Норбоев Абдулла Ориф ўғли


  2.2 Tijorat banklari risklarini boshqarish bo’yicha xalqaro talablar



Pdf көрінісі
бет22/30
Дата07.02.2024
өлшемі0.9 Mb.
#491108
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

 


48 
2.2 Tijorat banklari risklarini boshqarish bo’yicha xalqaro talablar 
(Bazel) 
Bank sohasi jahon moliya tizimining ajralmas qismi bo’lib, ushbu sohadagi 
mavjud xalqaro nazorat talablarini yanada kuchaytirish, yangi sifat darajasiga 
ko’tarilish lozimligini bugungi kunga qadar o’z asoratlarini saqlab kelayotgan 
jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi yana bir bor tasdiqladi va davlatlar bank 
tizimlari oldiga mazkur sohani isloh qilishning yangi vazifalarini qo’ymoqda. 
Bank nazorati amaliyotini xalqaro andozalarga va bank nazorati bo’yicha 
Bazel qo’mitasi talablariga mos ravishda tashkil etish maqsadida, 1996 yildan 
boshlab Respublika Markaziy Banki Jahon banki va boshqa tashkilotlar bilan 
hamkorlikda bank nazoratini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ustida ish olib 
bora boshladi. 
Bazel standarti 1988 yilda ishlab chiqilgan va amaliyotga 1993-yilda joriy 
etilgan. Bazel standartining amaliyotga joriy etilishi tijorat banklari faoliyatidagi 
risklarni baholash amaliyotini takomillashtirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri 
deb hisoblash mumkin. 
Bazel standartini xalqaro bank amaliyotida birinchi bo‘lib, tijorat 
banklarining aktivlari to‘rt risk, ya’ni 0, 20, 50, 100 foizli daraja bo‘yicha riskka 
tortildi. Ular tarkibiga quyidagilar kiradi: 
0 % risk darajasiga ega bo‘lgan aktivlarga, ya’ni risksiz aktivlarga quyidagilar 
kiradi:

Tijorat bankining kassalaridagi naqd pullar;

bankning Markaziy bankdagi «Nostro» vakillik hisobraqamidagi pul 
mablag‘lari; 

Markaziy bankda qayta hisobga olinadigan trattalar; 

Tijorat banki tomonidan hukumatning 90 kungacha muddatga chiqarilgan 
qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar (O‘zbekiston Respublikasida 
tijorat banklari tomonidan hukumatning qimmatli qog‘ozlariga qilingan 
investitsiyalar, ularning muddatidan qat’iy nazar, risksiz aktiv hisoblanadi); 


49 

Hukumat va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
talablar va bu emitentlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar; 

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (IHTT) kiruvchi mamlakatlar 
hukumatlari va markaziy banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar, 
shuningdek, bu mamlakatlar hukumatlari va markaziy banklariga qo‘yiladigan 
boshqa talablar; 

aktivlar yoki ularning IHTTga kiruvchi mamlakatlar milliy valyutalariga 
denominatsiya qilinib, naqd pul bilan ta’minlangan hamda bankda alohida 
cheklab qo‘yilgan depozit hisobraqamda saqlanayotgan qismi. 
20 % risk darajasiga ega bo‘lgan aktivlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 

tijorat bankining boshqa banklardagi «Nostro» vakillik hisobraqamlaridagi pul 
mablag‘lari; 

hukumatning 90 kundan ortiq muddatga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlariga 
qilingan investitsiyalar; 

flout (inkassatsiya jarayonidagi pul mablag‘lari); 

IHTT mamlakatlarida ro‘yxatdan o‘tgan banklar va boshqa depozitar 
institutlarning kreditlari, kafolatlari bilan ta’minlangan kreditlar va boshqa 
aktivlar yoki ularning qismi; 

bankning xalqaro kredit tashkilotlariga bergan kreditlari va boshqa talablari, 
shuningdek, ushbu tashkilotlarning qimmatli qog‘ozlari bilan ta’minlangan 
talablar. 
50 % risk darajasiga ega bo‘lgan aktivlarga quyidagilar kiradi: 

ipoteka kreditlari; 

IHTT davlatlarida ro‘yxatga olingan depozitar institutlarga nisbatan talablar, shu 
jumladan, qarzlar va pul bozori vositalari; 

IHTT davlatlarida ro‘yxatga olingan depozitar institutlarning kreditlari bilan 
ta’minlangan boshqa barcha aktivlar; 

bankning IHTT davlatlari mahalliy hokimiyat organlariga nisbatan talablari, 
shuningdek, ular tomonidan kafolatlangan bank aktivlari. Bu talablar va 


50 
kafolatlar bo‘yicha to‘lovlar alohida loyihalar bo‘yicha tushumlardan emas, 
balki yuqorida ko‘rsatilgan tashkilotlar byudjeti hisobidan amalga oshiriladi. 

bankning xalqaro kredit tashkilotlariga nisbatan talablari, shuningdek, bu 
tashkilotlar tomonidan kafolatlangan bank aktivlari; 

joriy bozor qiymatida baholangan va xalqaro kredit tashkilotlari tomonidan 
muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bilan ta’minlangan aktivlar va 
ularning qismlari; 

bankning IHTTga a’zo bo‘lmagan mamlakatlarning milliy valyutalariga 
denominatsiya qilingan va milliy valyutadagi majburiyatlar bilan qoplangan, 
IHTTga a’zo bo‘lmagan davlatlar Markaziy Hukumatlari va markaziy 
banklariga nisbatan talablari. Milliy valyutaga denominatsiya qilinmagan va 
milliy valyutada moliyalashtirish summasidan oshib ketgan aktivlar qismi risk 
darajasi yuqori (100 foiz) bo‘lgan aktivlar qatoriga kiritiladi. 
Tijorat banklarining 100 % risk darajasiga ega bo‘lgan aktivlariga quyidagilar 
kiradi: 

korporativ qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar; 

mijozlarga berilgan kreditlar; 

asosiy vositalar; 

boshqa aktivlar. 
Quyidagi balansdan tashqari aktivlar yuqori riskli, ya’ni risk darajasi 100 foizga 
teng bo‘lgan aktivlar hisoblanadi: 

bank tomonidan mijozlarning foydasiga ochilgan ta’minlanmagan akkreditivlar; 

bank tomonidan berilgan kafolatlar; 

forvard tranzaksiyalari;

bank tomonidan berilgan opsionlar va fyucherslar. 
Bazel-II ning muhim talablaridan biri yetarli darajada zaxira ajratmalari 
bilan ta’minlanmagan bank kreditlarining risk darajasini oshirish talabidir. Ushbu 
talabning mohiyati shundaki, kreditning qaytarish muddati tugaganiga 90 kun va 
undan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa, yaratilgan zaxira ajratmasi miqdori kredit bo‘yicha 


51 
umumiy qarzdorlikning 20 foizidan kam bo‘lsa, u holda, mazkur kreditlarning risk 
darajasi 150 foizni tashkil qiladi. Bu esa, muddati o‘tgan kreditlarning brutto 
kreditlar hajmidagi salmog‘i nisbatan yuqori bo‘lgan tijorat banklarining 
likvidliligiga va kapital bazasining barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning 
sababi shundaki, birinchidan, respublikamizda kreditlardan ko‘riladigan zararlarni 
qoplashga mo‘ljallangan zaxira ajratmalari to‘liq tijorat banklarining xarajatiga 
olib boriladi. Bu esa, o‘z navbatida, banklarning sof foydasini kapitallashtirish 
darajasining pasayishiga xizmat qiladi. Ikkinchidan, muddati o‘tgan kreditlarning 
150% darajasida riskka tortilishi tijorat banklarining riskka tortilgan aktivlari 
summasining oshishiga olib keladi. Buning natijasida tijorat banklari kapitalining 
yetarlilik koeffitsienti pasayadi. Uchinchidan, kreditlarning asosiy qismi tijorat 
bankining “Nostro” vakillik hisobraqamlarini kreditlash yo‘li bilan amalga 
oshiriladi. Shu sababli, kreditlarning muddatida qaytmasligi bankning likvidli 
aktivlari miqdorining kamayishiga va shuning asosida uning joriy likvidlilik 
darajasining pasayishiga olib keladi. 
Muddati o‘tgan kreditlarning risk darajasini oshishi natijasida tijorat 
banklarining kapital bazasi va ularning likvidliligiga nisbatan yuzaga kelishi 
mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirga barham berish uchun Markaziy bank tomonidan 
tijorat banklarining muddati o‘tgan kreditlariga nisbatan qo‘yiladigan talablar 
aniqlashtirilishi va kuchaytirilishi lozim. Fikrimizcha, O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki tijorat banklarining muddati o‘tgan kreditlarining yo‘l qo‘yish 
mumkin bo‘lgan chegaraviy darajasini 5% darajasida belgilashi va unga rioya 
qilinishi ustidan nazorat o‘rnatishi lozim. 5% deyishimizning sababi shundaki, 
Xalqaro ta’mirlash va taraqqiyot banki ekspertlarining tavsiyasiga ko‘ra, tijorat 
banklarida muddati o‘tgan kreditlarning brutto kreditlar hajmidagi salmog‘ining 
yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan chegaraviy darajasi 5 foizni tashkil qilishi lozim. 
Xalqaro bank amaliyotida ushbu tavsiya me’yoriy ko‘rsatkich sifatida qabul 
qilingan. 
Bazel-II standartida operatsion risk bo‘yicha kapitalning yetarliligini 
hisoblash uchun uch usuldan foydalanish tavsiya etilgan. Birinchi usul bazaviy 


52 
indikator usuli, ikkinchi usul – standart usul, uchinchi usul esa, kengaytirilgan 
usul hisoblanadi.
Bazel-II talablarida kapitalga nisbatan talabni aniqlashda operatsion risklarni 
o‘lchashning 3 ta usuli: baza ko‘rsatkichlari asosida yondashuv, standartlashgan 
yondashuv, rivojlantirilgan yondashuvni keltiradi. 
Baza ko‘rstakichlari asosida yondashuvda bank operatsion risklarni qoplash 
uchun oxirgi uch yilda o‘rtacha yillik yalpi ijobiy foydaning 15% iga teng kapitalni 
ko‘zda tutishi lozim. Kapitalni hisoblash formulasi quyidagicha:


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет