa bosh qoʻygan turmush oʻrtogʻi ekanligini bilib
qolishi va ushbu jarayonda qalbida kechgan ruhiy jarayonlar oʻziga xos sahnaviy
vositalarda ochilgan.
Bu kabi ruhiy kechinmalar asosida asarlarning yaratilishi va paydo bo„lishi
har bir tomoshabin qalibida o„ziga xos his-tuyg„u va xarakterni keltirib chiqarsa
ajabmas. Bu borada esa aslida drama nima? Dramatik asarlarda zamonaviy
qahramon obrazi qanday paydo bo„ladi degan savollar o„rtaga qo„yilmog„i lozim.
Drama adabiy asar sifatida aktyor, rejissor tomonidan sahnada oʻz talqinini
topadi. Drama tufayli teatr sanʼati yuzaga kelgan va u kino sanʼati uchun ham asos
boʻlgan.Buyuk ingliz dramaturgi V.Shekspir ''Dunyo bu – teatr odamlar esa
aktyorlardir'' degan edi. Dramani Shekspir uchta birlik qonuninga bo'ysunishi
kerak deb hisoblagan. 1.Makon birligi. 2.Zamon. 3.O'rin birligi. Ana shu talab
bajarilgandagina yaxshi asar yaratish mumkin.[3;54]
Dramatik asarlarda zamonaviy qahramon obraz yaratishda Komil Yashin
xarakterlarni harakatda ochish san‟atida dramaturgiyamizda o„ziga xos adabiy
maktab yaratgan ijodkorlardan biri hisoblanadi. Bu maktab san‟atkorlarning
qanchadan-qancha shogirdlarini tarbiyalab voyaga yetkazdi, yetkazyapti,
qanchadan-qancha shogirdlarni ijodiy cho‟qqilarga ruhlantirdi, ruhlantirayapti.
Ayni chog„da, dramaturgiyamiz bayroqdorining qalamkash safdoshlariga ta‟siri,
201
safdoshlarning unga ta‟siri bir-biriga ustoz, bir-biriga shogirdlari ham o„z an‟ana
samaralariga ega. Dramaturgiyamizning dramatizm va kollegiyalarga boy pyesalar,
ayniqsa, “Gulsara”, “Nurxon”, musiqali dramalari shogirdlari bilan bir
safdoshlarga ham ibratli namunalardir. Xarakterlarni harakatda ochish san‟atida
mazkur asarlarni mavjud xislat-traditsiyalarini muallif bilan bir safdoshlari ham
davom ettiradi, ular yangi-yangi navatorona xususiyatlar bilan boyitadi. Shu
jihatdan ayniqsa, Uyg‟un va Izzat Sultonning “Alisher Navoiy” (1944) pyesasi
alohida e‟tiborlidir. Har bir davr adabiy jarayonining o„z shoh asari, o„z durdonasi
bo„ladi. Dramaturgiyamizning yigirmanchi va o„ttizinchi yillari “Boy ila
xizmatchi”, “Maysaraning ishi”, “Paranji sirlari”, “Gulsara”, “Nurxon” larsiz
tasavvur qilishimiz qiyin. Qirqinchi yillarni esa “Alisher Navoiy” siz idrok
etishimiz qiyin. Binobarin, bu asarni dramatik nuqtai nazardan maxsus ko„rib
o„tamiz. Butun umrini xalq baxti uchun kurashga bag‟ishlaganlar, xalqchill
ideallarni deb jon olib, jon berganlarning nomlari mangulikka barhayotdir.
Bundaylarni hayotdagi kabi adabiyotda ham abadiylashtirish, doimo birinchi
darajali vazifalarimizdan bo„lib keladi. Zotan, adabiyotimizda zamonaviy mavzu
juda ham muhim bo„lgani holda, tarixiy mavzular mavjud. Chunki zamonaviylik
muammosi faqat shu kunlardan olib yozilgan asarlar orqali hal qilinmaydi.
Yozuvchi tarixga murojaat qilish bilan undan zamonaviy masalalarni hal qilishga
ko‟maklashuvchi faktlarni izlaydi, tarixga zamonamiz tendensiyalari nuqtai
nazaridan yondashib, uni davrimiz xizmatiga bo„ysundiradi. Mislsiz jangovor
sahifalarga boy tariximiz zamondoshlarimizga hamma vaqt yaqin va
qimmatli.[4;98]
Shunday qilib, soʻnggi davrda oʻzbek dramaturgiyasi katta evrilishlarni
boshidan oʻtkazmoqda. Unda zamonaviy qahramon obrazini yaratish yoʻlida oʻziga
xos jarayon kechmoqda. Hayotning qarama-qarshiliklari oldida chekinmagan,
oʻzligini anglashga intilgan va oʻzini namoyon eta olgan qator insonlar obrazlari
yaratildi. Biroq shu bilan birga, hali yaratilayotgan qahramonlarning hammasini
badiiy yetuk, davr sinoviga bardosh beradigan qahramonlar, deyishga erta.
Shunday boʻlsa-da, dastlabki dadil va muvaffaqiyatli qadamlar bu yoʻldagi
202
ishlarning ertangi kuniga katta umid uygʻotadi. Bu jarayon nechogʻliq murakkab
va koʻp qirrali boʻlmasin, yangilikka intilish va uni egallash yoʻlidagi saʼy-
harakatlar va izlanishlar orqali uning ijobiy natija topishiga shubha yoʻq.
Hozirgi adabiy jarayon tarixini yaratayotgan bir necha bo„g„inga mansub
o„zbek nosirlarining ijodiy prinsiplari, uslubiy izlanishlari “ong oqimi” deb
atalayotgan adabiy yo„nalish prinsiplari asosida tahlil va tadqiq etishga, ijodiy
tajribalarda ko„rinayotgan realizm, romantizm, naturalizm, simvolizm, modernizm,
syurrealizm, ekzistentsializm kabi badiiy metodlarning yetakchi xususiyatlari,
estetik tabiati haqida fikr yuritishga asos beradi.
Достарыңызбен бөлісу: |