23
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning ortiqcha to‘lashdagi
yo‘qotishlar riski;
penya va jarimalarni to‘lashdagi zararlar riski;
mulkni sotishdangi zararlar riski;
bankning ayrim turdagi aktivlarini qayta baholash jarayonida salbiy kurs
farqidan keladigan zararlar riski.
Daromadlarni qisqartirishni ko‘rsatuvchi moliyaviy risklar bankning to‘lov
qobiliyatiga, foydaliligiga, kapitaliga va likvidlik darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi,
ular quyidagicha tasniflanadi:
passiv operatsiyalar bo‘yicha keladigan daromadlarning qisqarish riski,
jumladan hisobraqamlarni yopish, yuritish, ochish, naqd pullarni berish,
mijoz hisobvarag‘idan ko‘chirmalar berishda oladigan komission
daromadlar;
aktiv operatsiyalar bo‘yicha keladigan daromadlarning qisqarishi:
operatsion
daromadlarning
qisqarish
riski,
xususan,
foizli
daromadlarning, jumladan berilgan kreditlar va qarzlar, boshqa
banklarga depozit qo‘yilmalar, lizing va qarz qimmatli qog‘ozlar
bo‘yicha;
foizsiz daromadlar qisqarish riski, jumladan,
bank tomonidan olingan
valyuta ayirboshlash operatsiyalaridan, trast operatsiyalaridan, yuridik
shaxslar faoliyatida qatnashishdan daromadlar;
nooperatsion daromadlar qisqarish riski, jumladan, ko‘rsatilgan axborot
va maslahat xizmatlaridan, mulkni sotishdan, garovni sotishdan va
qimmatli qog‘ozlarni qayta baholash jarayonida ijobiy kurslardan
keladigan daromadlar.
Moliyaviy risklar quyidagi tarzda aniqlanadi: banklar, shu jumladan
qo‘shma banklar jalb qilingan mablag‘lari qanchalik yuqori bo‘lsa, aksiyadorlar va
muassislar uchun shunchalik risk darajasi yuqori bo‘ladi. Ayni paytda jalb qilingan
mablag‘lar moliyalashtirishning muhim va foydali manbaidir, chunki u bankning
qimmatli qog‘ozlarini qo‘shimcha tirajlarini chiqarish va sotishdan ko‘ra kamroq
24
xarajat qilishga olib keladi. Qarz oluvchilar uchun belgilangan me’yorlarga binoan,
o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar o‘rtasidagi nisbat, ya’ni qarzdorlik
koeffitsienti (Qk) 0,2-0,3 doirasida tebranib turadi.
Достарыңызбен бөлісу: