Әжинияз атындағы Нӛкис мәмлекетлик педагогикалық институты



Pdf көрінісі
бет52/164
Дата25.03.2024
өлшемі4.15 Mb.
#496396
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   164
1-секция

Источники и литература: 
1. Фитерман К. Роль профсоюзов Туркестана в подготовке и проведении 
Октябрьской революции. Сб. «Из истории Советского Узбекистана». — Т., 
1956.
2. Гентшке Л.В. Исторический опыт участия профсоюзов Узбекистана в 
социалистическом строительстве (1924-1932 гг.). — Т., Наука, 1966. 260 с.
3. Аюпов М. Некоторые вопросы истории профсоюзного движения в 
Узбекистане. — Т.: Узбекистан, 1969. — 272 с.
4. Очерки истории профсоюзов Узбекистана. — Т.: Узбекистан, 1967. 
5. Фазылходжаев К. Профсоюзы и борьба за выполнение плана второй 
пятилетки. — Т., 1960. 
6. Брежнева С.Н. Профсоюзные кадры Узбекистана в 1945-1960-е годы 
(формирование и развитие). Автореф. дисс… к.и.н. — Т., 1989. 
7. Досумов Я. Очерки истории Каракалпакской АССР (1917-1927 гг.). — 
Т., 1960. — 315 с.
8. Сабиров А. Советское, профсоюзное и комсомольское строительство. 
Культурные преобразования // В кн.: Осуществление ленинской программы 
построения социализма в Каракалпакии. — Т., 1971. — С. 148-160.
9. Абдужалиев А. Профсоюзы Каракалпакии в период построения 
экономического фундамента социализма. Культурное строительство. — В 
кн.: Осуществление ленинской программы построения социализма в 
Каракалпакии. — Т., 1971. — С. 197-219.
10. Юсупов О. Каракалпакстанда профсоюз шолкемлери кашан дузилген. 
// Газета ―Профсоюз турмысы‖, 1991, № 1-8. 


101 
TURKISTONDA ILK NOSHIRLIKNING PAYDO BO‟LISHI VA 
SHAKLLANISHI TARIXIDAN
 
 
M.Mambetbaev – 3-a kurs talaba, T.A.Kudyarova –t.f.n., docent 
Ajiniyoz nomidagi NDPİ Tarix oqitish metodikası kafedrasi 
XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda birinchi marta bosma kitob nashr 
etila boshladi. Bu g`oyat muxim tarixiy voqea edi. Lekin Orta Osiyoning markaziy 
shaharlarida bosmaxonalarning tashkil etilishini chor Rossiyasining ulkaga 
ko‘rsatgan marhamati sifatida qabul qilish kerak emas. Birinchidan, noshirlik jahon 
mamlakatlarida keng tarqalib bo‘lgan edi. Ikkinchidan, Turkiston ulkasidagi 
ijtimoiy-siyosiy vaziyat chor hukumatidan bu erda mustamlakachilikka qarshi 
kurash avj olib ketishini bartaraf etish uchun muayyan jihatdan mahalliy ijtimoiy 
talablarga yon berishni talab qilar, bu borada bosmaxona kabi ijtimoiy 
dunyoqarashga ijobiy ta`sir ko‘rsatadigan, lekin mavjud mustamlakachilik 
siyosatiga halaq bermaydigan siyosiy vositalardan foydalanishga majbur etardi. 
Uchinchidan, bosmaxonalar Turkiston ulkasidagi kitobga bo‘lgan yuksak talabdan 
kelib chiqib, iqtisodiy foyda olishni ko‘zlagan holda tashkil etilgan, bu o‘rinda 
Turkistonga sexrli ulka sifatida qaragan rus burjuaziyasining nafsi ham yaxshigina 
rol` uynagan edi.
Turkiston xalqlari, jumladan, o‘zbek xalq ogzaki va yozma ijodining tarixiy 
tomirlari juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Orta Osiyoda VII asrlarga kelib
qog`oz
(650 yilda Samarkandda) ma`lum bo‘lgan. Endi terilarga emas, balki 
kogozga yozilgan kitoblar paydo bo‘la boshlagan. Qo‘lyozma kitoblar keyinchalik 
tosh-bosmada (litografiya) bosildi. Qo‘lyozma kitob san`ati barcha asrlarda keng 
tarqalgan edi. Bosma usulda kitob tayyorlash XIX asrning ikkinchi yarmidan 
boshlab rivojlandi. 1872 yilda nashr etilgan Shoximardon Ibroximovning 
«Kalendar» kitobi ularning dastlabkisi edi.
Ma`lumki, o‘zbek matbuoti taraqqiyotining 47 yili Turkistonda chorizm 
hukmronligi davrida, 74 yili esa shuro tuzumi sharoitida kechdi. Tadqiqotchilar 
tomonidan matbuotimiz tarixini yorituvchi talaygina maqola, risola va kitoblar 
yaratilgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda xususiy bosmaxonalar paydo bo‘la 
boshladi. 1877 yilda S.I.Laxtin tashkil etgan bosmaxona shularning dastlabkisidir. 
Mazkur bosmaxona litografiya jihozlariga ega bo‘lib, mahalliy tilda kitoblar nashr 
qilgan. Shuni alohida qayd kilish kerakki, Turkistonda, garchi bosmaxona kech 
tashkil topgan bo‘lsada, lekin litografiya yo`li bilan kitob nashr qilish ancha 
rivojlangan edi. Sabab shuki, litografiya texnikasi uncha murakkab bo‘lmay, 
bosmaxona uskunalariga nisbatan birmuncha arzon edi. Orta Osiyoda birinchi 
litografiya Xiva shaxrida 1874 yili vujudga keldi. Uning tashkilotchisi Otajon 
Abdalov edi. U eronlik ustozi Ibroxim Sulton rahbarligida Xivada toshbosma 
tashkil etishga muvaffaq bo‘ldi. Shu paytdan boshlab u «Otajon bosmachi» 
(matbaachi) degan nom oldi. Biroq, bu ish uzoqqa chuzilmadi. Xonlikdan moddiy 
yordam bo‘lmagach, uning faoliyati to‘xtab qoldi. 
Keyingi davrlarda tashkil etilgan litografiyalar maxalliy burjuaziya 
vakillaridan iborat ayrim shaxslar qo‘lida edi. Temir sotuvchi Esonboy 


102 
Xusayinboev ham dastlabki o‘zbek nashriyotchilaridan biridir. Uning litografiyasi 
Toshkentda 1883 yilda ishga tushirildi. Mazkur litografiya uchun asbob-uskunalar 
Rossiyadan 50 dan ortiq tuyada keltirilgan. Kitob va ma`rifatni nihoyatda sevuvchi 
o‘zbek nashriyotchisi kitoblarni o‘z ona tilida chiqara boshladi. 1888 yilning 
oxirida Toshkentda S.A.Portsev tomonidan yana bir bosmaxona ishga tushirildi. 
Umuman, 1868 yildan 1898 yilga qadar Turkistonda matbaa korxonalarining soni 
15 ga etdi. Ulardan 6 tasi bosmaxona bo‘lib, qolganlari litografiya yoki 
tipolitografiyaga ega bulgan bosmaxonalardir. Toshkentda 1898 yilda o‘zbek 
ziyolisi Gulom Xasan Orifjonov tashkil etgan mukrvaxona, keyinchalik (1907 yil) 
bu ustaxona toshbosma nashriyotga aylantirilgan. «Rulomiya» litografiyasi esa 
1902 yilda ochildi. Namangan uezdi Turaqurgon kishlogida I.Ibrat tomonidan 1909 
yilda ochilgan «Matbaai Isxokiya» litografiyasida asarlar nashr qilingan.
Shunday qilib, ilk noshirlikning paydo bo‘lishi va shakllanishi o‘zining 
qiziqorli tarixiga ega. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   164




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет