Ўзбекистон республикаси қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги



бет58/90
Дата04.03.2022
өлшемі2.14 Mb.
#455972
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   90
Laboratoriya mashg\'

Umumiy xaritanomalar jumlasiga tuproqlarni agroishlab chiqarish gruppalarga birlashtirish va ulardan foydalanishga doir tavsiyalar beruvchi xaritanomalar, harakatchan shakldagi fosfor va kaliyning miqdorini ko‘rsatuvchi xaritanomalar hamda tuproqlar bonitirovkasiga doir xaritanomalar kiradi.
Regional xaritanomalar tuproqlarning eroziyalanganlik, kislotalik, sho‘rlanganlik darajasi va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha tuziladi. Tuproq xaritalariga o‘qtirish kitobi yoki tuproq ocherki, xaritanomalarga esa tushuntirish xati albatta ilova qilinadi.
Tuproq ocherki yoki tushuntirish xatida barcha o‘tkazilgan ishning natijalari yozib quyiladi. Ularda xo‘jalikning tabiiy sharoiti, tuproq qatlami, tuproq xususiyatlarining morfologik va analitik ta’rifi, tuproqlarning agro ishlab chiqarish gruppirovkasi va tuproqlardan foydalanishga doir tavsiyalar, ularning unumdorligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rsatiladi.

20-rasm.Tuproq kratogrammasi.
Tuproqlarning agroishlab chiqarish gruppirovkasi deganda genezisi, xossalari, foydalanishi va tavsiya etiladigan chora-tadbirlar bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgan bir necha xil tuproq ayirmalarini birlashtirishga tushuniladi.
Tuproqni tekshirishga oid materiallardan ichki xo‘jalik yer tuzish ishlarida almashlab ekiladigan maydonlarni to‘g‘ri belgilash uchun, shuningdek ekin maydonlarining transformasiyasi yoki ulardan foydalanishni o‘zgartirish uchun qo‘laniladi. Xo‘jalik tuproqlarini tekshirish ishlari yer tuzish ishlaridan oldin o‘tkazilishi kerak. Tuproq xaritalari va xaritanomalaridan ishlov berish va o‘g‘itlash sistemalarini, tuproqlarni meliorasiyalash hamda bonitirovkalash turlarini aniqlashda foydalaniladi.
Tuproq xaritalari va xaritanomalarini o‘qish
Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar turli masshtablarda chizilgan kartografik materiallar asosida tuproq xaritalari va xaritanomalarini o‘rganishadi. Ularni o‘qishda masshtabi va tuzilgan yili belgilanadi va yozib qo‘yiladi. Xaritaga va xaritanomaga ilova qilingan izohlarni mufassal o‘rganadilar. Xaritada tuproqlarning qanday tiplari, tipchalari va boshqa taksonomik birliklari ajratib ko‘rsatilganini, ular qaysi usulda (bo‘yash, shtrixlash, indekslash) tasvirlanganligini sinchiklab aniqlanadi. Xaritaga muvofiq turli tuproqlarning u yoki bu qishloq xo‘jalik maydonlarida tarqalgani, shuningdek territoriyaning alohida geomorfologik (suv ayirg‘ichlar, sohillar, yon bag‘irlar, ko‘l bo‘yidagi past tekisliklar kabi) elementlariga taalluqliligini aniqlaydilar. Xaritalarda gorizontallar mavjud bo‘lsa, o‘qituvchining topshirig‘iga muvofiq, geomorfologik profil elementlari bo‘yicha tuproqlarning taqsimlanish sxemasini chizadilar.
Xaritani o‘qish natijalari asosida tuproqlar ro‘yxatini (ekin maydonlari bo‘yicha) tuzib, unda har qaysi tip chegarasidagi barcha tuproq toksonomik birliklarini va ular relyefning qaysi elementlari bo‘yicha tarqalganligini ko‘rsatishadi (forma).
Forma

Tip

Tipcha

Avlod

Tur

Xil

Ayirma

Relyef bo‘yicha joylashish sharoiti






















Xaritanomalarni o‘qish ana shu xaritanomada ta’rif berilayotgan ko‘rsatkichni (tuproqlarning eroziyalanganlik yoki sho‘rlanganlik darajasi, oziqa moddalarning harakatchan formalari, chirindi miqdori singarilarni) aniqlashdan boshlanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar xaritanoma nomida aks ettiriladi. Xaritanomadagi ayrim ko‘rsatkichlarning shartli belgilari ham aniqlanadi. Keyin xaritanomada tasvirlangan tuproq agroishlab chiqarish xossalarining tarqalishi va maydon bo‘ylab taqsimlanishi sinchiklab o‘rganiladi. Bunda:a) tuproq qoplamini mazkur xaritanoma ko‘rsatkichi bo‘yicha umumiy baholashning mazmunini bilib olish kerak. Masalan, tuproqlarning eroziyalanganlik darajasiga oid xaritanomani o‘rganishda, xo‘jalikning haydalma tuproqlarida asosan kuchli va kuchsiz eroziyalangan tuproqlar ko‘proq deb, qayd etiladi; agar bunday tuproqlarning maydoni ko‘rsatilgan bo‘lsa, ular foizda ifodalanib beriladi; b) o‘rganilayotgan tuproqning agroishlab chiqarish xossasining o‘ziga xos xususiyatlarini fermer xo‘jaligi maydonining alohida qismlari (fermer xo’jaligi maydonlari, almashlab ekish dalalari kabilar) bo‘yicha aniqlash lozim; v) xaritanomadagi ma’lumotlarni tuproq xaritasi bilan taqqoslash va xaritanomalar ko‘rsatkichlarining turli tuproqlar (tiplar, tipchalar, turlar va hokazo)uchun qanchalik aniq namoyon bo‘lishi xususiyatlarini aniqlash zarur.




Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   90




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет