138
jismonan umrbod iztirob chekishiga olib keladi. Shu bois qayd etilgan statistik
ma‘lumotlar, hayotiy misollar yig‗ilganlarni bu xususda jiddiy o‗ylash, yanada
samaraliroq amaliy ishlar qilishga undaydi.
Oila jamiyatning kichik ijtimoiy guruhi sifatida er-xotin o‗rtasidagi ittifoq,
boshqa oila a‘zolari o‗rtasidagi qavm-qarindoshlik aloqalariga asoslangan shaxsiy
hayotni tashkil qilishning eng muhim shakllaridan biri hisoblanadi. Oilalarning
farovonligi jamiyatning farovonligini belgilaydi. Ehtiroslar va his-hayajonlarni
qondirish bilan bog‗liq vazifalar bo‗lib, bunda oila a‘zolari o‗zaro hurmatda, bir-
biriga mehr-muhabbatda bo‗lishi, bir-birlarini qo‗llab-quvvatlashi, tinch-totuv
yashashi va albatta samimiy munosabatda bo‗lishi nazarda tutiladi. Bu vazifalarni
o‗z vaqtida bekamu ko‗st bajargan oila a‘zolari albatta sog‗lom turmush tarzini
shakllantiradi. Sog‗lom turmush tarzi oilada shakllanadi. Bunda ota va ona vazifasi
katta bo‗ladi, ular farzandlaridagi ijobiy xususiyatlarni rivojlantirishi, salbiy
xususiyatlarni taqiqlash orqali mukammal sog‗lom turmush tarzi madaniyatiga ega
bo‗lgan farzandlarni voyaga yetkazishadi.
Oila kodeksiga kiritilgan yangiliklar jumlasiga, nikoh shartnomasi instituti,
nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‗rikdan o‗tkazish, oilaviy munosabatlarda
mahalliy urf-odat va an‘analarning qo‗llanilishi, qon-qarindoshlik, bolalarning nasl-
nasabini belgilash, alimentlar to‗lash to‗g‗risidagi kelishuv majburiyatlari, ota-ona
qaramog‗idan mahrum bo‗lgan bolalar huquq va manfaatlarini himoya qilish va
boshqa qator qoidalar kiradi. Ta‘kidlash kerakki, oila qurishdan avval halqimizning
urf-odatlariga asosan yangi oilalar uchun uy-joy sharoitini yaratish mas‘uliyatini
ota-ona zimmasiga qonun yo‗li bilan yuklash lozim. Nikoh munosabatiga kirishdan
avval yigit oilani ta‘minlash uchun ma‘lum bir kasb-hunar egasi bo‗lishi, nikoh
yoshiga, albatta, rioya qilishi lozim deb o‗ylaymiz. Qonunchiligimizda yaqin
qarindoshlar o‗rtasida nikoh munosabatlariga kirishish taqiqlab qo‗yilgan bo‗lsa-da,
ammo fuqarolar bunga amal qilmayotgan hollar ham yuz berib turibdi. Biroq, yaqin
qarindoshlar o‗rtasida tuzilgan nikohdan nosog‗lom avlod vujudga kelishi ko‗p bor
tajribada sinalgan. Shuning uchun ham bunday nikoh munosabatlariga barham
berilsa, ko‗plab ajralishlarning oldini olingan bo‗lardi. Mutafakkirlardan biri,
―Farzand tarbiyasini u tug‗ilishidan oldinroq, kelin tanlashdan boshlash kerak‖,
degan edi. Bu hikmatga quloq tutguvchilar kam bo‗lmayapti, ammo uning aksini
qilganlar aksariyat hollarda nogiron farzandlarga ota-ona, nogiron nevaralarga
buva-yu buvi bo‗lib qolyapti. Sababi – kelin tanlashda yo‗l qo‗yilgan hatolik, ya‘ni
yaqin qarindoshdan qiz olishlik. Ayanchli tomoni shundaki, xatolik anglab
yetganda esa kech bo‗ladi. Afsuski, uni tuzatib bo‗lmaydi. Qarindoshlik nikohining
mevasi bo‗lib dunyoga kelgan nogiron go‗dak oldida o‗zini aybdor sezishdan hech
qanday naf yo‗q. Yaqin qarindoshlar nikohidan tug‗ilgan go‗dakning to‗rt muchasi
hamisha but bo‗lavermasligi ko‗pchilikka ma‘lum bo‗lgani holda shu ishni ixtiyor
etuvchilar hanuzgacha topilishini qanday tushunish mumkin? Bu gaplarning
hammasi safsata, ana falonchilarning oilasida hamma sog‗lom-ku, deydiganlar
ko‗plab topiladi. Biroq, ular zohiriy xulosaga tayanuvchilardan o‗zgalar emas.
Достарыңызбен бөлісу: