Норбоев Абдулла Ориф ўғли


III BOB. BANK RISKLARINI BOSHQARISH BILAN BOG’LIQ MUAM-



Pdf көрінісі
бет27/30
Дата07.02.2024
өлшемі0.9 Mb.
#491108
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

III BOB. BANK RISKLARINI BOSHQARISH BILAN BOG’LIQ MUAM-
MOLAR VA ULARNING YECHIMI 
Respublikamiz tijorat banklarining faoliyatidagi risklarni boshqarish 
samaradorligini oshirish borasidagi asosiy muammolar, xususan kredit riski va uni 
baholash masalalari qator iqtisodchi olimlarning ilmiy izlanishlarida o‘z ifodasini 
topgan. Masalan, prof.V.Usoskin o‘zining “Zamonaviy tijorat banki: boshqaruv va 
operatsiyalari” nomli monografiyasida mijozni bank tomonidan kredit liniyasi 
ochish yo‘li bilan kreditlash orqali kredit riski darajasini sezilarli darajada 
pasaytirish mumkin, degan xulosaga keldi
44
. Uning fikriga ko‘ra, kredit liniyasi 
orqali mijozni kreditlashda kompensatsion qoldiqdan foydalanish mijozning 
kreditni qaytarish bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lov yukini kamayishiga olib keladi. Bu 
esa, o‘z navbatida, kredit riski darajasining pasayishiga sabab bo‘ladi. 
Fikrimizcha, kompensatsion qoldiqni O‘zbekiston Respublikasi bank 
amaliyotida qo‘llash kredit liniyasining kreditlash shakli sifatidagi jozibadorligini 
oshiradi.D.Polfreman, F.Fordlar muallifligidagi “Bank ishi asoslari” kitobida 
mijozning kredit yig‘ma jildini o‘rganishga e’tiborni kuchaytirish orqali banklar 
faoliyatidagi kredit riski darajasini pasaytirishni taklif qilingan
45
.
Fikrimizcha, mijozlarning kredit yig‘ma jildi asosida ularning kredit tarixini 
o‘rganish respublikamiz bank amaliyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 
Chunki, mijozlarning ma’lum qismi moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘la turib, 
kreditni qaytarmaydilar. Ushbu toifa mijozlar uchun kredit tarixi asosida kredit 
berish to‘g‘risidagi qarorning qabul qilinishi banklar faoliyatidagi kredit riskini 
sezilarli darajada kamaytirgan bo‘lar edi. O’zbekistan Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2004 yil 23 apreldagi 197-sonli «Qarz oluvchilarning kredit tarixi 
to’g’risidagi axborotni hisobga olish tizimini shakllantirish chora-tadbirlari 
to’g’risida»gi qaroriga asosan Markaziy bank huzurida Kredit Axboroti Milliy 
Insititutining (KAMI) tashkil qilinishi banklarning kredit riski bilan bog’lik 
muammolarini kamaytirishda muhim qadam bo’ldi. Shuningdek, Kredit riski bilan 
44
М.О.Маркова Н.Н.Мартыненко О.С.Рудакова, Н.В.Сергеева Банковские операции 2012 
45
О.И. Лаврушин О.Н.Афаньсева С.Л.Корниенко Банковское дело 2009 


64 
bog’liq muammolarni kamaytirish usullaridan biri bo’lib, kreditni sindikatlashgan 
asosda berish hisoblanadi. Respublikamizda yirik investitsiya loyihalarini 
sinditsiyalashtirilgan kreditlash amaliyoti Markaziy bank Boshqaruvining 2005 yil 
16 iyuldagi 15/4-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Tijorat banklari tomonidan yirik 
investitsiya loyihalarini sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish tartibi 
to’g’risida"gi Nizom asosida tartibga solinadi. 
Ushbu Nizomga muvofiq umumiy qiymati tijorat banklarining birinchi 
darajali kapitalining 25 foizidan oshadigan investitsiya loyihasi yirik investitsiya 
loyihasi hisoblanadi. Bunda sinditsiyalashgan kreditlar faqat yuridik shaxslarga 
beriladi. Sinditsiyalashtirilgan kreditlashda tashabbus bilan chiqqan va zimmasiga 
ishtirokchi-banklar nomidan kredit hujjatlarini yuritish mas’uliyati yuklatilgan qarz 
oluvchining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’iga xizmat 
ko’rsatuvchi bank yetakchi bank hisoblanadi. Yetakchi bank tomonidan muammoli 
kreditni paydo bo’lishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar boshqa 
ishtirokchi banklar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 
Tijorat banklari kredit bo‘linmalari xodimlarining korxonalar moliyaviy 
hisobotlarini tahlil qilish borasidagi bilimi va tajribalarini oshirish choralarini 
ko‘rish lozim. 
Bank xodimlarining moliyaviy tahlil sohasida chuqur bilim va 
ko‘nikmalarga ega bo‘lishi mijozlarning kredit to‘loviga layoqatliligini to‘g‘ri 
baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki moliyaviy ko‘rsatkichlarni ham, 
mijozlarning pul oqimini ham to‘g‘ri hisoblash moliyaviy hisobotlarda keltirilgan 
ma’lumotlarning haqqoniyligiga bog‘liqdir. 
Sh.Abdullaeva tijorat banklari faoliyatidagi kredit riskini boshqarishni 
takomillashtirish yo‘li bilan kredit portfelining sifatini oshirish mumkin, deb 
hisoblaydi
46
. Shu bilan birga,
 
respublikamizning qator tijorat banklarida kredit 
portfelini diversifikatsiyalash talabiga rioya etilmayotganligi kredit riski 
muammosini keskinlashishiga olib keladi. Buning boisi shundaki, bank 
46
Абдуллаева Ш.З. Банк рисклари ва кредитлаш.– Т.: Молия, 2002 й. 


65 
kreditlarining asosiy qismi joylashtirilgan tarmoqda foyda normasining pasayishi 
muddati o‘tgan kreditlar hajmining keskin o‘sishiga olib keladi.
Z.Umarovaning fikriga ko‘ra, tijorat banklari faoliyatidagi kredit riski 
darajasini pasaytirish uchun tijorat banklarining investitsion kreditlaridan 
foydalanish uchun taqdim etilgan biznes-rejalardagi ko‘rsatkichlarni yetarli 
darajada asoslanmaganligi, berilgan kreditlar ustidan yetarli darajada monitoring 
o‘rnatilmaganligi. 
Biznes-rejalarda 
yetarli 
darajada 
asoslanmagan ko‘rsatkichlarning 
mavjudligi investitsion kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik hajmining 
oshib ketish xavfini yuzaga keltiradi. Afsuski, tijorat banklari mijozlarining 
aksariyat qismi biznes-reja tuzishda yetarli bilim va malakaga ega emas. 
Achinarlisi, ular biznes rejaga kredit olish uchun talab etiladigan rasmiy bir 
hujjatdek yondashmoqdalar.
Amaliyotda yuzaga kelayotgan muammoli kreditlarning sezilarli qismi 
tijorat banki mansabdor shaxslarining kredit berish mexanizmi qoidalariga rioya 
etmagan holda o‘z mansab vakolatini suiste’mol qilishi, ya’ni mansabdor 
shaxsning o‘z mansab vakolatidan noqonuniy foydalanishi oqibatida yuzaga 
kelmoqda.
Tijorat banklarining kreditlash amaliyotini tahlil qilish natijalari shui 
ko‘rsatmoqdaki, ayrim tijorat banki rahbarlari o‘z mansab vakolatlaridan 
foydalanib kredit qo‘mita a’zolari fikri bilan ham hisoblashmagan holda yoki 
qo‘mita qaroriga salbiy ta’sir etishi natijasida moliyaviy jihatdan beqaror bo‘lgan, 
biznes rejasida ko‘rsatkichlar real bo‘lmagan ayrim mijozlarga majburiyat 
ijrosining ta’minotisiz kreditlar bermoqdaki, buning oqibatida muammoli kreditlar 
miqdori ortmoqda. 
Tijorat banklarining kredit siyosatiga Markaziy bank tomonidan 
qo‘yiladigan talablarda berilgan kreditlar ustidan doimiy monitoringni amalga 
oshirishning zarurligi belgilab qo‘yilgan. Mazkur monitoringda quyidagi holatlar 
tekshirilishi lozim: 


66 
 kredit olgan sub’yektning xo‘jalik-moliyaviy faoliyati; 
 qarzdorning tuzilgan shartnomalarga muvofiq mahsulot etkazib berish 
majburiyatlarini bajarishi; 
 kredit olgan sub’yektning ishlab chiqarish hajmlari, noishlab chiqarish 
xarajatlari va yo‘qotishlari, muomala chiqimlari, foydasi, o‘z aylanma 
mablag‘larining yetarliligi; 
 qarzdorning tovar-moddiy boyliklar zaxiralari ahvoli; 
 debitor qarzdorlikning aylanish darajasi; 
 asosiy vositalarning aylanishi va h.k
47

Banklar amaliyotida eng keng tarqalgan, kredit riskini kamaytirish 
maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim: 

Qarzdorning kreditga bo‘lgan layoqatliligini baholash. Bu usul mijoz 
reytingini aniqlashni ko‘zda tutadi. Qarzdorni baholash mezonlari har 
bir bank uchun qattiq individuallashgan bo‘lib, uning amaliyotidagi 
mavqeidan kelib chiqishi va vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqilishi 
lozim. 

Bir qarzdorga beriladigan kreditning hajmini kamaytirish.Bu usul mijozning 
kreditga layoqatliligiga to‘liq amin bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi. 

Kreditlarni sug‘urtalash. Kreditni sug‘urtalash uning qaytmaslik riskini 
to‘liq sug‘urtalash bilan shug‘ullanuvchi tashkilot zimmasiga yuklanishini 
ko‘zda tutadi. Sug‘urtalash bilan bog‘liq barcha xarajatlar ssuda 
oluvchilar tomonidan to‘lanadi. 

Yetarli ta’minlanishni talab qilish. Bunday usul bankdan berilgan 
summaning qaytishini va foiz olinishini kafolatlaydi. Kredit riskidan 
himoyalanishda asosiy e’tibor zararlarni qoplash uchun mo‘ljallangan 
yetarli ta’minotni jalb qilishga emas, balki ushbu zararlarga 
yo‘l qo‘ymaslik uchun qarzdor kreditga layoqatliligini tahlil qilishga 
qaratadi. 
47
Умарова З.С. Ўзбекистон Республикасида тижорат банклари кредит эмиссиясини тартибга солишни 
такомиллаштириш йўналишлари. И.ф.н. илм. дар. ол. уч. тақд. эт. дисс. автореф. – Тошкент, 2011. – Б. 79-80. 


67 

Diskontli ssudalar berish. Diskontli ssudalar unchalik katta bo‘lmagan 
darajada kredit riskini pasaytirishga yordam beradi. Bunday usulda kredit 
berish kreditga minimum to‘lov olishni ta’minlaydi. 
Shuningdek, kredit risklarini boshqarish usullari qilib quyidagilar ham olinsa 
bank uchun kredit riskini boshqarishda qulayliklar tug’dirishi mumkin: 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет