Тиллабаева Зилола Рахматиллаевна


KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)



бет3/30
Дата07.08.2024
өлшемі179.46 Kb.
#503126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Tillabayeva avtoreferat lotincha

KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon tilshunosligida turli oilalarga mansub tillarning rivojlanish qonuniyatlari, bir-biriga ta’siri, buni yuzaga keltiruvchi omillar, muloqot vositasi sifatida amalda bo‘lgan tilning grammatik qurilishi, lug‘aviy tarkibida bo‘layotgan o‘zgarishlar, ularni oziqlantirib turuvchi manba hisoblangan shevalar va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar tarixi olis davrlarga borib taqaladi. Bugungi globallashuv, kommunikatsion texnologiyalar rivojlangan davrda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar tillar lug‘aviy tarkibiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Shu bois jahon tilshunosligida til tizimida yuzaga kelayotgan yangilanishlarni zamonaviy tadqiqot usullari vositasida tadqiq etish, bu boradagi ilmiy kuzatishlar ko‘lamini kengaytirish hamda adabiy til manbalarini zamonaviy andazalar asosida o‘rganishni keng yo‘lga qo‘yish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Dunyo lingvistika fanida, shuningdek, ta’lim tizimining turli bosqichlarida adabiy tilning funksional imkoniyatlarini kengaytirish, rivojlanish bosqichlari, bilingvizm hodisasi, lug‘aviy tarkibga kirib keluvchi shevaga oid leksik birliklar va uning uyg‘unligini ta’minlash yo‘l-yo‘riqlarini ishlab chiqish muhimligi qayd etiladi. Binobarin, shevaga oid birliklarning leksik xususiyatlarini o‘rganish, dialekt leksik tarkibida yuz beruvchi hodisalar mohiyatini tadqiq etish adabiy til rivojiga, lug‘aviy sath takomillashuviga xizmat qiladi hamda bu hol tadqiqot mavzusining dolzarbligini belgilab beradi.
Mustaqillik yillarida o‘zbek tilshunosligi o‘zbek shevalari, ularning grammatik qurilishi, fonetik tuzilishi, lug‘aviy tarkibida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni o‘rganish bo‘yicha jiddiy yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, shevalarga adabiy tilni oziqlantirib turuvchi manba sifatida munosabatda bo‘lish, sheva va adabiy til munosabatini o‘rganish, ayniqsa, shahar tipidagi lahjalarni tadqiq etish usullari va metodologiyasini zamonaviy talablar darajasida ishlab chiqish dialektologiya sohasi rivojiga xizmat qilishiga ko‘ra nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Zero, Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev: “Milliy o‘zligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash”1 zarurligini bejizga ta’kidlab oʻtmaganlar. Zotan, “til doimo o‘sishda, rivojlanishda bo‘lgan dinamik hodisadir”2. Shu sababdan o‘zbek tilshunosligida xalq shevalarining leksik xususiyatlarini alohida tadqiqot obyekti sifatida tadqiq etish muhim va dolzarb masala hisoblanadi. Bu esa mazkur ish mavzusining o‘zbek tilshunosligi uchun dolzarb ekanligini belgilab beradi. Yurtimiz mustaqillikka erishgach, milliy qadriyatlarni jonlantirish, asrab-avaylash, keng koʻlamda targʻib qilish davlat siyosati darajasigacha koʻtarildi. Bu, shubhasiz, milliy madaniyatimizning ajralmas qismi sanaluvchi shevalarimizga ham xos.
Mazkur dissertatsion ishimiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga moʻljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘gʻrisida”gi Farmonlari, 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlarda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga muayyan darajada xizmat qiladi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет