Международный научный журнал №7(100), часть «Научный Фокус» ноября, 2023 Международный современный научно-практический журнал Научный Фокус


ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA ULARNING



Pdf көрінісі
бет107/121
Дата28.03.2024
өлшемі4.01 Mb.
#496783
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   121
Журнал «Научный Фокус» №7 часть 2

ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA ULARNING 
 QO‘LLANISH O‘RINLARI 
Aldashev Ilhomjon 
 Farg‘ona davlat universiteti Axborot 
texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi 
Ma’murova Dilyora
Farg‘ona davlat universiteti filologiya
fakulteti 1-kurs 23.85-guruh talabasi 
Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada hozirgi kun jamiyatida zamonaviy axborot 
texnologiyalari va ulardan foydalanish o‘rinlari keng yoritib berilgan. Asosan, ta’lim 
sohasiga texnologiyalarning olib kelgan qulayliklari haqida gap yuritilgan. 
Kalit so‘zlar: Axborot, texnika, texnologiya, internet, elektron darslik, masofaviy 
ta’lim. 
Abstract: In this scientific article, modern information technologies and the places 
of their use in today’s society are widely covered. Mainly, it was talked about the 
convenience that technology has brought to the field of education. 
Key words: information, technique, technology, internet, e-textbook, distance 
education. 
 
Hozirgi kun, XXI asrni, zamonaviy texnologiyalar asri desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Chunki shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi kunimizni texnik vositalarsiz, 
texnologiyalarsiz, aniqrog‘i, axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilish mumkin 
emas.Negaki, hayotimizning ko‘plab sohalarida axborot texnologiyalari o‘zining 
ta’sirini sezilarni darajada ko‘rsatgani barchamizga ma’lum va ravshan. 
Axborot texnologiyasi o‘zi nima ? 
Axborot texnologiyasi – hisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni 
yaratish, saqlash, qayta ishlash, qayta tiklash va uzatish usullari hamda ushbu 
vositalarni faol yuritish jarayonining tamoyillari va ularni boshqarish usullarini 
tizimlashtiruvchi texnik fandir. 
Axborot tushunchasi. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi 439-
II son “ Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to‘g‘risida “ gi Qonuniga ko‘ra , 
axborot – manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’i nazar shaxslar, predmaetlar , 
faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlardir. 
Hozirda kundalik hayotimizning ko‘plab sohalarida biz axborot texnologiyalariga 
yuzlanmoqdamiz 
va 
bunday 
texnologiyalardan 
foydalanmoqdamiz. 
Bu 
texnologiyalarni yaratilish va iste’molda ishlatishdan maqsad - inson hayotini 
yaxshilash, balki ortiqcha kuch(energiya) sarflanishidan holi bo’lish. Masalan, excelda 
biror korxonaning ishchilari oyligini sug‘urtalar va ushlanmalarsiz hisoblashda har bir 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
276 
oylikni bittadan kalkulyator orqali hisoblamasdan excelda bitta funksiya orqali hamma 
ishchini sof oyligini oson va tez keltirib chiqarish mumkin. 
Bunday axborot texnologiyalari hayotimizning ko‘p sohalarida foydalanib 
kelinmoqda. Masalan, 
- biznes sohasida 
- bank va robotatexnika sohasida 
- ta’lim , san’at va fan sohalarida 
Sanab o‘tilgan sohalardan ta’lim sohasiga to‘xtalib o‘tsak. Barcha sohalarda kabi 
axborot texnologiyalari o‘quv jarayoniga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bu holatni 
nimalarda ko‘rishimiz mumkin ? 
Bundan bir necha yil muqaddam yurtimizda yuz bergan koronavirus pandemiyasi 
jarayonidagi o‘quv ishlarining texnologiyalar orqali yo‘lga qo‘yilganidir. Bu shunday 
yuz berdi: barcha o‘quvchilar axborot texnologiyalari va internetdan foydalanib 
masofaviy ta’lim orqali dars mashg‘ulotlarini kuzatishdi. Bu jarayon ko‘plab 
afzalliklarni ko‘rsatdi. Chunonchi,pandemiya paytida bunday masofaviy ta’lim 
bo‘lmaganida edi, o‘quvchilar savodsiz bo‘lib qolishar edi. 
Bunday og‘ir zamonlar ham ortda qoldi. Hozirgi tinch paytda ham o‘quv 
jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish kengaymoqda. Ta’limda bunday 
texnologiyalaridan foydalanishning qanday qulayliklari bor? 
Bunday qulayliklarni quyidagi ko‘rinishlarda ko‘rishimiz mumkin. 
- o‘qituvchi darsda mavzuni o‘quvchilarga taqdimot yoki boshqa tushunarli 
ko‘rinishda oson yetkazib berishi, o‘quvchilar esa darsdagi ma’lumotlarni takroriy 
ko‘rishi ; 
- elektron darsliklar tarkibidagi ko‘rgazmali stendlar tashkil etish imkoniyati
- amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini video,audiyo yoki animatsiyali vositalar 
orqali qiziqarli tashkil qilish; 
- kimyo va biologiya fanidagi laboratoriya mashg‘ulotlaridagi real hayotda 
o‘tkazib bo‘lmaydigan jarayonlarni texnologiyalar orqali elektron darslarda 
o‘tkazish.Masalan, meditsina talabalari insonning yuragini o‘rganishi kerak bo‘lsa , 
haqiqiy yurakni topib bo‘lmaydi, xuddi shu vaziyatda texnologiyalar orqali elektron 
ko‘rinishdagi videolar orqali bunday jarayonlarni kuzatishi mumkin; 
- elektron texnologiyalar orqali o‘quv materiallaridan bir yoki bir necha 
auditoriyada , guruhda ko‘p marotaba foydalanish; 
- texnologiyalar orqali elektron o‘quv materiallaridagi ma’lumotlar bazasini 
tezkor ravishda o‘zgartirish imkoniyatining mavjudligi, bunday jarayonda vaqt ancha 
tejaladi, chunki bu ma’lumotlar elektron bo‘lmasdan yozma shaklda bo‘lganida bir 
ma’lumotni o‘zgartirish uchun barcha bazani yangi yozib chiqishga to‘g‘ri kelar edi .Bu 
esa ko‘p vaqt olar edi. 
Elektron darsliklarning alohida o‘rni. Bunday darsliklar ta’lim sohasida alohida 
ahamiyatga ega.Masalan, talaba biror-bir kitobni o‘qimoqchi , bu kitobni topish uchun 
viloyat kutubxonalariga borishi kerak bo‘ladi, ammo kitobni internet orqali electron 


Международный научный журнал № 7(100), часть 2 
«Научный Фокус» ноября, 2023 
277 
kutubxonalardan olishi , borib-kelishga ketgan vaqtini kitob o‘qishga sarflashi 
mumkin, bunday darsliklarning borligi vaqtni ham tejaydi. Bundan tashqari oliy 
ta’limda ishlatiladigan ayrim kitoblar kutubxonalarda ham topilmasligi kuzatiladi , shu 
vaziyatda elektron kutubxonalarning borligi quvonarli holat. Ayni payt eng yaxshi 
elektron kutubxona sifatida quyidagilarni aytishimiz mumkin: Ziyonet ta’lim 
kutubxonasi, talabalar uchun axborot izlash markazi , respublika bolalar kutubxonasi 
kabilar; 
- test topshirish jarayonini oladigan bo‘lsak, test elektron tarzda olinadiga bo‘lsa, 
vaqt masalasi tejaladi va o‘quvchida o‘qituvchiga nisbatan shubhalanish ham
bo‘lmaydi,chunki qaysidir testni javobini belgilanishi bilan to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi 
a’yon bo‘ladi.Va talaba ozgina vaqt ichida qanday baholanganini bilib olishi mumkin. 
Shu kabi texnologiyalarning qulayliklari bor; 
-bundan bir necha yillar oldin oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirish ko‘p 
noqulayliklar , ya’ni bir necha soatlab navbat kutishlar keltirib chiqarar edi.Hozirgi 
texnologiyalar asrida esa bunday noqulaylikarga chek qo‘yildi. Endi likda 
abiturentlar Dtm.uz saytiga kirib onlayn ro‘yxatdan navbat kutishlarsiz o‘tishlari 
ta’minlandi. 
Texnologiyalar hayotimizga bir mo‘jizadek kirib kelgan ekan, ular orqali og‘irimiz 
yengil bo’ldi, bularning qulayliklari orqali har qanday sohada yuksak cho‘qqilarni zabt 
etish imkoniyati yaratildi. Shunday ekan , ularning qulayliklaridan unumli 
foydalanishimiz, faqatgina yaxshilikka xizmat qilishini tatbiq qilishimiz kerak. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   121




©dereksiz.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет