Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


- Mashg’ulot. Tuproq namunasini olish, uni tahlilga tayyorlash. Tuproqning gigroskopik namligini aniqlash. (4 soat)



бет2/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Laboratoriya mashg\'

1 - Mashg’ulot. Tuproq namunasini olish, uni tahlilga tayyorlash. Tuproqning gigroskopik namligini aniqlash. (4 soat)
Mashg’ulotning maqsadi. Tuproq namunasi olish, tuproqning mexanik, fizik va agrokimyoviy tekshirishlar uslublarini o’rgatishdan iborat.
Kerakli idishlar, jihozlar va reaktivlar: belkurak, oq qog’oz chizg’ich (lineyka), qog’oz yoki polietilen paketlar, monolit olish uchun yog’ch quti, namuna olish qoshiqchlar, shish stakan (byuks), quritish shkafi, analitik va texnik tarozilar.
Adabiyotlar – 1, 2, 3, 4, 5, 6. Internet saytlari
Tuproqshunoslik va agrokimyo laboratoriyasida ishlaganda
asosiy xavfsizlik qoidalari
1. Ushbu instruksiya bilan tanishmasdan turib talabalar, magistrlar va katta ilmiy xodim-izlanuvchilarga laboratoriyada ishlashga ruxsat berish qat’iy ta’qiqlanadi. Xodimlarning instruktajdan o’tganligi xavfsizlik texnikasi laboratoriya jurnaliga imzo qo’yish bilan qayd qilinadi. Laboratoriya rahbari bu javobgarlikni o’z zimmasiga oladi.

  • 2. Laboratoriyada ish bajarish vaqtida tozalik, tartib va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qiling. Chunki tartibsizlik, shoshqaloqlik yoki ishdagi pala-partishlik ko’pincha oqibati og’ir bo’lgan baxtsiz hodisalarga olib keladi.

  • 3. Laboratoriyada suv ichish, ovqatlanish va chekish qat’iyan ma’n qilinadi.

  • 4. O’qituvchi bilan ish rejasini kelishib olmasdan talabalarni ishga kirishishi ma’n qilinadi.

  • 5. Hamma kimyoviy reaktivlarni faqat mahsus moslashgan etiketkalangan idishlarda saqlash kerak. Qattiq yoki suyuq bo’lishidan qat’iy nazar bir soat ham etiketkasiz yoki yozuvsiz saqlanishi mumkin emas.

  • 6. Gaz, suv va elektr asboblarni ishlatish tugashi bilan tezlikda foydalanilgan jo’mraklarini yoping, elektr asboblarini o’chiring. Laboratoriyadan chiqaturib kimyoviy jarayonlarni tugaganligini stollarda, mo’rili shkafda, keyin tashqaridagi elektr tokini, gaz va suv o’chirilganligini tekshirib ko’ring.

  • 7. Xavfsizlik qoidalarini buzgan shaxslar ma’muriyat tomonidan javobgarlikka tortiladi.



Достарыңызбен бөлісу:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет