Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги



бет14/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   90
Laboratoriya mashg\'

Mashg’ulotning maqsadi.. Turli tuproqning suv o’tkazuvchanligi va suv ko’taruvchanligini aniqlash
Kerakli idishlar, jihozlar va reaktivlar: tuproq namunasi, shisha silindr, shtativ, kachinskiy silindri, filtr qog’oz, doka, tarozi, o’lchov lineykasi, distillingan suv
Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 5, 6. Internet saytlari.
Ishning mohiyati: Tuproqning suvni qabul qilib olishi va o’zi orqali yuqoridan pastga qarab o’tkazish qobiliyatiga tuproqning suv o’tkazuvchalik xossasi deyiladi. Suv o’tkazuvchanlik asosan ikki bosqichdan: shimilish va filtrlanish (sizib o’tish) dan iborat. Suv o’tkazuvchanlik tuproqning mexanik tarkibiga, chirindi miqdoriga, donadorlik darajasiga, zichligiga va kovakligiga bog’liq. Suvga chidamli uvoqli – donador strukturali qumoq va soz tuproqlar, shuningdek qumli va qumoq tuproqlar yuqori suv o’tkazish qobiliyatiga ega, Masalan, yengil mexanik tarkibli tuproqlarda yirik g’ovakliklar ko’p bo’lganidan, suv o’tkazuvchanlik, ham doimo yuqoridir. Og’ir mexanik tarkibli va kesakli changli strukturali tuproqlarda suv o’tkazuvchanlik past. Tuproqning suv o’tkazuvchanligini baholashda N.A.Kachinskiy tavsiya etgan shkaladan foydalanish mumkin. Shunga ko’ra, tuproq temperaturasi 10 0S va suv bosimi 5 sm bo’lgan sharoitda, tuproqning suv o’tkazuvchanligi quyidagicha baholanadi: agar kuzatishning birinchi soatida 1000 mm dan ko’p suv o’tsa, tuproqning suv o’tkazuvchanligi buzuvchi, 1000 dan 500 mm gacha - g’oyat (ortiqcha) yuqori, 500-100 mm - eng yaxshi, 100-70- yaxshi, 70 dan 30 gacha qoniqarli, 30 mm dan kam - qoniqarsiz hisoblanadi.
Strukturasiz, zich tuproqlarda suv o’tkazuvchanlik juda past. Suv o’tkazuvchanlikning kattaligi va harakatini bilish tuproqlarni agronomik va meliorativ baholash katta ahamiyatga ega. Suv o’tkazuvchanlikni aniqlashni laboratoriya va dala usullari mavjud.
Ish tartibi: Suv o’tkazuvchanlikni laboratoriya sharoitida aniqlash uchun uzunligi 25-30 sm, diametri 2-3 sm bo’lgan 3 ta shisha silindr (nay) ning bir tomoniga filtr qog’oz qo’yib, uning ustidan yupqa doka bilan bog’lanadi. Filtr va dokaning ortiqchasi qirqib tashlanadi. Silindrlarga 20 sm qalinlikda qumli, strukturali va strukturasiz tuproqlardan yaxshilab joylanadi (silindrni qo’lni kaftiga yoki yumshoq narsaga sekin urish bilan undagi tuproq zichlatiladi). Shisha silindr shtativning pastki xalqasidagi voronkaga o’rnatiladi (7-rasm).
Voronka ostiga o’lchov stakanchasi qo’yiladi. So’ngra vaqtni belgilab olgach, silindrlardagi tuproqning ustiga suv quyib turiladi (tuproqning yuzasidagi suvning qalinligi hamma vaqt 4 sm bo’lib turishi shart) bunda silindrlar tagidagi suv tomishiga qarab turish kerak. Birinchi tomchining qancha vaqtda tushishiga qarab tuproqning suv o’tkazishi aniqlanadi. Tajriba natijasiga qarab, har xil tuproqlarning suv o’tkazish diagrammasi tuziladi.



Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет