Mashg’ulotning maqsadi: Tuproq muhiti reaksiyasi (pH) ni aniqlash usullarini urganishdan iborat
Kerakli idishlar, jihozlar va reaktivlar: Suvli so’rim namunasi, Universal indikator, N.I.Alyamovskiy asbobi, probirkalar, filtr qog’oz.
Adabiyotlar – 1, 2, 3, 4, 5, 6. Internet saytlari.
O’simliklar oziqlanishida, ularning o’sishi va rivojlanishida tuproq muhiti reaksiyasi (pH) katta ahamiyatga ega. Tuproq reaksiyasi o’simlik xujayrasida kechadigan fermentativ jarayonlarga, ayrim elementlar o’zlashtirilishiga ta’sir ko’rsatadi. Turli o’simliklar turli pH ko’rsatkichlarida yaxshi o’sadi va tuproq oziqasini samarali o’zlashtiradi (6-jadval).
Asosiy qishloq xo’jalik ekinlari uchun muqobil
tuproq reaksiyasi (pH)
Ekinlar
|
Tuproq reaksiyasi (pH)
|
Ekinlar
|
Tuproq reaksiyasi (pH)
|
Suli
|
5,0 – 7,7
|
Kartoshka
|
5,0 – 5,5
|
Kuzgi javdar
|
5,5 – 7,5
|
Qand lavlagi
|
7,0 – 7,5
|
Bahori bug’doy
|
6,0 – 7,5
|
Beda
|
7,0 – 8,0
|
Kuzgi bug’doy
|
6,3 – 7,6
|
Timofeyevka o’ti
|
5,6 - <
|
Arpa
|
6,8 – 7,5
|
Karam
|
6,7 – 7,4
|
Makka-jo’xori
|
6,0 – 7,0
|
Pomidor
|
6,3 – 6,7
|
Gorox
|
6,0 – 7,0
|
Rediska, sholg’om
|
5,5 - <
|
Soya
|
6,5 – 7,1
|
Sabzi
|
5,5 – 7,0
|
Gorchisa
|
7,0
|
Bodring
|
6,0 – 7,9
|
Zig’ir
|
5,9 – 6,5
|
G’o’za
|
6,5 – 9,0
|
Kungaboqar
|
6,0 – 6,8
|
Choy
|
4,8 – 6,2
|
Tuproqning kolloidlari koagulyasiyasi, mikrobiologik jarayonlarning jadalligi, oziqa moddalarning harakatchanligi tuproq eritmasi muhitiga bog’lik. Tuproq muhiti kislotali (podzol, sur tusli o’rmon, qizil torf-botqoq tuproqlar), neytral (qora tuproqlar), ishqoriy (kashtan, bo’z, sho’rtob) bo’lishi mumkin. Tuproq muhiti reaksiyasi eritmadagi vodorod (H+) va gidroksil (OH-) ionlariga bog’liq.
Elektrolitik dissosiasiya nazariyasiga ko’ra suv H+ + OH- = 10-14 ionlariga parchalanadi. Muhit reaksiyasi H+ ioni konsentrasiyasi bilan ta’riflanib, pH simvoli bilan ifodalanadi. Muhit pH miqdori 7 dan kichik bo’lsa kislotali, pH=7 bo’lsa neytral, 7 dan katta bo’lsa ishqoriy muhit bo’ladi.
Tuproq suvli so’rimi universal indikator ishtirokida rangga bo’yalishiga, rangning intensivligi shkalaga solishtirilib aniqlash uslubning mohiyatini tashkil qiladi.
Ishni bajarish tartibi. 20 g tuproq namunasi tarozida tortib olinib 200 ml kolbaga solinadi va ustidan 100 ml distillangan suv solinadi. 30 minut davomida chayqatiladi. So’ng burma filtr orqali filtrlanadi. Filtratdan 10 ml olinib ustidan 0,6 ml universal indikatori quyiladi. Probirkani og’zini yopmasdan turib chayqatiladi. Eritma ranggi Alyamovskiy asbobi shkalasi bilan solishtirilib tuproq muhiti reaksiyasi (pH) aniqlanadi.
Nazorat uchun savollar
Tuproq muhiti raeksiyasi nima?
Qanday usullarda aniqlanadi?
Qishloq xo’jalik ekinlari uchun qulay muhit qanday?
“TASDIQLAYMAN”
Agrokimyo, tuproqshunoslik va o’simliklarni himoya qilish kafedrasi mudiri, professor_________F.H.Xoshimov
“____”_________________ 201__
Tuproqning CO2 karbonatlar miqdorini
(Asidimetrik usulda) aniqlash. (4 soat)
P A S P O R T I
Mashg’ulotning maqsadi. Tuproq tarkibidagi karbonat (CO2) lar miqdorini aniqlash va ular haqida tasavvurga ega bo’lish.
Kerakli idishlar, jihozlar va reaktivlar: 1 g. tuproq namunasi, 2% -li sirka kislotali so’rim (250 ml), Pipetkalar (2 ml, 5 ml, 10 ml, 25 ml.li) ulchov pipetka – 20 ml.li, 100 ml.-li shisha silindr, Indikatorlar : a) qora xromogen kund, b) mureksid, 250 ml. li, konussimon kolbalar (4-ta), byuretka (25 ml. li yoki 50 ml.li), voronkalar (13 – 15 sm diametrli), filtr qog’ozi, 10 ml – xlorid – ammiak buferi, 0,05 normalli trilon B eritmasi, 10% li KON yoki NaOH eritmasi (5 ml.), yuvg’ich.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Н.Раупова, Б.Камилов, Г.Содиқова, Н. Кучкарова “Тупроқшунослик” Тошкент ТошДАУ 2012. 5-32 бет
Ниёзалиев И.Н., Раджабов Б.Б. ва бошқалар. «Агрохимиядан амалий машғулотлар» . -Т.: «Меҳнат», 1989. 6-119 бет дарслик
Методы агрохимических исследований почв и растений. -Т.: СоюзНИХИ, 1997.
Бобохўжаев И., Узоков П.- Тупроқнинг таркиби, хоссалари ва анализи. Т.1990
J. Benton Jones, Jr Laboratory guide for condukting soil tests and plant analysis. CRC Press Boca Raton London, New York Washington, D.C.2001
D.Picking and P.Veneman. Plant and soilsciences Soils Laboratory manual. University of Massachusetts Amherst, 2008.
Tuzuvchilar: O’qituvchilar: Ortiqov T.Q., Xayitov M.A. Mashrabov M.I.
Laborant: L.Sonamyan
Достарыңызбен бөлісу: |