INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
«GLOBAL SCIENCE AND INNOVATIONS 2020: CENTRAL ASIA»
NUR-SULTAN, KAZAKHSTAN, FEB-MARCH 2020
173
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida uyadosh so‘zlar bo‘yicha quyidagi mashqlarni
bajarish mumkin:
a)
Umumiy nom – jins nomini ataydigan so‘zlarni berib, ularning turini atovchi
so‘zlar toppish. Masalan, o‘quvchilarga daraxt, ot, idish, baliq kabi so‘zlar beriladi. O‘quvchilar
quyidagicha uyadosh so‘zlar topadi:
1.
Daraxt – tol, terak, qayin,chinor, o‘rik, jiyda va boshqalar.
2.
Ot – baytal, ayg’ir, saman, jiyron, biya, qulun va boshqalar.
3.
Idish – tovoq, kosa, payola, stakan, choynak, qozon va boshqalar.
4.
Baliq – laqqa, cho‘rtan, sazan, do‘ngpeshona va boshqalar.
O‘qituvchi bu qatorlarni to‘ldiradi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, uyadosh so‘zlar
alohida-alohida narsalarni atab kelgani tufayli o‘qituvchi bu so‘zlar atagan narsa, hayvon,
o‘simliklarning rasmini ham o‘quvchilarga ko‘rsatsa, bolalar yanada kengroq, batafsilroq
ma’lumot oladi.
b)
Turli yuaga mansub so‘zlar bir joyda, aralash holda beriladi. O‘quvchilarga bu
so‘zlarni alohida-alohida uyaga ajratish topshiriladi. Masalan, quyidagi so‘zlar beriladi: atirgul,
ro‘mol, amiri, lola, salla, jambil, handalak, laqqa, nilufar, telpak, sazan, rayhon, do‘ppi,
cho‘rtan, boltayutar, sadarayhon.
O‘quvchilar bu so‘zlarni to‘rt guruhga ajratadi: 1. Gul. 2. Qovun. 3. Bosh kiyim. 4. Baliq.
O‘qituvchi ma’lum uyalarga umumiy nomi jins nomini bildiruvchi so‘zlarni
o‘quvchilarga yozdirib, ularga bu jinsning turi, navi, xillarini bildiruvchi so‘zlar va ularning
ma’nosini topishni vazifa qilib beradi. O‘quvchilar bu vazifani bajarishda turli lug’at, kitoblardan
foydalanadi, izlanadi. Demak, uyadosh so‘zlarni izlash o‘quvchilarni lug’at bilan ishlashga
o‘rgatadi.
Uyadosh so‘zlarni o‘rganish jarayonida umumiy va xususiy ma’noli so‘zlar ustida,
ularning ishlatilish o‘rinlari ustida ishlash zarur. Bu ish uyadosh so‘zlardan foydalanib, tabiat
manzarasi inson qiyofasi tasviriga oid matnlar yaratish bilan yakunlanadi.
Uyadosh so‘zlarni tushuntirishning eng samarali usuli xususiy ma’noli so‘zlarning
rasmini ko‘rsatishdir. Masalan, uzum uyadoshlarini tushuntirishda o‘quvchilarga husayni,
kishmish, kelinbarmoq, toyfi kabi uzumlarning rasmi ko‘rsatilishi kerak. Shundan so‘ng har bir
uyadosh so‘zning ma’nosi ustida ishlanadi. Masalan, Kishmish qanaqa uzum? Bulbul qanday
qush? Olma qanday meva?
2-sinf “Ona tili” darsligida o‘simlik, qush, hayvonlarga bag’ishlangan matnlar bor:
:Kanareyka” (94-mashq), “Archa” (150-mashq), “Xonqizi” (250-mashq), “Gulbeor”, (294-
mashq), “Chumchuq” (297-mashq), “Zarg’aldoq”(286-mashq). Bunday matnlar o‘quvchilarning
muayyan qush, hayvon, hasharot, o‘imlik haqidagi tasavvurini kengaytiradi. O‘qituvchi
o‘quvchilarga darsda yoki uyda shunday matnlar tuzishni topshirishi mumkin.
O‘qish darslarida ham o‘quvchilar nutqini uyadosh so‘zlar bilan boyitish imkoniyati
katta. O‘qish darslarida uyadosh so‘zlar ustida ishlashda “O‘qish kitobi” darsligidagi badiiy
matnlarda qo‘llangan uyadosh so‘zlar ustida ish olib boriladi. 4-sinf o‘qish darsligida
Sh.Sa‘dullayevning “Qovun sayli” hikoyasi berilgan. Bu hikoyada qovun va tarvuz
uyadoshlariga mansub so‘zlar qo‘llangan. O‘qituvchi bu hikoyani o‘qitish jarayonida
o‘quvchilarga quyidagicha savol beradi:
O‘quvchilar, hikoyada qovun nomini bildiruvchi qanday so‘zlar qo‘llangan?
Handalak, umbirvoqi, ko‘kalapish, doniyor so‘zlari, - javob beradi o‘quvchilar.
O‘qituvchi: Kelinglar, o‘quvchilar, handalak, umbirvoqi, ko‘kalapish, doniyor qanday
qovun ekanligini lug’atdan o‘qiymiz, - deb taklif qiladi.
Bunda “Boshlang’ich sinf o‘quvchilari uchun izohli lug’at” qo‘llanmasidan foydalaniladi
[3].
O‘quvchilar bu so‘zni lug’ardan topib o‘qiydi:
|