10 – Mashg’ulot. Tuproq xaritalarini o’qishni va undan
foydalanishni o’rganish. (4 soat)
Mashg’ulotning maqsadi. Xo‘jaliklarda yerlaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish tuproq xaritalari, tuproq va agrokimyoviy xaritanomalari asosida olib borilishi lozim. Shuning uchun tuproq xaritalari va xaritanomalari haqida tushunchaga ega bo’lishi lozim.
Kerakli idishlar, jihozlar va reaktivlar: Tuproq xaritalari va xaritanomalar (xaritanoma)
Adabiyotlar – 1, 2, 3, 4, 5, 6. Internet saytlari.
Tuproq xaritasi-ma’lum territoriya (fermer, xo‘jalik, tuman, viloyat kabi) tuproq qoplamini ma’lum masshtabda kichraytirilgan holda qog‘ozga aks ettirish demakdir.
Qanday masshtabda chizilganiga qarab tuproq xaritalarining quyidagi xillari ajratiladi:
Kichik masshtabli xaritalarda (1:300000-dan kichik) viloyatlar, o‘lkalar, respublikalar va shuningdek butun mamlakat tuproq qoplami aks ettiriladi. Ulardan yer fondlarini hisobga olib borish (tuproq geografik rayonlashtirish va hokazo) uchun foydalaniladi.
O‘rtacha masshtabli xaritalar: (1:300000-1:100000) asosan yig‘ma va obzor tarzida bo‘ladi; ular agrotuproq rayonlashtirishni o‘z ichiga oladi va rejalashtiruvchi hamda rahbar organlarga mo‘ljallanadi.
Mukammal xaritalar (1:5000-1:200) ilmiy tekshirish muassasalari (tajriba stansiyalari, institutlar va boshqalar) ning ekin maydonlarida tuziladi. Ular asosida xo‘jaliklarda ayrim maydonlarning zaxini qochirish va sug‘orish, bog‘lar, tokzorlar barpo qilish, tajriba va nav sinash uchastkalarini tashkil etish kabilar loyihalanadi.
19-rasm. Nurota vodiysining tuproq xaritasi (Boboxo‘jayev tuzgan).
Yirik masshtabli xaritalar (1:50000; 1:25000; 1:10000) xo‘jaliklar, fermerlar uchun tuziladi.
Fermerlar va xo‘jaliklar tuproq qatlami xaritasini tuzish uchun masshtab (1:50000 dan 1:10000 gacha) tekshiriladigan territoriyaning relyefini, tuproq qoplamini, fermer yoki xo‘jalikning ixtisoslashuvini hisobga olib tanlanadi. O‘zbekiston paxtachilik fermer xo‘jaliklarining odatda relyefi tekisroq bo‘lgan sharoitda 1:10000 masshtabli tuproq xaritalari tuziladi.
Xaritanoma – qishloq xo‘jalik ekinlari maydonlarining tuproq xaritasi masshtabida chizilgan sxema tarzidagi tasviri. Xaritanomalar tuproqning ayrim xossalari ta’rifini to‘ldirish uchun (chirindili qatlam qalinligi, mexanik tarkibi, eroziyalanganlik darajasi, sho‘rlanganlik va sho‘rtoblanganligi xaritanomalari kabi) hamda tuproqlardan foydalanishga doir tavsiyalarni aniqlashtirish, konkretlashtirish uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari tuproq tarkibidagi chirindi miqdori kaliy va fosforning harakatchan formasini ko‘rsatuvchi agrokimiyoviy xaritanomalar ham tuziladi.
Tuproq va agroximiya xaritanomalari umumiy va regional xillarga ajratiladi. Umumiy xaritanomalar hamma zona va regionlarda tuzilishi shart. Regional xaritanomalar tabiiy sharoitning o‘ziga xos xususiyatlariga, tuproq qoplamiga, xo‘jalikning ixtisoslashuviga qarab bir yoki bir necha tabiiy zonalarda yoxud alohida xo‘jaliklarda tuziladi.
Достарыңызбен бөлісу: |