Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


Tuproqlarning morfologik belgilarini o‘rganish



бет46/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   90
Laboratoriya mashg\'

Tuproqlarning morfologik belgilarini o‘rganish
Tuproq profilining tuzilishi
Tuproq chuqurining sirti devorida vertikal yo‘nalishda navbat bilan almashinadigan va rangi, strukturasi, mexanik tarkibi, namligi va boshqa morfologik (tashqi) belgilari bilan bir- biridan farq qiladigan qator tuproq qatlamlarini ko‘rish mumkin. Tuproqning barcha qatlamlari (gorizontlari) bilan birgalikdagi umumiy ko‘rinishiga tuproqning tuzilishi deb ataladi. Genetik qatlamlar yig‘indisi (majmui) tuproqning genetik profilini tashkil etadi (11-12-rasmlar).

11-rasm. Avtomorf tuproqlar genetik 12-rasm. Gidromorf tuproqlar
qatlamlarining hosil bo‘lish sxemasi. genetik qatlamlarining hosil
bo‘lish sxemasi.
Taniqli tuproqshunos S.A.Zaxarov «tuproqning tuzilishi uning genezisi, ona jinsidan tobora asta- sekinlik bilan rivojlanib borishi natijasidir, bu ona jinslar tuproq paydo bo‘lish jarayonida qatlamlarga tabaqalashib ajraladi», - deb yozgan edi. Har bir tuproq turi o‘ziga xos tuzilish – profilga ega. Buni e’tiborga olib, tuproqning nomini dalaning o‘zida bevosita aniqlash mumkin. Tuproq profilining tuzilish xarakterini daftarda turli usullar bilan qayd qilish mumkin.
Har bir qatlam o‘z nomiga ega bo‘lib, alohida belgilar- simvollar- lotin alfavitining harfi bilan ifodalanadi.
A0 qatlam–tuproq profilining eng yuqori qismi bo‘lib, o‘rmon to‘shamasi yoki o‘rmon namati, chimdan iborat gorizont.
A qatlam-chirindili (gumus) – akkumulyativ tuproq profilining eng to‘q rangdagi gorizonti. Bu qatlamda tuproqning mineral qismi bilan bevosita bog‘lanib (birlashib) ketgan chirindi – gumus ko‘rinishidagi organik moddalar to‘planadi. Haydaladigan yerlarda chirindili qatlamning yuqori qismi Ah (haydalma qatlam) bilan ifodalanadi.
A1 qatlam–tarkibida eng ko‘p miqdorda organik modda bo‘lgan chirindili (gumusli)- akkumulyativ mineralli gorizont.Ushbu qatlam chirindili – akkumulyativ qatlamning alohida qatlamchasi deb ta’riflanadi.
A2 qatlam–chirindili – elyuvial gorizont. Tuproqlarning ba’zi turlarida suv yuvish jarayonlari shunchalik kuchli bo‘ladiki, natijada A2 qatlamning rangi och tusga kirib, ba’zan esa oqish rangga kiradi (podzolli va solodlangan qatlamlar). Bo‘z tuproq va boshqa arid zona tuproqlarida bu gorizont yaqqol ko‘rinib turmaydi.
B qatlam-ileyuvial yoki o‘tuvchi gorizont. Elyuvial qatlam ostida joylashadi. Odatda ikki yoki bundan ortiq qatlamchalarga ajratiladi, ular B1va B2 kabi indekslar bilan ifodalanadi.
Bk qatlam-karbonatlar eng ko‘p to‘plangan gorizont. Odatda tuproq profilining o‘rta yoki pastki qismida joylashadi va karbonatlarning turli xil yaralmalari: karbonat g‘uborlari, taram- taram yo‘llari, soxta misellalari, oq ko‘zaknaklari, konkresiyalari shaklidagi ko‘rinib turadigan karbonatlarning ikkilamchi ajralmalari borligi bilan farq qiladi.
G-qatlam-gleyli (berch) gorizont. Namligi hamisha oshiqcha bo‘ladigan tuproqlarda uchraydi. Bu ortiqcha namlik tuproqda tiklanish jarayonlarini keltirib chiqaradi va qatlamga o‘ziga xos qiyofa beradi, ya’ni unga ko‘kimtir, kulrang- zangori yoki xira yashil tus beradi. Bu gorizontda zang va qizil tusli dog‘larning bo‘lishi, yopishqoqligi oshib zichlashuvi xarakterli.
C qatlam–ona (tuproq hosil qiluvchi) tog‘ jinsi; tuproq paydo bo‘lish jarayonlari (chirindi hosil bo‘lishi, elyuviylashuv singarilar) chetlab o‘tgan ana shu jinsdan keyinchalik tuproq paydo bo‘ladi.
D qatlam-ona (tuproq hosil qiluvchi) jinsidan pastda yotuvchi tub tog‘ jinsi; u ona jinsidan o‘z xossalari (asosan, litologiyasi) bilan farq qiladi.
Har qaysi qatlam yuqorida keltirilgan barcha morfologik belgilar bo‘yicha alohida- alohida ta’riflanadi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет