Мукофоти совриндори, санъатшунослик фанлари доктори, профессор му



Pdf көрінісі
бет45/48
Дата11.06.2024
өлшемі4.93 Mb.
#502520
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
М.ҚОДИРОВ 90-йиллик ТЎПЛАМ 10.03.22. 555

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Sh. Rizayev, T. Islomov. Ozod Vatan saodati. Dramaturgiya. Besh jildli. 
Nashrga tayyorlovchilar:– T.: “Adib”. 2013.
2. U. Azim. Jimlik. – T.: “Gʻafur Gʻulom”. 2012. 
3. Madayev O. Tanho yulduzim. “Teatr” jurnali, 2013. №1. 
4. Rizayev O. Sahnada zamonaviy qahramon obrazi. “Teatr” jurnali, 2010. №5. 
 
MUHSIN QODIROVNING TEATR SAN'ATIGA OID QO'LLANMALARI 
Ulug'ova Nozima  –
O'ZDSMI Nukus filiali “Sahna va ekran
san'ati dramaturgiyasi” 2-bosqich talabasi.
Anotatsiya. Maqolada Muhsin Qodirovning Madaniy - ma'naviy 
hayotimizda, ayniqsa, yosh avlodning kamol topishida muhim o'rin egallab 
kelayotgan Teatr va qo'g'irchoq teatrining qadimiy davrlaridan to bizning 
kunlargacha bosib o'tgan tarixiy yo'llari, repertuari, ijrochilik mahorati haqida 
hikoya qilinadigan "Qo'g'rchoq teatri tarixi" qo'llanmasida, an'anaviy qo'g'irchoq 
teatrining XIX asr va XX asr boshlaridagi tarixi mufassal yoritiladi. Yozuvchi 
qo'llanmalaridagi aniq fikrlar va aynan nima haqida ekanligi kimlar uchun qanday 
muhim ko'nikma bo'lishi mumkinligi izohlangan. 
Kalit so'zlar: yozuvchi, teatr, qo'g'irchoq teatri, dramaturgiya, etnografiya, 
san'at, madaniyat, repertuar, obraz. 


203 
Atoqli olim, respublikada ananaviy o'zbek san'ati bo'yicha yirik mutaxassis. U 
san'atshunoslikda tarixiy, etnografik va adabiy asarlar asosida san'at tarixini 
tiklashdan iborat ilmiy yo'nalishga asos solgan. Respublika teatrshunoslik fanining 
shakllanishi va taraqqiyotida, sahna ijodkorlari, yosh olim va pedagoklarini 
tarbiyalab yetishtirishda Muxsin Qodirovning xissasi katta. Uning bevosita ilmiy 
rahbarligida 15 kishi fan nomzodi, 9 kishi fan doktori ilmiy darajasiga muyassar 
bo'lgan. San'atshunoslik fanlari doktori, professor M.X.Qodirov O'zbekistonda 
xizmat ko'rsatgan fan arbobi (1978), Tabiat va jamiyat Xalqaro fanlar 
Akademiyasining haqiqiy a'zosi(1997), " El-yurt xurmati" ordeni sovrindori 
(2003)dir. U 1958 1970 yillar orasida maxsus uyishtirilgan folklor ekspiditsiyalari 
va ilmiy safarlar davrida butun O'zbekistonni aylanib va ba'zi qo'shni 
mamlakatlarda bo'lib, 300 ga yaqin malakali xalq aktyorlari-qiziqchi, masxaraboz 
va qo'g'irchoqbozlarning nomlarini aniqlab, fa'oliyatini o'rganib, xayot 
bo'lganlaridan 200dan ziyod tomosha matnlarini yozib olgan, biroq ular shu 
paytgacha 
nashr 
qilinmagan. 
Ammo 
yozuvchining 
"Ananaviy 
teatr 
dramaturgiyasi" kitobida mana shu an'anaviy teatr, xalq sirki ustalari va ayol 
ijrochilaridan muallif tomonidan yozib olingan va nashrga tayyorlangan 85 ta 
tanqid, muqallid, kulgu-hikoyalar jamlanadi. Matnlar 6 qismga bo'lib 
joylashtiriladi, izohlar bilan taminlanadi. So'zboshi o'rnida berilgan "Og'zaki 
dramaturgiya" qismida o'zbek ananaviy teatri dramaturgiyasining kelib chiqishi 
haqida fikr yuritiladi. Ba'zi namunalarning tahlili asosida janrlari va turlariga tarif 
beriladi. Shuningdek og'zaki ijod bo'lmish ushbu san'at namunalarini aniqlash va 
yozib olish tarixi qayd etilgan. To'plam xalq madaniyati tarixida ilk marotaba 
og'zaki dramaturgiya namunalarini konkret va keng yoritishi bilan qimmatlidir. 
Ushbu qo'llanmadagi materiallar faqat san'atshunos, folklorshunos va etnograflarni 
qiziqtiribgina qolmasdan, balki xalq ijodiyoti bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar 
dramaturglar, sahna ustalari, san'at va madaniyat o'quv yurtlari, pedagoglari, 
talabalari uchun ham foydalidir. 
Madomiki Teatr san'ati haqida to'xtalar ekanmiz. Shu o'rinda ta'kidlash joizki 
Teatrni inson sifatida oladigan bo'lsak uning yuragi dramaturgiyadir. Dramaturgiya 


204 
deganda, biz faqat muallifi ma'lum bo'lgan yozma pesalarnigina tushinib 
kelganmiz. Xolbuki O'zbekistonda shaxar madaniyati bilan bog'liq xolda to'rt ming 
yildan buyon yashab kelayotgan teatr mavjud bo'lib, o'ziga xos dramaturgiyaga 
tayanib fa'oliyat ko'rsatgan. O'zbek teatrshunosligida u ananaviy teatr deb ataladi 
(1. 16.b). Ananaviy teatr dramaturgiyasi ko'pincha og'zaki shakllarda nomoyon 
bo'lib kelgan. Shu bois o'zbek dramaturgiyasining yoshini XX asr bilangina 
o'lchash to'g'ri emas. Izzat Sulton o'zining "Adabiyot nazariyasi" nomli darsligida 
B.G.Belinskiy fikriga tayangan xolda "faqat XX asrda, oktyabr revolyusiyasining 
arafasida 
o'zbeklar 
millat 
sifatida 
o'zbeklar 
millat 
sifatida 
sgakllana 
boshlab,"jamoatchilikka yot"likdan xalos bo'lganlaridagina o'zbek adabiyotida ilk 
dramatik asarlar paydo bo'ladi", deb yozadiki [2. 263.b] biz bu faktlarga qo'shila 
olmaymiz. Zero, Belenskiyning: "Xalq bo'lib emas, balki qabila bo'lib, cho'llarda 
tarqoq xolda yashagan, jamoatchilikka yot bo'lgan arablarda faqat lirika yoki lirik - 
epik poeziya mavjud edi, lekin dramatik poeziya ularda xech vaqt bo'lgan emas va 
bo'lishi ham mumkin emasdi", degan to'g'ri xulosasini [3. 139.b.] o'zbek 
madaniyatiga to'la tadbiq etib bo'lmaydi. Chunki o'zbek millati tarkibini asosan 
dehqonchilik va xunarmandchilik bilan uyishib, o'rtoq bo'lib yashagan. 
Madaniyatli xalqlar va elatlar tashkil etgan. To'g'ri chorva bilan kun ko'rgan yarim 
ko'chmanchi o'zbek qabilalari ham bo'lgan, biroq ular ham shahar madaniyati tasiri 
ostida yashab kelishgan. Shuningdek, ularning o'z dostonchiligi, maydon 
tomoshalari, aytishuvlari, o'yinlari bilan umumxalq madaniyati taraqqiyotiga 
munosib xissa qo'shib kelganligini ham inkor etib bo'lmaydi. 
Ananaviy teatr tomoshalari qadim-qadimdan bor ekan dramaturgiya bo'lishi 
turgan gap. Zeroki dramaturgiya teatr bilan birga tug'iladi. Uning bbadiy negizini 
tashkil etadi.Ananaviy teatr tomoshalarida bazan turli vositalar uyg'unlashadi 
(sintez).Qo'g'irchoqbozlarning cholg'u kuylari, qo'shiqlari va usullar bilan 
yo'g'rilgan o'ziga xos musiqali komediyalari bunga misol bo'lishi mumkin. Chunki 
ularda turli san'at vositalari bir biriga shu qadar bog'lanib, chatishib ketadiki, 
natijada yangi bir yaxlit badiiy asar maydonga keladi. Masxaraboz va qiziqchilar 
san'atida ham bunday tomoshalar oz emas. Ammo ularning fa'oliyatlarida so'z, 


205 
musiqa, raqs, sirk unsirlari yonma yon keluvchi tomoshalar ham ko'p uchraganki, 
bu sinkretiklik ba'zan qoloqlik nishonasi sifatida talqin etiladiki, bunga qo'shilish 
qiyin. "Bu badiiy-obrazli idrokning o'ziga xos sinkretikligi idrokning 
rivojlanmaganligi bilan emas, - deb yozadi B.E.Gusev, -balki idrok predmetining 
tabiati bilan belgilanadi, ya'ni xslq omasi o'z san'ati yig'indisi bilan belgilanadi, 
ya'ni xalq ommasi o'z san'ati yig'indisi bilan estetik tabiatining butun qirralari va 
murakkabligi bilan birga estetik bir butun, yaxlit tasavvur qiladi"[4. 224.b] 
An'anaviy teatr tomoshalari qo'llanmasi ko'p epezodli bo'lib, voqealari turli 
joylarda o'tsada, tanafuslar bilan ko'rsatilmagan. Shunga qaramasdan ayrim 
pesalarni mazmunidan kelib chiqqan xolda ko'rinishlarga bo'lib yozish ma'qul 
topilgan. Yozuvchimizning "O'zbek teatri tarixi" qo'llanmasida esa o'zbek 
an'anaviy teatrining XVIII-XX asrlardagi fa'oliyati, usta-shogird masalalari 
mudassal yoritiladi. Darslik san'at, madaniyat, ma'rifat oliy va o'rta maxsus o'quv 
yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan. Ayni vaqtda u teatr san'ati ijodkorlari, 
dramaturglar uchun ham qimmatli manba bo'ladi. O'zbekiston mustaqillikga 
erishgach, ijtimoiy hayotning barcha yo'nalishlarida, jumladan ma'naviyat va 
ma'rifat 
sohasida 
ham 
tub 
o'zgarishlar 
sodir 
bo'lmoqda.Teatr 
san'ati 
ma'naviyatining eng yorqin, ta'sirchan ko'rinishlaridan biridir. Zero u 
tomoshabinlarga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Sahna bilan tomoshabinlar o'rtasida 
samimiy bog'lanish, muloqot hosil bo'lib, ham sahna ijodkorlarini, ham 
tomoshabinlarini ma'nan va ruhan boyitadi. Ya'ni ikki tomonlama ta'sirlanish 
yuzaga keladi. Teatr bir yarim ikki soat ichida zamonaviy yoki tarixiy voqelikdan 
hikoya qilib, zalda o'tirganlarning fikrini o'zgartirib yuborishi, qalbida shuurida 
o'chmas iz qoldirishi mumkin shu bois bugungi kunda teatr san'atining ahamiyati 
va ma'suliyati nihoyatda yuksakdir. Chunki uning asosiy vazifasi mamlakatimiz 
fuqarolarini, ayniqsa yosh avlodni har tomonlama kamol topgan, qat'iy iroda va 
e'tiqodga ega shaxslar qilib tarbiyalashdan iborat.Alqissa, an'anaviy teatrning 
faoliyati XX asrning sovet istibdodi davrida ziddiyatli kechdi. Bir tomondan, 
masxaraboz va qiziqchilar o'z holiga tashlab qo'yilgani, ayniqsa, kulgi, hajv, tanqid 
yo'lida paydo bo'lgan g'ovlar, to'g'anoqlar tufayli bu sohada tushkunlik, 


206 
parokandalik ro'y berdi. Ikkinchi tomondan, xalq aktyorlarining fa'oliyat maydoni 
kengayadi va ularning ijodi ilm-fan manbaiga aylana bordi. O'zbekiston 
mustaqillikga erishgach, davlat qurilishida, iqtisodiyot va ma'naviyat sohalarida 
yangi davr boshlandi. Xalqning ijodiyotga munosabati tubdan o'zgardi. 
Qiziqchilik va masxarabozlikni rivojlantirish uchun ham chinakam qulay sharoit 
va imkoniyat yaratildi. Demak, o'zbek an'anaviy teatri tarixini o'rganish 
yoshlarning boy ma'naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimizni o'zlashtirib, milliy 
teatr an'analarini izchil davom ettirishlarida asqotadi. [5. 232. 233b.] 
M.Qodirovning Madaniy - ma'naviy hayotimizda, ayniqsa, yosh avlodning
kamol topishida muhim o'rin egallab kelayotgan qo'g'irchoq teatrining qadimiy 
davrlaridan to bizning kunlargacha bosib o'tgan tarixiy yo'llari, repertuari, 
ijrochilik mahorati haqida hikoya qilinadigan "Qo'g'rchoq teatri tarixi" 
qo'llanmasida, an'anaviy qo'g'irchoq teatrining XIX asr va XX asr boshlaridagi 
tarixi mufassal yoritiladi. Shuningdek, XX asrning 30 yillarida vujudga kelgan 
yangi o'zbek qo'g'irchoq teatrining tarkib topishi va rivojlanish bosqichlari ilk 
marotaba umumlashtiriladi. O'zbek tilida "o'yin " so'ziday ma'nosi ko'p so'z 


207 
bo'lmasa kerak. Artistning mahorati, harakati texnikasi bilan sahnaviy tomosha 
shaklida yuzaga keladigan masxarabozlik, raqs nayrangbozlik, dorbozlik, 
chavondozlik, muallaqchilik, ayiq echki, ilon o'ynatish, yog'och oyoq tomoshalari- 
qo'yingki xalq teatri raqsi va sirk san'atining namoyandalari esa "o'yinchi" deb 
yuritilgan. 
Xuddi 
shuning 
kabi 
xalq 
professional 
qo'g'irchoq 
teatri 
qo'g'irchoqbozlik ham "qo'g'irchoq o'yin" deb, qo'g'irchoqboz "o'yinchi" deb 
atalgan. Bunda "o'yin" so'zi iste'dod va mohirlik bilan etilgan tomosha , san'at, 
ijrochilik ma'nosini beradi. "O'yin" so'zi bilan qadimgi teatr, raqs va sirk 
san'atining bir-biriga yaqinlashtirilishida jon bor, negaki ularning asosida o'yin, 
ya'ni ijro, harakat, tomoshaviylik, mahorat yotadi. Shunday qilib, xalq professional 
qo'g'irchoq teatri qo'g'irchoq o'yin yoki qo'g'irchoqbozlik deb atalgan. 
Qo'g'irchoqchilar elu-yurtga ozor bergan, g'am- kulfat keltirgan zamon 
zo'ravonlarini tanqid qilish hamda turmushdagi ayrim qoloqliklar, egriliklar 
ustidan kulish bilan xalq uchun zarur bo'lgan katta ijtimoiy va estetik vazifani 
bajarib kelganlar.[6.3.6.b] M. Qodirivning ushbu uch qo'llanmasi san'at sohasidagi, 
teatr va dramaturgiya sohasidagi ijodkorlar uchun juda kerakli ko'nikmalar safiga 
kiradi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет