Тиллабаева Зилола Рахматиллаевна


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishi ustuvor yo‘nalishlariga mosligi



бет4/30
Дата07.08.2024
өлшемі179.46 Kb.
#503126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Tillabayeva avtoreferat lotincha

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishi ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Dissertatsiya tadqiqoti respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari” ustuvor yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan.
Muammoning o‘rganilish darajasi. Shevalarning lug‘aviy tarkibi, qo‘llanish hududi, chegaralarini belgilash orqali ularning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Ularni o‘rganish bo‘yicha xorij va o‘zbek tilshunosligida bir qancha salmoqli tadqiqotlar amalga oshirilgan. G‘arb tilshunosligida dialektlarni o‘rganishga oid tadqiqotlar o‘rta asrlarda Germaniya, Fransiya va Italiyada yuzaga kelgan edi.3 Jumladan, shevalarga xos bo‘lgan xususiyatlarning adabiy tilga siljiganligi o‘z navbatida Yevropa adabiyotiga ta’sir qildi. Adabiyotdagi turli janrda yaratilgan asarlarda sheva xususiyatlari bir dialektga xos jihatlarni boshqa dialektga mansub kishilar tomonidan tushunilishida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini bajardi.
Qayd etish lozimki, dialektlarning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish asta-sekinlik bilan rivojlanib, uning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqishga oid tadqiqotlar yuzaga keldi.4 Bu ishlarda olimlar mavzu mohiyatini yoritishda tadqiq uchun tanlangan hududning joylashuvi, turli millatlar yashashi, o‘zaro muloqotda qaysi tillarning ko‘p qo‘llanishiga ko‘ra tillar orasida aloqalarning mavjudligi natijasida kelib chiquvchi bilingvizm nuqtai nazaridan yondashganlar.
O‘zbek tilshunosligida turkiy xalqlar shevalarini o‘rganish bo‘yicha M.Koshg‘ariy, M.Zamaxshariy, A.Navoiy kabi adiblar ham kuzatishlar olib borganligi ma’lum. O‘n to‘rt yil davomida turkiy ellarni kezib material to‘plagan, 6800dan ziyod turkiy so‘zlarni guruhlagan M.Koshg‘ariy ba’zi turkiy xalq va elatlarning ikki tilli ekanini va bu o‘z navbatida xalq tilida ayrim salbiy jihatlarni keltirib chiqarayotganligini qayd etadi5.
O‘tgan asr boshlarida o‘zbek xalq shevalarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish kuchaydi. Rus va o‘zbek olimlari tomonidan o‘zbek tili lahjalarini tadqiq etish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Rus olimlaridan Y.D.Polivanov o‘zbek shevalarida vokalizm to‘g‘risida tadqiqot olib bordi 6, A.Borovkov esa shevalarni tadqiq etar ekan, o‘z e’tiborini o‘zbek-tojik ikki tilliligiga qaratdi7. N.A.Baskakov8, M.Sh.Shiraliyev9, E.V.Sevortyan10, N.Z.Gadjiyeva11 kabi olimlar ham turkiy tillar shevalarini o‘rganish bo‘yicha salmoqli ishlarni amalga oshirdilar. O‘zbek dialektologiya sohasida shevalarni yaxlit holda oʻrganishga Abdurauf Fitrat, M.Behbudiy, Gʻozi Olim Yunusov, Y.D.Polivanov, K.Yudaxin, A.K.Borovkov, V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov, A.Shermatov, S.Ibrohimov, F.Abdullayev, M.Mirzayev, X.Doniyorov, B.Jo‘rayev, O.Madrahimov, N.Rajabov kabi olimlarning mehnati samarasi oʻlaroq, monografik tadqiqotlar yaratildi. 12. O‘zbek shevalarining leksik xususiyatlari A.To‘raqulov, N.Murodova, M.Saidova, M.Begaliyev, R.Yo‘ldoshev, A.Allaberdiyev, Y.Bobojonov, N.Shoimova kabi zahmatkash olimlarning ishlarida tarixiy-qiyosiy usuldan foydalanilgan holda tadqiq qilingan13. U.Tursunov, B.O‘rinboyev14, X.Doniyorov15, K.Yusupov16, D.Ishondadayev17, H.G‘ulomov18, B.Djaborov19 O.Azizov, J.Bo‘ronov, T.Rahmonov, M.Mirzayev20, E.Panasenko21, R.Rajabova22 R.Xidirov23, M.Zokirov24, Sh.Jo‘rayev25 kabi olimlar tomonidan yaratilgan tadqiqotlarda shevalar bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar berilgan. Ayniqsa, sheva materiallarini to‘plash va tadqiq etish bo‘yicha bu davrda Samarqand davlat universitetida V.Egamov, N.Rajabov, M.Valiyevlar tomonidan Baxmal, G‘allaorol shevalarini o‘rganishga oid tadqiqotlar yaratildi. Hudud leksikasi va fonetikasi jihatdan oʻziga xosligi bilan boshqa shevalardan ajralib turuvchi Samarqand shahri qarluq lahjasi hamon monografik tadqiqot sifatida oʻrganilmagan boʻlsa-da, Samarqand viloyatining ayrim tumanlaridagi qipchoq va oʻgʻuz lahjalarining tadqiq etilishida professorlar Xudoyberdi Doniyorov va Nazar Rajabovlarning hissalari beqiyos26.
Ushbu dissertatsion tadqiqotda qarluq lahjasining leksik xususiyatlarini Samarqand shahri hududlaridagi respondentlardan, shuningdek, mavzuga oid asarlardan to‘plangan materiallar asosida tadqiq etish nazarda tutilgan.


Достарыңызбен бөлісу:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет