155
3.
O‘zbekistonda Teatrlar kuniva Olmoniyada Qisqa metrajli filmlar
festivali.
Har yili 27-mart sanasida O‘zbekistonda ,,Teatrlar kuni‘‘ nishonlanadi. Aynan
shu kuni Respublikamizdagi barcha teatrlarda spektakllar namoyish etiladi.
Spektakllarda asosan milliy urf-odatlarimizning turli ko‘rinishlari talqin etiladi.
Spektakl namoyishidan so‘ng taniqli teatr va kino aktyorlari bilan davra suxbati
o‘tkazilib, muxlislar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oladilar.3-iyun sanasida
Olmoniyaning yirik shaharlaridan biri Gamburgda Qisqa metrajli filmlar festivali
o‘tkaziladi. 1985-yilda birinchi festival tashkil etilib, uning nomi avvaliga
,,Byudjetdan tashqari‖ deb nomlangan. Gamburg ,,Qisqa metrajli filmlar‖festivali:
,,Eng qiziqarli xalqaro film‖, ,,Eng kam xarajatli film‖, ,,Eng qiziqarli bolalar
uchun film‖va boshqa shu kabi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi.
O'zbekistonda milliy bayramlar: ,,Navro‘z‖, ,,Ramazon hayiti‖, ,,Qurbon
hayiti‖ kabi
Olmoniyada ham turli bayramlar, festivallar, karnavallar mavjud.
Masalan: 6-Fevral Germaniyada Bremen Samba karnavali deb ataladi. Bu bayram
musiqa karnavali bo‘lib u yerda kuchli brazilyancha raqslar ijro etiladi. Raqslar
turli xil yorqin kiyimlarda bo‘ladilar. Bu bayram qadimiy urfga kirgan Samba
karnavali bo‘lib xar yili fevralda 2 kun davom etadi. Samba bu Brazilcha raqs
bo‘lib ikkinchi jahon urushidan keyin ya‘ni Yevropada XX-asr boshlaridan keng
tarqalgan. Bu raqs barabanlar va Marakanlar sadosi ostida ijro etiladi.12-fevralida
Olmoniyada ,,Fastnacht Oder Fasching‖ karnavali bo‘ladi. Bu karnavalga
tayyorgarlik 11-noyabrdan boshlanadi. Karnavalda kishilar turli xil kiyimlar
kiyadilar. Bolalar uchun do‘konlarda har xil bulochkalar sotiladi. Bulochkalar
ichida tangalar, achchiq qalampir, povidloli ponchiklar solinadi. Germaniyaning
katta shaharlaridan bo‘lgan Myunhen va Ko‘ln shaharlarida Fastnacht yoki
Fasching karnavali nishonlanadi. Myunhenda karnaval 1295-yildan buyon
o‘tkaziladi. Chunki Myunhen shahri fan va madaniyat, hazil hamdao‘yin-kulgu
o‘chog‘idir.
10-May Germaniyada kitoblar kuni. Berlin va Germaniyaning boshqa
shaharlarida 10-may 1933-yildan boshlab Bavariya aktsiyasi o‘tkazilgan. Bu
aktsiyalar Germaniyadagi Bon, Frankfurtning Maynida, va Myunhen shahridagi
Universitet o‘qituvchilari ishtirok etishgan.Oskar mukofoti sovrindori mashxur
nemis yozuvchisi Mariya Graf dilga manzur kitoblar ro‘yxatidan o‘z nomini topa
olmadi. Uni bu xursand qilmaydi va shunday deb yozadi: ,,Men butun hayotimda
haqiqatni yozishga harakat qildim‖, ,,Nima uchun mening
ham kitoblarimni hush
ko‘rmaysizlar ? Nahotki yomon yozgan bo‘lsam ?‖.11-May Onalar kuni
(Muttertag). Bu bayram XX-asrboshlarida ya‘ni 1923- yildan hamda birinchi jahon
urushi davridan boshlanib bu asosan Germaniyaga 1914-yilda AQSH dan kirib
kelgan. Birinchi marta Germaniyada 1923-yil 13-mayda nishonlangan. Bu
bayramda butun oila to‘planib onalarga gullar, kichkina sovg‘alar va turli xil
surprizlar qilingan yoki bolalar o‘z qo‘llari bilan yasashgan sovg‘a larni berishgan.
Eng asosiy sovg‘a bu e‘tibor bo‘lib, bolalar onalarga qarata ,,Biz sizni xech qachon
unutmaymiz va sizdan doim minnatdormiz‖ deyishgan. Onalar kuni bilanbir
qatorda 11-mayda Dresdenda Diksilenda festivali bo‘lib o‘tadi.
156
14-May Germaniyada otalar kuni (Vatertag). Bu bayram XIX-asrdan boshlab
Germaniyaning poytaxti Berlinda nishonlab kelingan. 1936-yildan nishonlanib xar
bir otaning farzand tarbiyasida o‘rni muhim ekanligi ko‘rsatilgan. Bu kun qonunan
1936-yildan buyon mamlakatda nishonlanadi.
Достарыңызбен бөлісу: