Әжинияз атындағы Нӛкис мәмлекетлик педагогикалық институты



Pdf көрінісі
бет10/164
Дата25.03.2024
өлшемі4.15 Mb.
#496396
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   164
1-секция

Фойдаланилган адабиѐтлар: 
1. Р.Ҳасанов. Тасвирий санъат асослари. – Т.: ТДПУ, 2008. 
2. С.Булатов. Рангшунослик. –Т.: ТДПУ, 2007. 
3. О.Муминов. Рангтасвир. –Т.: ―Шарқ‖, 2007. 
 
BARKAMOL AVLODNI EKOLOGIK FIKRLASHGA O‟RGATISH-
EKOLOGIK TA‟LIMNING BURCHIDIR 
 
J.Jumanov, S.Doniyorov, A.Kenjayev 
Guliston davlat universiteti 
 
Ona zaminimiz-O‘zbekiston Respublikasi uchun oliy va o‘rta maxsus 
ma‘lumotli mutaxasisalrni tayyorlash murakkab va muhim ta‘lim jarayoni 
hisoblanadi. 
Mamlakatimizda ta‘lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan islohotlarning 
negizida ―Barkamol avlod‖ni jismonan baquvvat, axloqan yetuk, ruhan sog‘lom, 
ekologik ta‘lim-tarbiyaga bo‘lgan munosabatida ham ongli avlod tarbiyachisi 
yotadi desak maqul bo‘ladi. 
Demak, uzluksiz oliy ekologik ta‘limda har bir mutaxassis o‘z sohasi bo‘yicha 
chuqur va atroflicha bilim olish bilan birga ekologik madanioyatli, ekologik 
tafakkurga ega bo‘lgan inson bo‘lishi kerakligini davr yaqqol ko‘rsatmoqda. Bu 
bosqichda bo‘lajak mutaxasislarni ekologik kamchiqindili va ekologik 
chiqindilarsiz mexanimzlarni o‘rgatish, resurslarni tejash, atrof-muhit tozaligini 
nazorat etish, ekologik boshqaruvning asosiy fazilatlarini ajratib olish, ularning 
ekologik bilimi, ekologik madaniyati, ekologik mahorati va ekologik 


18 
ko‘nikmalarini ham har tomonlama rivojlantirishdan iborat bo‘ladi desak maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. 
Bunday natijalarga erishish uchun quyidagilarni amalga oshirishga to‘g‘ri 
keladi: 
-mutaxasislarga ko‘p soha bo‘yicha bilim berish
-ekologiyaga oid mutaxasislarni amaldagi ehtiyojiga muvofiq iqtisodiyotning 
turli yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlash; 
-mutaxasisliklar bo‘yicha o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni 
yaratish, chop etish va o‘quv jarayoniga joriy qilishga erishish; 
-atrof-muhitni muxofaza qilish, tabiatdan oqilona va saarali foydalanish, kam 
chiqindili va chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish maummolari bo‘yicha 
tadqiqotlar va tajribalarini yo‘lga qo‘yish.
Demak, yuqoridagi ekologik ta‘lim bosqichlarini bitirib chiqqan mutaxasislar 
davr o‘tishi bilan ilmiy-texnik taraqqiyotining o‘sishi natijasida o‘z malakalarini 
oshirishioga ehtiyoj seza boshlaydilar. Ekologiya sohasida ishlayotgan tayanch 
ma‘lumoti boshqa bo‘lgan mutaxasislar, xodimlar yoki shu soxaga boshqa 
tarmoqlardan endi ishga o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslarda ekologik ta‘lim bo‘yicha 
qayta tayyorlash kurslarini bitirib, ikkinchi mutaxasisliklarni olish zarurati paydo 
bo‘ladi. Baundan tashqari ularni atrof-muhit ximoyasiga hamda tabiatdan oqilona 
foydalanishga oid ekologik g‘oyalar bilan tanishtirish va ularning ekologik 
madaniyatni rivojlantirish zarur bo‘ladi. 
Bu murakkab jarayonni amalga oshirish uchun quyidagilarni bajarish 
maqsadga muvofiqdir. 
-qayta tayyorlashdan o‘tadigan axolining barcha qatlamlari uchun atrof-
muxitni ximoya qilish, tabiat boyliklaridan unumli foydalanishga oid bilimlar 
tizimini to‘liq aniqlash; 
-iqtisodiyotning barcha sohalarida ishlaydigan turli toifadagi xodimlar 
malakasini oshirish va qayta tayyorlashga ekologik bilimlar tizimini ishlab chiqib, 
amaliyotga tadbiq etish; 
-atrof-muhitni himoya qilish hamda tabiatdan oqilona foydalanish sohalariga 
oid ilmi-texnik axborotlar bankini tashkil etish. 
Rahbar kadrlarning malakasini oshirishda maxsus dasturlarning yaratilishiga 
alohida e‘tibor berishni – davr taqozo etmoqda. Ularning o‘z faoliyatida ijtimoiy 
ekologik vaziyatni to‘g‘ri tushunib, ko‘nikmalarni kuchaytirish, ya‘ni ularda 
ekologik muammolarga muhim ijtimoiy-siyosiy ish sifatida fazilatini tarbiyalash –
muhim ahamiyatkasb etadi degan fikrdamiz. 
Kadrlarda ijtimoiy-ekologik vaziyatni tushuntirish yo‘llarini kuchaytirish 
masalasi – ularning dunyoqarashida keng va barqaror ravishda ekologik 
tafakkurlashni, ekologik jarayonlarga rahbarlik qilish va boshqarish ko‘nikmalarini 
uyg‘unlashtirishni shakillantiradi. 
Kadrlarning ekologik fikrlashni, dunyo qarashi va tafakkur qilishi ijtimoiy 
tafakkur qilishi ijtimoiy – ekologik jarayonlarni boshqarishda ularning nazariy va 
amaliy faoliyatida Ona zamin tabiatini muxofaza etish muammolarini global


19 
umuminsoniy qadryatlar nuqtai – nazaridan yechish asosida amalga oshirishsa 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Shunday ekan, kadrlarning ekologik vaziyatni to‘g‘ri tushunib yo‘l tutushi, 
ekologik muammolarning internatsional xarakterini chuqur tushunishi zarurligini 
har doim o‘z ichiga oladi. 
Ekologik muammolar milliy chegaralarni tan olmaydi. Ularning ijobiy holda 
echishda barcha xalq va millatlar faoliyatini integratsiyalash jiddiy omil bo‘lib 
borayotgani – barchaga ma‘lum bo‘lmoqda. 
Kadrlar tayyorlash tizimida ilmu – fanning asosiy vazifasini Ona zamin 
tabiatini ezozlaydigan kadrlarni tayyorlash, Respublikamizning ilmiy salohiyatini 
yanada kuchliroq shakillantirishdan iboratdir desak – maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Demak, hozirgi kunda, jamiyat bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatlar jiddiy 
keskinlashib borayotgan bir paytda, xalq xo‘jaligining turli sohalarini rivojlantirish 
bilan bir qatorda, Ona – Vatan tabiatini muxofazasi va tabiiy boyliklari resursidan 
tejamkorlik bilan foydalanishga oid chuqur bilimga, Vatanparvar – ekologik 
madaniyatli, Barkamol avlod vakillarini tarbiyalashni - davr taqozo etmoqda. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   164




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет