Мукофоти совриндори, санъатшунослик фанлари доктори, профессор му



Pdf көрінісі
бет36/48
Дата11.06.2024
өлшемі4.93 Mb.
#502520
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   48
М.ҚОДИРОВ 90-йиллик ТЎПЛАМ 10.03.22. 555

Фойдаланилган адабиѐтлар рўйхати: 
1. Илмга бахшида умр. Муҳсин Қодиров илмий-ижодий фаолияти. Тошкент, 
2002. 96 б. 
2. Қодиров. М. Темурийлар даври томоша санъатлари. Монография. 
“San‟at” журнали нашриѐти. 2007 й. 216 б. 
3. Қодиров М. Ўзбек театри анъаналари. – Т.: Ғ.Ғулом номидаги нашриѐт, 
1976. 
4. Интернет маълумотлари. 
О„ZBEK AN‟ANAVIY QО„G„IRCHOQ О„YINI VA OG„ZAKI 
DRAMATURGIYASI 
Zokirova Dildoraxon Baxtiyorjon qizi –
O„zDSMI, “Qo„g„irchoq teatri san‟ati” kafedrasi o„qituvchisi.
 
Annotatsiya: ushbu maqolada o„zbek an‟anaviy teatri tarixida qo„g„irchoq 
teatri san‟atining vujudga kelishi va rivojlanishi hamda sohani o„rganish 
mobaynida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar haqida so„z yuritiladi
Kalit so„zlar: teatr, qo„g„ichoq, ko„cha tomoshalari, dramaturgiya, niqob. 
Аннотация: в этой статье рассказывается о становлении и развитии 
искусства кукольного театра в истории узбекского традиционного театра, а 
также о научных исследованиях, проведенных в этой области. 
Ключевые слова: театр, кукла, уличные представления, драматургия, 
маска. 


158 
Annotation: this article talks about the emergence and development of the art 
of the puppet theater in the history of the Uzbek traditional theater, as well as 
scientific research conducted during the study of the sphere. 
Keywords: theater, doll, pitcher performances, dramaturgy, mask. 
 
Teatr san‟atining paydo bо„lishi qadimgi yunon teatriga borib taqaladi. Yunon 
dramaturgiyasi miloddan avvalgi IV asrda yuzaga kelgan. Shu bilan bir qatorda 
xalq teatri va dramaturgiyasi ham shakllana boshlagan. Unda mimlar – taqlid 
qiluvchilar, masxaralovchilar tomosha kо„rsatgan. 
О„tmishda folklor bilan bog„liq tomosha san‟ati turlari – xalq turmush tarzi, 
marosimlari, urf-odatlari, odob-ahloq talablari bilan mahkam bog„liq bо„lgani, 
ularning ijrochilari bir-biriga о„xshash sharoitda, har xil muhitda faoliyat yuritib, 
bir-biriga ta‟sir kо„rsatib, to„ldirib, yanada ommalashib kelgan. “Tomosha san‟ati” 
tushunchasini ilmiy atama shaklida ilk bor Muhsin Qodirov qо„lladi. Ustozning 
1981-yilda “О„zbek xalq tomosha san‟ati” nomli kitobi nashrdan chiqdi. Shundan 
e‟tiboran “tomosha san‟ati” tushunchasini tadqiqotchilar qо„llay boshlagani uchun 
atamaga aylandi. Bu atama tо„g„ri ekanligini olim – an‟anaviy teatrning turlari, 
sahnaviy yakka ijroga asoslangan raqs san‟ati va xalq sirki kо„rinishlari, bayramlar 
haqidagi ma‟lumotlar asosida dalillangan. Xususan, Temuriylar davri tomosha 
san‟ati turlari, bayramlar tо„g„risidagi ma‟lumotlar hamda yig„malar muhim 
akamiyat kasb etti. Shuningdek, tadqiqotdagi Zayniddin Vosifiyning “Badoye‟ ul-
vaqoye”, Xondamirning “Makorim ul-axloq”, Zahiriddin Muhammad Boburning 
“Boburnoma”, Hasanxо„ja Nisoriyning “Muzakkiri ahrob” kabi asarlari ham xuddi 
shu kabi asosnoma bo„lib xizmat qiladi. Ularda an‟anaviy teatr, raqs, folklor va 
sirk tomoshalari bо„yicha ma‟lumotlar, umumlashma fikrlar mavjud. Tomosha 
san‟ati turlari va bayramlar tarixini tadqiq etgan Muhsin Qodirov o„zidan judda 
kata boy ilmiy-ijodiy meros qoldirgan. Bu esa bizning milliy an‟anaviy teatr tarixi 
haqida tasavvurlarimizni to„la shakllanishiga muhim vosita sifatida xizmat qiladi. 
An‟anaviy teatrning eng qadimiy namunalaridan biri qо„g„irchoq о„yini 
tarixini о„rganar ekanmiz, mazkur san‟at turi bilan bog„liq atamalarga e‟tiborni 


159 
qaratamiz. M.Qodirov Temuriylar davri tomosha san‟ati bilan tanishar ekan, 
qо„g„irchoq о„yin haqida ham batafsil to„xtalib o„tgan. U davrda qо„g„irchoq о„yin 
va uning “Chodir jamol”, “Chodir xayol”, “Fonus xayol” turlari keng tanilgan. 
Ijrochilari “lubatboz”, “qovurchoqchi” deb atalgan.”
1
Shu о„rinda qо„g„irchoq 
sо„zining kelib chiqishiga izoh keltirsak. M.Qodirov ushbu sо„zga, qо„g„irchoq 
(qovurchoq) sо„zi о„zak – qо„g„ir (qovur) hamda qо„shimcha (choq)dan iborat, asli 
“qо„g„ir-moch” sо„zidan olingan, deb ta‟rif beradi. U qо„g„irmoch qovurilgan 
bug„doy, kо„chma ma‟nosi – aqlli, topqir kishi, ya‟ni u “qо„g„irchoq”ni mitti 
polvon, “jajji odamcha”, deydi. Qobarchuq (qovarchoq) sо„zini ham qо„g„irchoq 
sо„ziga bog„lab, qabariq (qavariq), ya‟ni qadoq qо„l, kо„chma ma‟noda 
mehnatkash, tirishqoq, о„z maqsadi sari tirishib harakat qiluvchi odamcha
2
, deya 
ta‟rif beradi.
О„zbek qо„g„irchoq teatrining paydo bо„lishi qadim zamonlarga borib 
taqaladi. Uning ilk ildizlarini xalq san‟ati namunalaridan topish mumkin. Xalq 
san‟atiga xos bо„lgan an‟anaviy teatr shakllarida qо„g„irchoq teatriga xos bо„lgan 
ifodalar mavjud bо„lgan. An‟anaviy teatr rivojlanish jarayonida mustaqil san‟at 
turlariga bо„lina boshlagan. Dastlab u muqallid san‟ati bilan ajralib chiqdi. Milodiy 
I-II asrlarda xalq aktyorlari muqallidda о„zlari taqlid namoyishini kо„rsatish bilan 
birga taqlidda qо„g„irchoqlardan ham foydalana boshlashdi. Natijada qator 
qо„g„irchoq kо„rinishidagi qahramonlar paydo bо„la boshladi. 
Qo„g„irchoq teatri hozirgi kunda O„zbekiston shahar va qishloqlari xalq 
bayramlarining an'anaviy dasturlariga kiradi. Qo'g'irchoq teatri, boshqa folklor 
san'ati kabi, o„zining badiiy xususiyatlariga ega edi. Bu san‟at turi ko'p jihatdan 
"masxara, muqallid" xalq professional teatriga yaqin. Bu yaqinlik ham og„zaki 
dramaturgiyada, ham improvizatsiya, ham sahna san‟atida bir-birini to„ldirib 
borgan. "Masxara va muqallid" teatri bir vaqtlar niqoblar teatri bo„lgan. 
Masxaraboz va qiziqchilar niqoblardan foydalangan holda o„z tosmosha 
1
Qodirov M.Temur va temuriylar davrida tomosha san‟atlari. - Toshkent: G„ofur G„ulom nomidagi adabiyot va 
san‟at nashriyoti, 1996. – 37-b. 
2
Qodirov M. О„zbek an‟anaviy teatri. - Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi О„zbekiston milliy kutubxonasi 
nashriyoti, 2010. –355-b. 


160 
san‟atlarini namoyish etishgan. Qo„g„irchoqlarni esa aktyorlarning o„zi parda 
ortidan, yoki kechqurunlari nur va soya yordamida harakatlantirib tomoshalar 
tashkil etishgan. 
Qo„g'irchoq teatrining asosiy o'ziga xosligi shundaki, bu yerda qahramonlar – 
qo„g'irchoqlar va ularni harakatga keltiradigan aktyor tomoshabinlarning ko„zidan 
yashiriladi. Ehtimol, dunyoda qo'g'irchoq aktyordan ko„ra oddiyroq aktyor yo„q. U 
aktyorlik mahoratini bevosita namoyish etish imkoniyatidan mahrum. U barcha 
iste'dodlarini qo„g'irchoqlarga beradi. Ammo dramatik aktyor mahrum bo„lgan 
imtiyozlarga ega. O„zbek qo„g„irchoq teatrida, masalan, bir, ikki yoki uchta aktyor 
turli rollarda ijro etuvchi spektaklni muvaffaqiyatli ijro etishi mumkin edi. 
Ma‟lumki, qadimda Sharqda qо„g„irchoq о„yin “Chodir jamol” kо„rinishida -
doiraga о„ralgan mato ichidan turib kо„rsatilgan. Bu kо„rinishni shartli quvur 
ichidan turib amalga oshirilgan deb qabul qilsak, beshikdagi quvurchoq bilan 
matoli quvurchoq bir-biriga bog„liqdek tuyuladi. Shunga kо„ra, qovurchoq 
(qо„g„irchoq)ni beshik anjomining nomidan kelib chiqqan degan farazimiz bor. 
Biroq bu fikrlarimiz isbot talab etadi. Shuning uchun dastlabki qо„g„irchoq 
atamasiga teatrshunos olim M.Qodirov tomonidan keltirilgan fikr asosliroq, deyish 
mumkin.
An‟anaviy teatr - uning bir qismi folklorshunoslik fani bilan bog„liq bo„lsa, 
ikkinchi tomoni teatrshunoslik faniga oid hisoblanadi. Shuning uchun uning 
tarixini faqat teatr san‟ati tarixiga bog„lab о„rganib bо„lmaydi. О„zbek an‟anaviy 
qо„g„irchoq teatri ham murakkab soha sanalib, uning asosini og„zaki dramaturgiya 
tashkil etadi. Gap an‟anaviylik haqida ketganda, avvalo og„zaki dramaturgiya 
nazarda tutiladi. Biroq og„zaki dramaturgiya faqat ma‟lum voqealar ketma-ketligi 
va ularning orasidagi so„zlashuvlar jamlanmasi emas. Zamonaviy san‟atshunoslik 
fanida dramaturgiya muayyan mavzu atrofidagi syujetlar hamda qahramonlarning 
suhbati va qarama-qarshiliklar bilan ta‟riflanadi. An‟anaviy qо„g„irchoq teatri 
dramaturgiyasining tamoyillari butunlay о„zgacha. “An‟anaviy teatr, - deydi 
M.Qodirov, - faqat pyesa shaklidagi tuzilmalargagina emas, shu bilan birga, 
ssenariy va libretto singari og„zaki kо„rsatma va qoidalarga ham tayangan holda 


161 
ish kо„radi. Qanday bо„lmasin, an‟anaviy teatr asosini asrlar davomida ustadan-
shogirdga, og„izdan-og„izga о„tib kelgan syujetlar, konfliktlar, obrazlar, 
kompozitsiyalar, lavhalar, uslub va vositalar tashkil etib kelgan”
1
. Qо„g„irchoq 
teatri dramaturgiyasi ham an‟anaviy teatr dramaturgiyasining bir tarmog„i sifatida 
yuqoridagi ta‟rif bilan xarakterlanadi. Bundan kelib chiqadiki, о„zbek an‟anaviy 
qо„g„irchoq teatri asosini ham og„izdan-og„izga о„tib kelayotgan syujetlar, urf-odat 
va marosimlar, turli diniy qarashlar asosidagi rivoyatlar tashkil etgan. Barcha 
kompozitsiyalar 
ustadan-shogirdga, 
avloddan-avlodga 
о„tib 
sayqallanib 
boravergan.
Og„zaki dramaturgiyani о„rganar ekanmiz, bevosita shunga oid namuna orqali
“Chodir jamol” teatri dramaturgiyasi haqida fikr yuritamiz. Namuna sifatida 
M.Qodirov tomonidan 1965-yil Samarqandda ustazoda qо„g„irchoqboz Qulibobo 
Novvotov ijrosida “Polvon Kachal sarguzashtlari” nomi bilan yozib olingan 
nusxadan foydalangan holda qо„g„irchoq teatri dramaturgiyasi bilan tanishib 
chiqamiz.
Qо„g„irchoq teatri dramaturgiyasini о„rganar ekanmiz, mazkur og„zaki 
pyesaning ham dramaturgik unsurlarini tahlil qilamiz. Asarda har bir 
qahramonning xarakteri turlicha. Hech biri bir-birinikini takrorlamaydi. 
Korfarmonni olaylik, adolatli, aqlli, farosatli, haqiqattalab va chо„rtkesar shaxs. 
Aosan, u odil hakam ko„rinishida gavdalanadi. Nima tо„g„ri, yo notо„g„riligini hal 
qilib beruvchi, har kimning hojatini chiqaruvchi, yoqlovchi yoki jazolovchi odil 
personaj. Uning tomosha davomida aytadigan sо„zlari ham aniq, ravon, masxara-
yu mayna sо„zlar aralashmagan, dono nutq egasidir. Polvon Kachal esa qiziqqon, 
shoshqaloq, kо„ngilchan va shu bilan birga u ham adolatparvar qahramondir. Bir 
sо„z bilan aytganda, mukammal bо„lmagan oddiy, chapani odam. Pyesadagi nutqi 
ham jo„n, hazilomuz, yolg„on aralashmagan, tili biyron. Bichixon ham Polvon 
Kachalga mos. Oddiy, sodda ayol. U ham biroz qiziqqon, shо„x, dilidagini 
sо„zlaydigan jo„shqin shaxs. Sudxо„r bо„lsa haqiqiy salbiy qahramon. Katta 
1
Qodirov M. О„zbek an‟anaviy teatri. - Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi О„zbekiston milliy kutubxonasi 
nashriyoti, 2010. – B. 4. 


162 
gapiradigan, ayyor, hech narsadan tap tortmaydigan inson. Voqelikdagi so„zlari 
ham qо„pol, qо„rs tarzda berilgan. Bu ham qо„g„irchoqbozlarning mahoratidan 
darak beradi. M.Qodirov ularning mahoratini e‟tirof etar ekan quyidagi fikrlarni 
bildiradi: “Dialog san‟atida qо„g„irchoqbozlar ulkan yutuqlarga erishgan. Savol-
javoblarning lо„nda, ixcham, sodda, tejamli, ayni chog„da mazmunli, ifodali, 
jozibali va jonli bо„lishi uchun kurashganlar. Dialog vaziyatga, qahramon holatiga, 
personajlarning о„zaro munosabatiga odatda mos va hamohang bо„lgan”
1

Shunday qilib, tarixga nazar tashlasak yurtimiz mustaqillikka erishgach, 
avvalo ma‟naviyatga, jumladan san‟atga, madaniyatga alohida e‟tibor berildi.
San‟atning turli yо„nalishlarida milliylikka urg„u berila boshlandi. Ushbu davrga 
kelib xalqning tomosha san‟atiga bo„lgan qiziqishlari inobatga olinib, ehtiyojlarini 
о„rgana boshladi. Ularga ham milliy, ham zamonaviy asarlar namoyishlari taqdim 
etib kо„rildi. Qо„g„irchoq teatri dramaturgiyasida ham milliy qadriyatlarimiz aks 
etgan asarlar yozishga va sahnalashtirishga intilishlar bо„ldi. Hozirda 
sahnalarimizda klassik asarlar, tarjima va insenirovkalar qatorida milliy 
qadriyatlarimiz aks etgan sahna asarlari, jumladan, qo„g„irchoq teatri namoyishlari 
uzluksiz faoliyat olib bormoqda.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   48




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет