Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


Tuproqning zichligi (hajm massasi) ni aniqlash



бет11/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   90
Laboratoriya mashg\'

Tuproqning zichligi (hajm massasi) ni aniqlash.


Tuproqning tabiiy holdagi tuzilishi hajmining massasi uning zichligi (hajm massasi) deb ataladi. Solishtirma massa (qattiq qismining zichligi) dan farqi shundaki, hajm massa tuproqning barcha massasi hajmini, ya’ni uning qattiq qismi va kovakliklarini o‘z ichiga oladi. Shu sababli tuproqning zichligi qattiq qismining zichligidan doim kichik bo‘lib, 1 dan 1,8 g/sm3 gacha o‘zgarib turadi. Tuproq massasi hajmining qiymati uning kovakliklariga, qattiq qismining massasiga, tarkibidagi organik moddalar miqdoriga, tuproqning tuzilishi va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Tuproqning zichligi ko‘rsatkichi asosida tuproqdagi fizik shart-sharoitlar haqida ancha aniq tasavvur olish mumkin. Hajm massa tuproqning umumiy kovakligini, undagi oziq moddalar va nam miqdorini hisoblab topish uchun zarur. Tuproqning zichligi dala sharoitida, uning tabiiy tuzilishdagi buzilmagan holda maxsus metall silindrlar (N.A.Kachinskiy burg‘ichasi singarilar) yordamida aniqlanadi (6-rasm). Silindrlar (kesuvchi halqalar) yog‘och bolg‘a bilan tuproqqa urib kirgiziladi va shu tarzda tuproq tuzilishini buzmagan holda kerakli hajmda namuna olinadi. Tuproq quritiladi, tarozida tortilib zichligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
,
bu yerda: dV-tuproqning zichligi, g/sm3; m-quruq tuproqning massasi, g: v-silindr (halqa) ning hajmi, sm3.

6-rasm. Tuproqning hajmiy massasini aniqlash uchun silindr (halqa)
Laboratoriya sharoitida tuproqning zichligi odatda tuzilishi buzilgan sochilma tuproq namunasidan aniqlanadi, bu esa yerga ishlov berilgandan keyingi haydalma qatlam tuproqning zichligiga taxminan mos keladi.

Tuproqning zichligini sochilma namunadan aniqlash


Ishni bajarish tartibi. 1. Bo‘yi 10 sm va diametri 4-5 sm, tubi sim to‘rli bo‘lgan metall silindr olinib, uning sim to‘ri ustiga aylana qilib kesilgan filtr qog‘ozi tuproqning zichligini aniqlab bo‘lgandan keyin nam sig‘imini aniqlash maqsadida silindr suv bilan to‘yintirish uchun qo‘yilganda, uning tubidan tuproq to‘kilmasligi uchun kerak bo‘ladi.
2.Silindrning hajmi aniqlanadi. Buning uchun uning bo‘yi va diametri o‘lchanib ushbu formula yordamida hisoblab chiqish zarur.
,
bu yerda: v-silindrning hajmi, sm3; -3,14; r-silindrning raduisi, sm; h- silindrning bo‘yi, sm.
3.Ezg‘ilanmagan namunadan silindr to‘lguncha tuproq solinadi. Silindr tuproq bilan to‘lgandan so‘ng uni tubi bilan kaftga urib o‘rtacha zichlanadi.
4.Tuproq solingan silindr tarozida tortiladi.
5.Tuproqning massasi hisoblab topiladi. Buning uchun tuproq solingan silindrning massasidan bo‘sh silindr massasi ayirib tashlanadi (tuproqning nam sig‘imini aniqlash uchun tuproqli silindr keyin olib qo‘yiladi).
Tuproqning zichligi quyidagi formula bilan hisoblab topiladi.
,
bu yerda: d-tuproqning zichligi, g/sm3; P-tuproqning massasi,g; V- silindrning hajmi, sm3.
Mutlaqo quruq tuproqning massasi P qattiq qismining solishtirma massasini aniqlashdagi kabi hisoblab topiladi:
,
bu yerda: P-quruq tuproqning massasi, g; a-silindrga solingan havoda quritilgan tuproqning massasi, g; -gigroskopik nam miqdori, %.
O‘zbekistonning sug‘oriladigan bo‘z tuproqlar haydalma qatlamining zichligi qiymatini E.F.Morozovaning ma’lumotlari asosida (1969 y) quyidagicha baholash mumkin:
1,0 - 1,3 g/sm3- eng maqbul (optimal):
1,3 - 1,4 g/sm3-yaxshi:
1,4 - 1,5 g/sm3- qoniqarli:
1,5 - 1,6 g/sm3- qoniqarsiz.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет