Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги



бет37/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   90
Laboratoriya mashg\'

Kalsiyni aniqlash
1. Har qaysisining sig‘imi 250 ml bo‘lgan ikkita kolbaga pipetka yordamida 25 ml dan suvli so‘rim olinadi.
2. Har bir kolbaga 75 ml dan distillangan suv qo‘shiladi.
3. Eritmalarga kalsiy va magniy aniqlangan kolbalardagi kabi gidroksilamin xlorid va natriy sulfiddan qo‘shiladi.
4. Titrlanayotgan eritmaning pH ko‘rsatkichini 12 ga yetkazish uchun KOH yoki NaOH ning 10 % li eritmasidan 1 ml quyiladi va yog‘och yoki karton kurakcha yordamida mureksid indikatori kukuni sepiladi (0,2- 0,3 g) hamda eritma aralashtiriladi. Bunda eritma qirmizi rangga kiradi.
5. Kolbalardan biridagi eritma darhol trilon-B ning 0,05n eritmasi bilan eritmaning qirmizi rangi binafsha rangga o‘tguncha titrlanadi. Titrlash davomida eritma doim aralashtirilib turiladi.
Titrlashga sarflangan trilon-B ning miqdori aniqlanib yozib qo‘yiladi, so‘ngra shu kolbaga yana ortiqcha trilon-B qo‘shilib titrlanadi. Shundan so‘ng ikkinchi kolbadagi eritma ham titrlanadi va uning rangi birinchi kolbadagi ortiqcha titrlangan eritmaning rangiga qarab taqqoslanadi.
Kalsiyning miqdori quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi:
,
bunda: B-Ca'' ning miqdori, mg-ekv; b-titrlashga ketgan trilon-B ning miqdori, ml; Qolgan belgilarning ma’nosi kalsiy va magniyning umumiy miqdorini aniqlash formulasida keltirilgan.
100 g tuproqqa to‘g‘ri keluvchi magniy miqdori (mg.ekv) farqidan quyidagicha hisoblab aniqlanadi M=A-B (bunda: M-Mg ning miqdori: A-Ca+Mg miqdori; B-Ca ning miqdori). Ca va Mg ning (foiz) miqdori ushbu formula yordamida aniqlanadi:

bunda: B-kalsiyning miqdori, mg-ekv, 20,04-kalsiyning ekv massasi; 1000-grammga qayta hisoblash koeffisiyenti.
Mg ning foiz miqdori ushbu formula bilan aniqlanadi.

bunda: M-magniyning miqdori, mg-ekv.; 12,16-magniyning ekvivalent massasi; 1000- gramga qayta hisoblash koeffisiyenti.
Natriy va kaliyning umumiy miqdorini hisoblab aniqlash
Natriy va kaliyni aniqlashning kimiyoviy usullari juda murakkab. Shuning uchun ham ularning jami miqdori hisoblab topiladi yoki bu kationlar alangali fotometrda aniqlanadi.
Suvli so‘rimlarda natriy miqdori odatda kaliy miqdoridan ancha ko‘p bo‘ladi, shu sababli hisoblashda olingan jami miqdor shartli ravishda faqat natriy uchun qabul qilinadi.
Natriy va kaliyning jami miqdorini hisoblab topish shunga asoslanganki, biz miqdorini aniqlagan anionlarning umumiy miqdori kationlarning jami miqdoriga ekvivalentdir.
Shunday qilib, Na' va K' ning miqdori ushbu ayirma farqidan hisoblanadi:
(HCO3+Cl+SO4) mg-ekv-(Ca+Mg) mg-ekv = Na mg-ekv. hisoblash faqat mg.ekv da olib boriladi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет