Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


– Mashg’ulot. Tuproqning morfologik belgilarini o’rganish. (8 soat)



бет45/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   90
Laboratoriya mashg\'

9 – Mashg’ulot. Tuproqning morfologik belgilarini o’rganish. (8 soat)
Mashg’ulotning maqsadi. Turli laboratoriya tahlillarini o’tkazish va tuproqlarning tuzilishini o’rganish maqsadida o’tkaziladigan laboratoriya mashg’ulotlar uchun odatda dala sharoitida tuproq chuqurlari qazilib namunalar va monolitlar olinadi va morfologik belgilari o’rganiladi.
Kerakli idishlar, jihozlar va reaktivlar: Tarozilar: texnik tarozi analitik tarozi
chinni kosacha va tigel, byukslar (shishadan va temirli), o’lchov idishlar: a) kolbalar b) pipetkalar v) byuretkalar g) voronkalar, dastachali rezina va rezina tiqinli ezg’ich va chinni havoncha, paketlar, karton quticha yoki xaltachalar, elaklar tuplami, pichoq
belkurak va ketmon, lineyka, tuproq namunasi
Adabiyotlar – 1, 2, 3, 4, 5, 6. Internet saytlari.
Tuproqlar ham boshqa jismlar kabi qator tashqi alomatlar (belgilar) majmuiga, muayyan morfologiyaga egadir. V.V.Dokuchayev tomonidan genetik tuproqshunoslikning yaratilganidan keyingina tuproqlarning morfologik xossalarini mukammal o‘rganish tuproq tadqiqotlarida munosib o‘rinni egalladi va uning zarur tarkibiy qismi bo‘lib qoldi.
Tuproqning morfologik belgilari uning paydo bo‘lish jarayonlarining natijasida shakllanadi va tabiiyki uning kimiyoviy hamda fizik xossalarini aks ettiradi. Bular tuproqlarni tadqiq qilishda juda muhim ahamiyat kasb etadi. Tuproqlar morfologiyasi haqidagi ta’limot genetik tuproqshunoslikdagi muvaffaqiyatlardan biri hisoblanadi.
N.M.Sibirsev morfologik (tashqi) belgilariga qarab tuproqni biz minerallar, o‘simliklar yoki hayvonlarni aniqlagan singari aniqlashimiz mumkin, deb hisoblagan. Shu sababli dala hamda laboratoriya sharoitida tuproqni to‘g‘ri ta’riflash uchun uning barcha alomatlarini to‘g‘ri belgilash juda muhimdir.
Tuproqlarning asosiy morfologik belgilariga quyidagilar: 1) tuproq profili (vertikal kesmasi); 2) tuproqning rangi va tusi; 3) tuproqning namligi; 4) tuproqning strukturasi; 5) tuproqning qovushmasi; 6) tuproqdagi qo‘shilmalar; 7) yangi yaralma; 8) ko‘rsichqon uyalari (krotovini) va koprolitlar (chuvalchang organizmi orqali tuproqqa o‘tgan mayda donador chiqindi); 9) tuproqning mexanik tarkibi; 10) organik qoldiqlar; 11) bir qatlamdan boshqasiga o‘tish xarakteri va boshqalar kiradi.
Tuproqlarni dalada o‘rganish tuproq chuqurlari (razrez) dagi alohida qatlamlarining morfologik belgilarini ta’riflashga asoslangan.
Laboratoriya- amaliy mashg‘ulotlarda tuproq tiplarini ta’riflash va o‘rganishda daladan olingan yaxlit namunalar (monolitlar) tuproqlarning alohida genetik qatlamlaridan tayyorlangan va qutichalarga solingan namunalardan iborat o‘quv materiallaridan foydalaniladi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет