133
– Астана, 2018. – 664 б.
7.
«Қазақстан Республикасы Конституциялық
Кеңесінің кейбір
нормативтік қаулыларын қайта қарау туралы» ҚР ҚК 2017 жылғы 17 сәуірдегі
№ 2 Нормативтік қаулысы
MURODOVA D.B.
(O‘ZBEKISTON, TOSHKENT)
PAK VAN SONING «CHINDAN HAM TOG‘ O‘SHA YERDA
BO‘LGANMI?» ROMANIDA FUQAROLAR URUSHINING BADIIY
TASVIRI
XIX asr oxiri va XX asrning birinchi yarmi Koreya tarixining eng og‘ir davri
bo‘lib, bu davr mamlakatning Angliya, AQSh, Yaponiya, Fransiya, Rossiya kabi
dunyoning eng buyuk davlatlari tomonidan bosib olinishi, mamlakatda yapon
protektorati o‘rnatilib (1910-yil), uning yapon istilochilari tomonidan bir necha o‘n
yilga zabt etilishi (1910-1945-yillar) va buning oqibatida davlatning ikkiga: Janubiy
va Shimoliy qismlarga bo‘lib yuborilishi (1948-yil) bilan tavsiflanadi [1, 277].
Natijada Koreya AQSh va sobiq Sovet Ittifoqi o‘rtasidagi jang markaziga
aylandi. AQSh yarim orolning janubida joylashgan bo‘lsa, Sobiq Ittifoq shimoliy
qismida joylashib oldi. Natijada 1950-1953-yillar Koreya yarim orolida fojea –
Shimol va Janub o‘rtasida qondoshlik urushi yuz berdi [1, 280]. Yuzaga kelgan urush
natijasida Koreya ikki qismga Shimoliy (Choson «조선») va Janubiy (Xanguk
«한국») qismlariga bo‘lindi, bu harakat hali ham koreys xalqi qalbida unutilmas iz
qoldirgan.
1950-yillarda boshlangan fuqarolar urushi koreys xalqiga har tomonlama, ham
moddiy, ham ma’naviy zarar yetkazdi. Mafkuralar to‘qnashuvi asosida yuzaga kelgan
fuqarolik urushi Koreya Respublikada, Janub va Shimol o‘rtasida birodarlar qonli
to‘qnashuviga sabab bo‘ldi. Buning oqibatida mamlakat birlashtirib bo‘lmaydigan,
kelishuvga kelolmaydigan darajada ikkiga ajralib ketdi.
Mamlakatning ikkiga bo‘linishi nafaqat ijtimoiy hayotga, balki adabiyotga ham
o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Janubiy va Shimoliy hudud ijodkor ahli o‘rtasida
guruhbozlik hamda bu guruhbozliklar o‘rtasida tushunarsiz kurash yuzaga keldi.
Fuqarolar urushi (1950-1953-yillar), ya’ni mamlakatning Shimol va Janubga bo‘linib
ketishi koreys xalqi madaniyati va adabiyoti uchun juda ham fojeali oraliq bo‘ldi.
Fuqarolar urushidan keyingi avlod yozuvchilari o‘z asarlarida milliy
qadriyatlarning yo‘qolib borayotgani, jamiyatda axloqiy buzilishlar, inson qadr-
qimmatining yo‘qligi kabi mavzular ustunlik qilishi Sang Vonning «Qo‘zg‘olon»
(1957) va Son Chan Sopning «Sun’iy odam» (1958) asarlarida kuzatiladi.
XX asr ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tgan fuqarolar urushi mavzusi hali-hanuz
zamonaviy koreys adabiyotida yetakchilik qilib kelmoqda. Shu urushda bevosita
ishtirok etgan, bolalik va yoshlik damlari urush xotiralari bilan bog‘liq koreys
ijodkorlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Fuqarolar urushi va uning salbiy oqibatlari
mavzuida qalam tebratmagan ijodkorni uchratish mushkul.
Bu mavzu koreys
134
adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri Pak Van So ijodida ham yetakchilik
qiladi. Seul Milliy Universitetining Koreys tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga
kirgan, ammo kutilmaganda boshlangan fuqarolar urushi natijasida o‘qishni davom
ettira olmagan adiba urush paytida akasidan judo bo‘ldi. Hayot kechirish, oila
a’zolarini boqish uchun Pak Van So amerikaliklar tasarrufidagi savdo majmuasining
rassomchilik bo‘limida ishlashga majbur bo‘ldi. Adiba boshidan kechirganlarini
o‘zining «Shuncha shingani kim yegan», «Chindan ham tog‘ o‘sha yerda
bo‘lganmi?» kabi avtobiografik asarlarida bayon qildi.
Pak Van So muxbirlarga bergan intervyularidan birida fuqarolar urushi haqida
o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashadi: «
Fuqarolar urushining bor salbiy oqibatlarini
qog‘ozga tushurish istagi meni hayot uchun kurashga undagan kuchli istaklardan
biri edi» [2, 1055].
Adiba o‘zining avtobiografik ruhda yaratilgan asarlarida urushning qurbonlari
nafaqat jang maydonida, balki front ortida ham bo‘lishini ta’kidlaydi.
Front va front
ortidagi kurash ayni bir tarzda bo‘lib o‘tmaydi, albatta. Front maydonida bo‘lib
o‘tayotgan urushga asosan erkaklar jalb etilsa, front ortidagi kurashda ayollar, qarilar,
hatto bolalar ham ishtirok etishadi.
Adiba Pak Van Soning «Tog‘ chindan ham o‘sha yerda bo‘lganmi?» romanida
Shimoliy va Janubiy Koreya o‘zaro kurash olib borayotgan Seul shahrida sodir
bo‘lgan voqealar uning oila a’zolari bilan bog‘liq holda bayon qilinadi.
Front chizig‘i Seulga yetib kelgach, shaharning barcha aholisi janubga
qochoqlikka ketadi, biroq Pak Van Soning oila a’zolari jarohatlangan akasi bois
Seuldagi uylarning birida qolib, yashiringan holda kun kechirishga majbur bo‘ladi.
Uyda yeyishga hech narsa qolmagach, jarohatlangan akasi, keksa onasi va jiyanlarini
ochlikdan asrab qolish uchun kelinoyisi bilan birga yarim kechasi bo‘sh uylardan
yegulik qidirib ketadi. O‘zgalarning uylarini o‘marayotganidan vijdoni qiynaladi,
ammo jon saqlash uchun bundan boshqa chora qolmagan edi.
«
Kelinoyim menga tirikchilik harakatida bo‘laylik dedi…Avvaliga tirikchilik
harakatida bo‘lish nimaligini tushunmadim.
-
O‘g‘rilik qilish degandan ko‘ra yaxshiroq eshitiladi-ku, - dedi kelinoyim». [3,
24].
Shimol va Janub o‘rtasida bo‘lib o‘tgan urush xalqni bir necha bor qochoqlikka
ketishga majbur qildi. Uzoq masofaga noma’lum vaqtga
ketish barcha aholi uchun
qiyinchilik tug‘dirdi. Urush maqsadini anglamay, Shimoliy Koreya qo‘shiniga
ko‘ngilli bo‘lib ketgan, natijada jarohatlangan erkaklar, keksalar hamda ularning oila
a’zolari qochoqlikka keta olmay, Seuldagi uylarda yashirinib yashashga majbur edi.
Mehnatga yaroqsiz insonlardan har ikki tomon ham manfaatdor emas edi.
«
1951 yil 4 yanvardagi chekinishdan taxminan bir oylarcha o‘tib, har joyda
o‘likka o‘xshab yashayotgan odamlar istar-istamas o‘z qiyofalarini ko‘rsata
boshlashdi…
Avvaliga atrofda boshqa odamlar borligidan xursand bo‘ldim, ammo faqat
bizlar bo‘sh uylarni ochib kirgan emasmiz, degan vijdon ajobidan qutulgandek
bo‘ldim, biroq bo‘sh uylarni o‘marish haddan tashqari ko‘payishidan qo‘rqa
boshladim» [3, 32].
135
Urush paytida janubga qochoqlikka ketmaganligi bois keyinchalik kommunist
deb sanalishidan doim xavotirda yurgan kezlari Seul Shimoliy Koreya boshqaruvi
ostiga o‘tdi va Shimol harbiylari tomonidan o‘z onasi va akasidan ajratilgan holda
kelinoyisi bilan birgalikda majburan qochoqlikka yuborildi. Keyinchalik oilasi bilan
eson-omon qayta ko‘rishdi, akasining jarohati butunlay tuzalmadi, u vafot etdi. Asar
urush tugashi va Pak Van Soning turmushga chiqishi bilan yakunlangan.
Yozuvchi o‘z asarida bir millat o‘rtasidagi o‘zaro urush qanday noxush
oqibatlarga olib kelganligini quyidagicha ifodalaydi: «
Bunday urush dunyoning yana
qayerida bor? Bu urush millatni o‘zaro ashaddiy dushmanga aylantirib, aka-ukani
bir-biriga o‘q otadigan qildi. Er-xotinni bir-biridan ajratdi, ona va bolani o‘zaro
qarshi qo‘ydi, qo‘shnilar bir-birini aybladi, qon-qarindoshlar qarindoshlik
rishtalarini chilparchin etib, o‘z yaqinlarini dushman deb sanaydigan qildi... » [4,
256].
Pak Van So qalamiga mansub asarlarda fuqarolar urushi mavzui yetakchilik
qilsa-da, aslida adiba
front ortidagi xalq qismati, uning boshiga tushgan taqdir
sinovlarini badiiy yaratishni maqsad qilib qo‘ygan. Bevosita front ortida bo‘lgan
adiba o‘zining hayoti misolida qochoqlikka keta olmagan yoshlarlarning ikki davlat
o‘rtasidagi ayanchli taqdirini ortiqcha bo‘yoqlarsiz tasvirlagan.
Достарыңызбен бөлісу: