Әжинияз атындағы Нӛкис мәмлекетлик педагогикалық институты



Pdf көрінісі
бет143/164
Дата25.03.2024
өлшемі4.15 Mb.
#496396
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   164
1-секция

Список литературы 
1. Постоновление Кабинета Министров от 27 мая 2013 года №143 


258 
2. Шамов А.Н. Теория методики обучения иностранным языкам: краткий словарь 
методических терминов. –Н.Новгород: Нижегородский институт развития образования, 
2016.-50с.
SOG‟LOM SHAXSNI SHAKLLANTIRISHDA IJTIMOIY 
 MUHITNING ROLI 
 
А.Ibraymova – o‟qitıwshı, Х.Jumaboyeva – talaba 
NDPI «Pedagogika ha`m psixologiya» kafedrasi
 
Azal-azaldan har qaysi ota-ona o‘z bolasining sog‘lom va barkamol, aql-
zakovatli, baxtli bo‘lishini istaydi. Shunday farzandni voyaga yetkazish, uning 
hayotda munosib o‘rin egallashiga erishish, ularga ko‘maklashish- ota-onaning eng 
ulug‘, eng muqaddas orzusi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Biz sog‘lom 
deganda, nafaqat jismoniy, balki ma‘naviy jihatdan ham sog‘lom shaxsni 
tushunishimiz darkor. Sog‘lom bolaning dunyoga kelishi, baquvvat bo‘lib o‘sib-
ulg‘ayishi ko‘pgina omillarga bog‘liq ekanini hammamiz yaxshi tushunamiz. Lekin 
ular orasida shunday o‘ta muhim, hal qiluvchi mezonlar borki, bu haqda alohida 
to‘xtalishni o‘rinlidir. Zero, birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta‘kidlaganidek: 
,,Odamzodning sog‘ligi ko‘p jihatdan avvalambor, uning o‘ziga bog‘liq. Buning 
uchun u o‘z hayotini oqilona yo‘lga qo‘yishi, har qanday kasallikning oldini olish 
uchun sog‘lom turmush tarzi va turmush madaniyati talablariga amal qilib yashashi 
lozim‘‘.
Shaxsni tarbiyalash psixologiyadagi asosiy tushuncha sanalib, oila va 
jamiyatning barkamol shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan birgalikdagi 
faoliyatini anglatadi. Tarbiya yordamida inson shaxsining ma‘naviy jihatlarini 
qaror toptirish ko‘zda tutiladi. Dunyoqarash, e‘tiqod, ezgulik, go‘zallik, yaxshilik, 
adolatga doir qarash va ko‘nikmalarning shaxs sifatiga aylantirilishi tarbiya 
yordamida gina amalga oshiriladi. Insonlar orasida yashash, hayotda turmush 
kechirish va faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar 
yig‘indisini o‘zlashtirishga qaratilgan faoliyat o‘qitish tushunchasini ifoda etadi.
Shaxsning rivojlanishi-jamiyat rivoji demakdir. Shunday ekan, jamiyat oldida 
turgan eng asosiy vazifalardan biri har tomonlama yetuk, salohiyatli, teran 
fikrlaydigan, o‘z ijodiy faoliyati bilan davlat va jamiyatga foyda keltiradigan 
barkamol va sog‘lom avlodni voyaga yetkazishdir. Ijtimoiy muhit tizimida shaxsni 
voyaga yetkazish, keng dunyoqarashli va ma‘rifatli, aql idroki mukammal 
ma‘naviy-axloqiy jihatdan barkamol, ruhan tetuk, o‘z mamlakati va uning 
jahonhamjamiyatida tutgan o‘rni va rolida o‘zining fuqarolik mas‘uliyatini to‘g‘ri 
va to‘liq anglab yetgan iymonli, barkamol inson shaxsini tarbiyalash maqsadlardan 
kelib chiqadi. Shunday ekan, eng avvalo, sog‘lom shaxsni tarbiyalashda ijtimoiy 
muhit alohida o‘rin egallaydi. Chunki, atrofdagi insonlar, sodir bo‘layotgan voqea-
hodisalar, ularning rivojlanish jarayonlari albatta shaxsga ta‘sir etmasdan qolmaydi. 
Shaxs atrofidagi insonlar ta‘sirida muloqotga kirishadi, o‘z o‘rnini topadi va 
maqsad sari intiladi. Ammo shuni ham e‘tibordan chetda qoldirmasligimiz kerakki, 
muloqotning yaxshi ko‘rinishlari bilan birgalikda salbiy oqibatlari ham yo‘q emas. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, shaxsning rivojlanishi hozirgi kunning 
dolzarb muammolaridan biridir. Chunki, shaxs birdaniga shaxs bo‘lib qolmaydi, 


259 
avvalo, u individ bo‘lib dunyoga keladi. Uning rivojlanishi, tarbiyalanishi oqibatida 
shaxs barpo bo‘ladi. Aqliy tarafdan yetuk bo‘lmagan, jismoniy nosog‘lom odamlar 
esa shaxs sifatida tan olinmaydi. Odamni shaxs sifatida tevarak-atrofdagi kishilar 
va narsalar bilan bo‘lgan aloqalari ularni ishlab chiqarish faoliyatlarida, odamlar 
o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Odam boshqa 
kishilar bilan bo‘lgan munosabatlarda gina shaxsga aylana boradi. Shaxsning 
shakllanishi, rivojlanishi uchun ijtimoiy muhitga alohida e‘tibor berish lozim.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   164




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет