Норбоев Абдулла Ориф ўғли


Bank risklarini boshqarish va uning nazariy asoslari



Pdf көрінісі
бет11/30
Дата07.02.2024
өлшемі0.9 Mb.
#491108
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

1.3. Bank risklarini boshqarish va uning nazariy asoslari 
Bank faoliyatini risksiz tasavvur qilish mumkin emas. Albatta risk har 
qanday biznesda ham bo‘ladi. Lekin faoliyat xususiyatidan kelib chiqiladigan 
bo‘lsa, bank biznesi uchun risk albatta va darhol yuz beradigan jarayon 
hasoblanadi. Shu tufayli, bu yerda gap bank faoliyatida riskdan umuman qochish 
to‘g‘risida emas, balki uni oldindan ko‘ra bilish va minimal darajaga tushirish 
haqida boradi. Riskni boshqarish aksariyat hollarda bankning o‘z mablag‘larining 
bir qismini yo‘qotish “xavfi”, daromad ololmay qolish yoki moliyaviy 
operatsiyalarni amalga oshirish natijasida qo‘shimcha xarajatlarga yo‘l qo‘yib 
bo‘lsada jarayonni ijobiy natija bilan yakunlashni maqsad qilib qo‘yadi. 
Bank faoliyati jamg‘arma egalariga foizlar to‘lash, boshqa moliya-kredit 
institutlaridan xarid qilingan kredit resurslariga to‘lovlar, bank xizmatchilari ish 
haqqisi uchun mablag‘lar ajratish va boshqa operatsion xarajatlarga bevosita 
bog‘liqdir. Bu yerda risk jamg‘armalarga bo‘lgan foizlarning, kredit resurslari 
qiymatining, ish haqi to‘lovlarining oshishi muhim bo‘lib qolganda paydo bo‘ladi. 
Risklarni aniqlab uni boshqara olmaslik natijasida yuzaga keluvchi to‘liq 
daromad ololmaslik yoki kutilgandan ko‘ra ko‘proq xarajat qilib yuborishlik riski 
bo‘lg‘usi operatsiyalarning, hisobotlarning yetarli tahlil qilinmaganligi, vaziyatni 
to‘g‘ri baholanmaganligi yoki ko‘zda tutilmagan holatning paydo bo‘lishi 
natijasida yuz beradi. Hozirgi vaqtda ixtisoslashgan, tarmoq va universal 
banklarning mavjudligi banklar uchun bank riski ko‘lamlarini har xillashtiradi. 
Ixtisoslashgan banklarning bir soha, bir tarmoqni kreditlashga moslashuvi ular 
faoliyatida risklarning yuqori bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bu holat bank riskini 
boshqarishning asosiy usullarini jumladan, hukumat kafolatini olish, garov 
huquqini joriy qilish va boshqalarni talab qiladi. 


25 
Bank riskini boshqarish tizimi riskning yuzaga kelishini oldindan xomcho‘t 
qilish, risk tufayli yuzaga keladigan holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yoki ularning 
ta’sirini kamaytirish borasida chora-tadbirlar, usullar yig‘indisini o‘z ichiga oladi. 
Bank riskini boshqarish tizimi ikki asosiy kichik tizim: boshqarish ob’yekti va 
boshqarish sub’yektidan iborat bo‘ladi. 
Riskni boshqarish tizimida boshqarish ob’yekti-bu bank faoliyatidagi risk, 
bank bilan mijoz o‘rtasidagi yoki kreditor bilan qarz oluvchi o‘rtasidagi iqtisodiy 
munosabatlar, bankning mablag‘larini jalb qilish va ularni joylashtirish bilan 
bog‘liq operatsiyalarda yuzaga keluvchi risklar bo‘lsa, risklarni boshqarish 
tizimining sub’yekti bu riskda o‘z ta’sirini o‘tkaza oluvchi guruh, tadbirkor, bank, 
risk bo‘yicha menejerlar hisoblanadi
22
.
Bank riskini boshqarish banklar faoliyatini chuqur bilish, ular bajaradigan 
operatsiyalarining samaradorligini aniqlay olish bankning kredit, investitsiya, 
valyuta siyosati va boshqa faoliyat turlari bo‘yicha optimal qarorlar qabul qilishga 
erishish, mijozlarning xo‘jalik faoliyati va ularning moliyaviy ahvoli tarmoqlar 
faoliyatining xususiyatlarini o‘z ichiga oladi. 
Bank 
faoliyatidagi 
tavakkalchiliklarni 
boshqarish 
quyidagi 
asosiy 
maqsadlarda tashkil etiladi: 

bank omonatchilari va kreditorlari, aksiyadorlari manfaatlarini himoya 
qilish; 

bank tavakkalchiliklarini kamaytirish, bartaraf etish va oldini olish

bank faoliyatining yetarli darajadagi barqarorligini ta’minlash. 
Bank riskini boshqarishda bank boshqaruvchisining asosiy vazifasi bank 
faoliyatini olib borishda yuzaga keladigan daromad bilan unda yuzaga keluvchi 
risklar o‘rtasidagi optimal variantini topishdan iborat. 
Tijorat banklarida riskni boshqarish strategiyasini ishlab chiqishda 
korxonalardagi foydalanilmagan rezervlarni baholash va bank xizmatining asosiy 
yo‘nalishini aniqlab olish uchun o‘rtacha tarmoq riskining hajmini hisobga olish 
22
Р.Г.Одьхова Банковское дело: управление в современноми банке 2009 


26 
zarur. Hozirgi kunda tijorat banklari tomonidan kreditlash jarayonini olib borishda 
tarmoq risklari deyarli inobatga olinmaydi. 
Tarmoq riski kredit riski bilan bog‘liq bo‘lib, unga bevosita ta’sir qiladi. 
Shunga asoslangan bank tarmoq siyosatini tuzishda nafaqat mijozlar, balki sohalar 
to‘g‘risida keng axborotlarga ega bo‘lishi, tarmoq riskini baholashda quyidagilarni 
hisobga olishi kerak: 
 aniq davr mobaynida ushbu tarmoqning hamda qo‘shimcha sohalarning
faoliyati; 
 ularning mamlakat iqtisodiyotiga nisbatan barqarorligi; 
 turli xil firmalarning bir yoki boshqa sohadagi faoliyatlari natijalariga 
sezilarli mos kelmasliklarning mavjudligi va boshqalar. 
Tarmoq riskini baholovchi ko‘rsatkichlaridan biri biror iqtisodiy faoliyat 
natijalariga nisbatan soha faoliyati natijasining o‘zgarishidir. Bu xil risk xalqaro 
amaliyotda «beta» harfi bilan belgilanadi. Beta ko‘rsatkichi birga teng bo‘lsa, bu 
bozor iqtisodiyoti uchun me’yor hisoblanadi. Ko‘rsatkich birdan kam bo‘lsa u 
nisbatan barqaror soha bo‘ladi va katta o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Beta ko‘rsatkichi 
birdan katta bo‘lganda tarmoqda katta o‘zgarishlar mavjudligi kuzatiladi. Shu 
sababli «beta» ko‘rsatkichi qancha yuqori bo‘lsa, tarmoq riski shunchalik kuchli 
bo‘ladi. «Beta» ko‘rsatkichini hisoblash uchun keng axborotlar kerak. Odatda 
tarmoq riskini tahlil qilishda ushbu ko‘rsatkichni hisoblash sohaning kelajakdagi 
ishi bilan bog‘liq holati maxsus agentliklar tomonidan amalga oshirilgan regressiv 
tahlil bilan solishtiriladi. 
Xalqaro amaliyotda tarmoq riski uchun axborotlar ushbu axborotlaga ega 
bo‘lgan tashkilotlardan olinadi. Birok ko‘rib o‘tilgan analitik yondashuv bo‘lmasa, 
unda muqobil sifatida:

sohaning hayotiy sikli bosqichi; 

sohada ichki raqobat muhiti kabi maxsus omillar ko‘rib chiqiladi. 
Sanoatni olib qaraydigan bo‘lsak, unda hayotiylik sikli bir nechta bosqichga 
bo‘linadi. Kelajak va hozirgi rejada xususiyatiga ega bo‘lgan risklarning o‘rnini 
aniqlash muhimdir. 


27 
Raqobatning ichki muhiti biror bir tarmoqqa qarashli firmaning barqarorligi 
haqidagi axborotning qo‘shimcha manbai hisoblanadi. Raqobatning soha ish 
muhitini baholashda baho va nobahoviy raqobatning darajasi, tarmoqqa kirishning 
yengilligi yoki murakkabligi, baho bo‘yicha raqobatdosh o‘rin bosuvchilarning 
yetishmasligi yoki borligi, sotib oluvchining bozor qobiliyati, siyosiy va ijtimoiy 
muhit kabi axborotlar qo‘llaniladi. 
Bank mijozlarining tarkibiy tuzilishi bank riski va uning darajasini hisoblash 
usulini aniqlab berishi mumkin. Kichik qarzdorning faoliyati yirik qarzdornikiga 
nisbatan bozor iqtisodiyotining kutilmagan vaziyatlariga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi. 
Shu bilan bir vaqtda, bir mijozga yoki biri bilan aloqador qarzdorlar guruhiga 
berilgan yirik kreditlar ko‘pincha banklarning inqiroziga sabab bo‘ladi. Bank riski 
darajasini boshqarishda bank o‘tkazaladigan operatsiyalarning kafolatlanganligi, 
sug‘urtalanganligi va boshqa tartibga solish usullaridan foydalanganligiga qarab 
to‘la, o‘rtacha va past risklar yuzaga kelishini hisobga olish lozim. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida risklarni vaqt bo‘yicha taqsimlash muhim omil bo‘lib xizmat 
qiladi. Banklarning asosiy operatsiyalari o‘tgan va hozirgi risklarga , boshqalari 
esa kelgusi risklarga tortilgan bo‘ladi. Hozirgi risklarga kafolat berish bo‘yicha 
operatsiyalar, hujjatlashtirilgan akkreditiv operatsiyalari, regress huquqi bilan 
aktivlarni sotish va boshqalar kiradi. Lekin kafolatning o‘zini ma’lum muddatdan 
so‘ng to‘lab berish, bank krediti hisobidan akkreditivni amalga oshirish ehtimolligi 
shu operatsiyalarni kelgusi riskga tortadi. Bank riskini boshqarish jarayonida 
e’tiborga molik soha risklarning hisobga olish xususiyatidan kelib chiqqan holda 
balans operatsiyalari bo‘yicha va balansdan tashqari operatsiyalar bo‘yicha 
risklarga bo‘linishidir. 
Bank risklarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqishda risklarning 
quyidagi asosiy turlariga e’tiborni jalb qilish lozim: 
 Depozitlarni shakllantirish riski; 
 Yangi faoliyat turi riski; 
 Lizing kelishuvi riski; 
 Qarzdorning o‘z moliyaviy majburiyatlari yuzasidan bajarmagan faoliyat 


28 
bilan bog‘liq kredit riski; 
 Bozor foiz stavkalarining tebranish ehtimoli bilan bog‘liq foiz risklari; 
 Qimmatli qog‘ozlarning qadrsizlanish ehtimoli bilan bog‘liq bozor riski; 
 Valyuta kurslari tebranishi bilan bog‘liq valyuta risklari. Bank bunday 
riskka chet el valyutasida turli xildagi operatsiyalarni o‘tkazish va valyuta 
oldi-sotdisi, valyutaviy kreditlar berish natijasida duch keladi. 
Bank risklarini boshqarish strategiyasi bankning barcha imkoniyatlaridan 
to‘la foydalanish, bankni rivojlantirish istiqbollarini belgilab beradi va bank 
risklarining oldini olib banklar faoliyatining samaradorligini oshirishga imkon 
yaratadi. Risklarni boshqarish strategiyasining maqsadi va vazifalari ko‘p darajada 
bank ishlaydigan tashqi iqtisodiy muhitga bog‘liq. Oxirgi yillarda bank faoliyatiga 
ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi iqtisodiy muhit sifatda inflyatsiyaning mavjudligi, 
banklar va ularning shu’balarining sifatli faoliyat ko‘rsatishlari, banklar 
faoliyatining Markaziy bank tomonidan muvofiqlashtirilib borilishi, banklar yangi 
xizmatlarining yuzaga kelishi, banklar o‘rtasidagi raqobatning yuzaga kelishi va 
yirik banklar tomonidan mayda kredit muassasalarining qamrab olinishi, xo‘jalik 
sub’yektlari faoliyatining o‘zgarishi, bozor munosabatlariga moslashuvi natijasida 
aylanma kapitallarga bo‘lgan ehtiyojning o‘sishi natijasida bankning kredit 
resurslariga bo‘lgan talabi ortib borishi tufayli faqat bank risklarini o‘z vaqtida 
sezish va boshqarish yo‘li bilan bank faoliyatining ijobiyligiga erishish mumkin. 
Bank risklarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish uchun bank 
faoliyatini chuqur bilish, bank bajaradigan operatsiyalarning samaradorligini 
aniqlay bilish, bankning kredit, investitsiya, valyuta siyosati va boshqa faoliyatlari 
bo‘yicha optimal qarorlar qabul qilishga erishish, mijozlarning xo‘jalik faoliyati va 
ularning moliyaviy ahvoli, tarmoqlar faoliyatining xususiyatlari va boshqalarni 
bilish lozim.
Bank risklarini boshqarishni samarali tashkil etish ularni muayyan belgilari 
bo’yicha aniq guruhlarga bo‘lish bilan bog‘liq. Risklarning ilmiy asoslangan tasnifi 
ularni har birining umumiy tizimdagi o‘rnini belgilash, ularni boshqarishning 
samarali usullarini qo‘llash imkonini beradi. Quyidagi jadvalda bank risklarini 


29 
boshqarish jarayonining vazifalarini belgilovchi to‘rtta asosiy bosqichi 
ko‘rsatilgan: 
3-jadval 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет