Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги


Chirindi miqdorini hajmiy xromli usulda aniqlash (I.V.Tyurin usuli)



бет19/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   90
Laboratoriya mashg\'

Chirindi miqdorini hajmiy xromli usulda aniqlash (I.V.Tyurin usuli)
Mazkur usul chirindi tarkibidagi uglerodni kaliy bixromat (K2Cr2O7) ning 0,4 n li eritmasi bilan oksidlashga asoslangan. Ushbu eritma kuchli sulfat kislotasi asosida tayyorlanib suvda 1:1 nisbatda suyultirilgan bo’ladi. Juda kuchli kislotali muhitda (kaliy bixromat eritmasiga kuchli sulfat kislota qo’shilganda) quyidagi tenglama bo’yicha kislorod ajralib chiqadi.
2K2 Cr2O7 +8H2SO4=2Cr(SO4)3+2K2SO4+8H2O+3O2
Ajralib chiqayotgan kislorod tuproqdagi organik moddalar uglerodini oksidlaydi: 3C+3O2=3CO2
Ammo ma’lum miqdorda olingan xromli aralashmadagi kislorodning hammasi ham chirindi uglerodini oksidlashga sarflanmaydi. Bevosita chirindini oksidlashga sarflanmagan kislorodning ortiqcha qismi Mor tuzi FeSO4 (NH4)2SO4 6H2O tarkibiga kiruvchi temir chala oksidi (zakisi) tuzining oksidlanish darajasiga qadar aniqlanadi. Bunda xromli aralashma eritmasini ortiqcha qismini Mor tuzining 0,2 n eritmasi bilan qayta titrlash olib boriladi.
Reaksiya ushbu tenglama bo’yicha kechadi:
6Fe SO4(NH4)2SO4 + K2Cr2O7 + 7H2SO4=Cr2(SO4)3 +3Fe2(SO4)3 +
+ 6(NH4)2 SO4 + K2SO4 + 7H2O
Titrlashning borishi va oxiri difenilamin indikatori yoki fenilantranil kislotasi asosida olib boriladi. Reaksiyaning tugaganini aniqroq bilish uchun, eritmaga difenilamindan tashqari, 85 % fosfor kislota ham qo’shiladi. Titrlanayotgan eritmaning qo’ng’ir rangdan ko’kimtir yashil tusga o’tishi chirindini oksidlashga sarflanmagan xromli aralashmadagi ortiqcha kislorodning hammasi Mor tuzi tarkibidagi temirning chala oksidi (zakisi) ni oksidlashga sarflanganligini ko’rsatadi. Tahlil boshlanishidan oldin yoki undan keyin, ana shu tahlil uchun olingan ma’lum hajmdagi xromli aralashmadagi kislorodning umumiy miqdorini aniqlab olishimiz kerak. Buning uchun tuproq chirindisini oksidlash maqsadida olingan hajmdagi xromli aralashmani Mor tuzining eritmasi bilan titrlanadi. Bunga quruq (tuproqsiz) titrlash deyiladi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет