Suvli so‘rim tahlili natijalarini rasmiylashtirish. Suvli so‘rim tahlilidan olingan natijalar quyidagi jadval ko‘rinishida yoziladi. Jadvalda berilgan ma’lumotlarni tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor berish lozim.
1) quruq qoldiqning miqdori anion va kationlarning foiz miqdoridan biroz ko‘p bo‘lmog‘i lozim;
2) quruq qoldiqning foiz miqdoriga ko‘ra: 0,25 % dan kam bo‘lgan sho‘rlanmagan tuproqlar, quruq qoldiq miqdori 0,25-1 % bo‘lgan sho‘rxoksimon tuproqlarning turli tiplari va qoldiq miqdori 1 % dan ko‘p bo‘lgan sho‘rxoklar farq qilinadi;
3) tuproqning sho‘rlanganlik darajasidan tashqari, sho‘rlantiruvchi tuzlarning kimiyoviy tarkibi va ularning tuproq profili bo‘ylab taqsimlanish xarakteri ham aniqlanadi. Tuproq NaCl, MgCl2, CaCl2, Na2SO4; MgSO4, Na2CO3 kabi tuzlar bilan sho‘rlangan bo‘lishi mumkin. Tuproqni sho‘rlantiruvchi tuzlar orasida ko‘proq uchraydigan kation va anionlarni ham aniqlash kerak.
Agar aralash sho‘rlanish (ikki xil anion bilan sho‘rlanish) bo‘lsa, u holda sho‘rlanish nomi oxiriga ko‘proq bo‘lgan anion nomi yozib qo‘yiladi (masalan, sulfat-xloridli sho‘rlanish yoki xlorid-sulfatli sho‘rlanish);
4) sodaning miqdoriga ayniqsa alohida e’tibor beriladi: soda miqdori 0,05 % bo‘lganda ham o‘simliklar nobud bo‘ladi;
5) tuproqni sho‘rlantiruvchi tuzlarning kimiyoviy tarkibi va ularning tuproq profili bo‘ylab taqsimlanish xarakteri alohida grafik tarzida tasvirlanadi.
Olingan ma’lumotlar va grafik asosida tuproqlarning agronomik xarakteristikasini, uning madaniy ekinlar yetishtirish uchun yaroqlilik darajasini aniqlash va yerlarni tubdan meiorasiyalash hamda undan to‘g‘ri foydalanishga doir chora-tadbirlar sistemasini tavsiya etish mumkin.
Suvli so‘rim tahlilining yig‘ma jadvali
Tuproq namunasining raqami
|
Olingan tuproqning nomi, qatlami va chuqurligi
|
quruq qoldiq, %
|
PH
|
Anionlar va kationlar, %
|
Anionlar va kationlar, 100 g tuproqqa mg.ekv hisobida
|
Ayirmasiga ko‘ra Na+K, mg.ekv
|
Na, %
|
Anionlar va kationlarning jami miqdori, mg.ekv
|
HCO3–
|
Cl–
|
SO42–
|
Ca2+
|
Mg2+
|
HCO3–
|
Cl–
|
SO42–
|
Ca2+
|
Mg2+
|
Anionlarning umumiy miqdori, mg.ekv
|
Kationlarning jami miqdori, mg.ekv
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Достарыңызбен бөлісу: |