Международный научный журнал № 7(100), часть 2
«Научный Фокус» ноября, 2023
280
qat’iy nazar, o‘qituvchi yoki ish joyi bilan aloqada bo‘lish imkoniyati yaratildi. Bu
degani siz har kuni o‘qishga yoki ishga borishingiz shart emas, istalgan manzildan
faoliyat olib borishingiz mumkin bo‘ladi. Onlayn dars o‘tib ham pul topishingiz
mumkin bo‘ladi.
Avtomatik uy jihozlar va shu kabi boshqa jihozlar
ham inson hayotini yanada
osonlashtirmoqda. Xususan, uy jihozlari bo‘lgan mikroto‘lqinli pech, changyutgich, kir
yuvish mashinasi vaqtimizni tejashga xizmat qilmoqda. Bu bilan bog‘liq texnologik
yutuqlar ayollarning hayotini o‘zgartira boshladi, chunki yuqoridagi vazifalarni,
odatda, ayollar bajarar edi. Ularning uydagi yumushlari yengillashgach, ijtimoiy
faoliyat bilan shug‘ullanishga imkoni tug‘ildi. Bu biz uchun eng katta yutuqdir. Yoki
bo‘lmasam, o‘zbekistonlik insonlar uchun ham muhim bo‘lgan notbuklarni oladigan
bo‘lsak, bu qurilma orqali insonlar elektron pochtalarni yuborish, hujjatlarni osonlik
bilan tayyorlash, ma’lumotlar bazasini yaratish va saqlash, biror narsani xarid qilish va
sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Lekin ularning ijobiy tomonlaridan salbiy jihatlari
ko‘proq deb o‘ylayman. Chunki notbuk yoki telefonni oladigan bo‘lsak, ularning
ekranidan taraluvchi yorug‘lik insonlarning uyqusiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi,
shubhasiz.
Hamma ishimiz onlayn bo‘layotganligi sababli bir qancha kasblarga ehtiyojimiz
kundan kunga ortib bormoqda. Xususan, onlayn xarid va elektron tijorat ommalashib
borayotgani yetkazib beruvchilar sonini ko‘paytirmoqda. Onlayn do‘konlar
soni ham
ko‘payib, katta daromadlarga ega bo‘lmoqdalar.
Shuningdek, bugungi kunda Axborot texnologiyalari markazlari tashkil etilib,
ko’plab yoshlar ta’lim olmoqdalar. Lekin shunga qaramay, axborot texnologiya
sohasidagi mutaxassislarga bo‘lgan talab oshib bormoqda, buning natijasida sohada
kadrlar yetishmasligi davlat boshqaruvida ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Tabiiyki, buning natijasi o‘laroq, ularning ish haqining keskin oshishiga sabab bo‘ladi.
Shu sababli bu sohaga qiziquvchilar soni kun sayin ortib bormoqda va ularning eng
yaxshilarini saralab olish maqsadida ko‘plab ko‘rik-tanlovlar amalga oshirilmoqda.
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, zamonaviy axborot texnologiyalari nafaqat
yoshlarga bilim olishga yordam bermoqda, balki ularning vaqtini samarali o‘tkazishga
o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Lekin shuni unutmaslik kerakki, hatto bo‘sh paytlarda ham
faqatgina kerakli va foydali bo‘lgan saytlarga kirib, ulardan to‘g‘ri va unumli
foydalanish zarur.
Достарыңызбен бөлісу: